So’nggi yangiliklar

18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  14 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  5 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  8 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  5 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  1 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   1 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  4

Yil transferi yoxud “Real” Ronaldudan voz kechadimi? Yangiliklar

Yil transferi yoxud “Real” Ronaldudan voz kechadimi?

Peres bo'sh o'rinlarni to'ldirish bilan band. Ronaldu davri o'z nihoyasiga etdimi?

Ronaldu – xizmat ko'rsatgan faxriy
Krishtianu “Qirollik klubi”ga qanchalik katta yordam bergani hammaga malum. “Real” u bilan juda ko'p sovrinlar yutishga va undan ko'proq bahslarda zafar quchishga muvaffaq bo'lgan. Ammo 5-fevral kuni 33-bahorni qarshilash arafasida turgan qahramonimiz endi yosh bola emas. U qanchalik harakat qilmasin, yana 5 yil “cho'qqi”da turishga biroz kuchi etmaydi. Lekin madridliklar ham portugaliyalikni siylamay qo'ygani yo'q. Ronalduning 5ta “Oltin to'p”i ham klubning tinimsiz harakatlari natijasidir.
Bu erda “Real”ning jahon futbolida tutgan o'rni, obro'si ham muhim rol o'ynadi. Ronaldu o'sha yillarda “MYU”da qolganida, balki hozirgi muvaffaqiyatlarga erisha olmagan bo'larmidi?! Hattoki, Evropa CHempionati-2016da ham Portugaliya termasi g'alaba qozondi, yakka Ronaldu emas. Futbol — sadoqat va muhim bo'lgan jamoa o'yini. Yodingizda bo'lsa, madridliklar CHempionlar Ligasida jiddiy “o'rnashib” olgunlariga qadar, Krishtianu bir qator inqirozlarni boshdan o'tkazgan, lekin ularni tashlab ketmagandi. Ammo vaziyat endi boshqacharoq tus olmoqda…

Neymar PSJda uzoq “ushlanib” qolmaydi
Sabab Franciya chempionatida. Bu musobaqada chempion bo'lish unchalik qiyin vazifa emas. Ayniqsa, sizda PSJnikidek tarkib bo'lsa. Lekin Neymar haligacha “Oltin to'p”ga sazovor bo'la olmadi. Peres esa bundan unumli foydalangan holda, intervyularidan birida braziliyalik haqidagi savolga Qirollik klubida bu mukofotga erishish ancha oson deb urg'u berib o'tdi. Maydondagi o'rni bo'yicha Neymar bemalol Ronalduni almashtira oladi. Peres rejasi va tasavvuridagi klubning hujumchilar uchligi: Salax-Keyn-Neymar bilan madridliklar “Barcelona”ga bemalol jiddiy raqib bo'la oladi.

“Real” hammasiga mantiqan yondashmoqda. Hattoki Neymarning “MYU” go'yoki 500 million evro evaziga “sotib olishi” ham bir o'yin bo'lishi mumkin. Vaholanki, manchesterliklar bunday transferni o'zlariga ravo ko'rmaydilar, chunki FIFAning moliyaviy “feyr-pley” degan qoidasi bor. Balki gap, futbolchi vakillari yana bir transferga zamin yaratishayotganidadir. PSJdek jamoaga, bir qarashda “Real”dan so'ng, Parijga yo'l olish ortga tashlangan qadamdek tuyular, ammo Franciyadagi Neymardek muhim figuraning o'rnini egallash hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Bu erda gap aynan Neymarning o'rnini egallashda ham emas, Parijda Ronaldu oldingi jamoalarida bo'lgani kabi, birinchi shahs bo'ladi. Sizningcha PSJ yosh va iqtidorli Neymarni berib yuborib, uning o'rniga yoshi tobora o'tib borayotgan Ronalduni qo'lga kiritishi jamoa uchun foydali emasmi? Ammo masalaning boshqa tomoni bor, hech kimimiz parijliklar Neymarni jamoaga olib kelish uchun qanday shartlarga rozi bo'lganini aniq bilmaymiz. Balki kelishuvda, ikki-uch yildan so'ng, futbolchi istasa boshqa jamoaga qo'yib yuborish bandi ham mavjuddir.

Ronaldu PSJning qiroli bo'lishi mumkin
Balki siz Ronalduni ko'rishga ko'zingiz yo'qdir, yoqtirmasligingiz mumkin. Biroq uni professional futbolchi sifatida tan olmasdan ilojingiz yo'q. U Ibragimovichdan yomon o'ynamasligi ham sizga malum. Bu borada bahslashmaysiz, to'g'rimi?! Zlatan Franciyada qanchalik tez qirolga aylangani yodingizdami? Malumotlarga qaraganda, Parijda yashash havas qilgudek bo'lmasa ham, nafaqaga chiqish uchun eng maqbul yo'l.

Ko'plab poytaxt shaharlar globallashuv tufaylli o'z tarovatini yo'qotgan, shu sababli bazi videoroliklarda ko'rganimizdek, yuziga sharf o'rab (tanib qolishmasliklari uchun) yurgan Ronaldu odamlar bilan to'la, har qadamida muxlislari chiqib qolaveradigan erda futboldan keyingi hayotini o'tkazishni istamasa kerak. Bu borada Parij biroz to'g'ri kelmasligi mumkin, ammo shahar yaqinidan shinam va ko'rkam “qasr” Ronalduga yoqib tushishi turgan gap. U erda u katta oilasi bilan birga yashaydi, ha, Franciya chempionatida portugaliyalik “Oltin to'p” yuta olmas, ammo muntazam ravishda CHempionlar Ligasida o'ynaydi va raqiblarning uncha kuchli bo'lmagan himoyachilari “dodini” berib, gollar urishda davom etadi.

Krishtianu qay darajada foydali harakat qilmoqda
Portugaliyalik jismoniy baqquvvatligini oshirib, CHempionlar Ligasining bir necha o'yinlarida ishtirok etar, balki “pley-off”da ham qatnashar, lekin keyinchi? Buyog'i nima bo'ladi? Krishtianuning borgan sari yoshi o'tib bormoqda, shu sababli ham endi kuchlilar safida qoladi deyish biroz qiyin. “Vilyarreal” bilan o'tgan o'yinni bir eslang-a?! To'g'ri, Ronaldu “Vilyarreal” darvozasiga 11 dan ortiq zarba yo'lladi. Lekin 18-turdan so'ng bor yo'g'i 4tagina gol urdi, so'nggi o'yinda esa bir martta ham darvozani ishg'ol etolmadi.
Etmaganiga, to'p qolib, himoyachini tepib yubordi va bir necha noaniq paslar berdi. Bu portugaliyalikning maydonagi ketma-ket harakatlari edi. “Real” jamoani qayta tuzishni Ronaldu bilan eplashi biroz mushkul, shekilli. SHunday ekan, Peres klub afsonasini bo'lajak afsonaga alishishi haqiqatga yaqinroq.


Neymar iqtidorliroq
Neymarni xarid qilinishi - qimmat va tavakkalchilikka asoslangan transfer bo'ladi, ammo kutilgan natija bo'lsa, unda u o'zini butkul oqlaydi. Ronaldu bu o'rinda qaysarlik qilib, ko'proq pul talab qilishi va jamoada asosiy etiborni o'ziga qaratib olishi mumkin. Balki, “Real” kataloniyaliklarga qarshi o'yinda mag'lub bo'lgan kundanoq Krishtianu ulardan “ketgandir”. Kiyim almashtirish xonasida chempionlik haqida gap boshlaganida ham unga na Ramos va na boshqalar ishongan. Kecha Kroos ikkinchi va to'rtinchi o'rinlar uchun kurash ketishini aytib o'tdi. “Arsenal”ning kuni “Real” boshiga tushadiganga o'xshab bormoqda. SHunday ekan, Ronaldu “Oltin to'p” bilan suratga tushaverib, “Real” qay darajada o'zgarib ketganini sezmay qolgandir, ammo buni o'zi tan olgisi kelmaydi. Xullas, yuqorida sanab o'tilgan holatlar nafaqat yil, balki tarixda eng ko'zga ko'ringan transferlardan biri bo'ladi. Agar Peres Neymarni Qirollik klubiga o'tishga ko'ndira olsa, Ronalduni PSJga o'tkazib, yana qo'shimcha haq ham to'lashga tayyor. Agar bu amalga oshsa, hech kimning esidan chiqmaydigan hodisaga aylansa kerak.

Ronalduning ketishi foydaliroq bo'lishi mumkin
“Real” “Qirollik klubi” bo'lgani uchun emas, aynan jamoasida Kroos, Ramos va Modrichdek iqtidorli futbolchilarni jamlay olgani uchun shunchalik yuqoriga chiqa oldi. Klub o'zini qayta tiklab olishi uchun ularga Neymar kerak. Bulardan tashqari, braziliyalik “Barcelona”da faoliyat yuritgan paytida bo'lishishga o'rganib qolgan, shuning uchun u unchalik ham qizg'anchiq emas.

Demak, murabbiy Neymar bilan birgalikda jamoani qaytadan jonlantirishi va “Qirollik klubi”ni katta kurashga yana qaytara olishi mumkin. Balki Ronaldu bilan yana bir qator mukofotlarga erishar, lekin bularga endi sekinlik bilan erishishga biroz sabri etmaydi. Portugaliyalik esa ancha qarib qoldi, kelajak haqida esa yaxshiroq o'ylab ko'rish kerak. Ha, aytgandek, Krishtianu “Real”da qolishi ko'proq foyda keltiradi deb kim aytdi? Agar har bir o'yinda avvalgidek “yondirib” o'ynay olganida, balki Peres uni olib qolish haqida o'ylab ko'rgan bo'larmidi?! Ammo hozircha barchasi buning aksini ko'rsatmoqda.  


Xorij saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика