So’nggi yangiliklar

01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  4 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  3 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  13 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  5 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  11 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  12 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  93 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0

Yil o'yini: "Yuventus" - "Real" (prevyu) Yangiliklar

Yil o'yini: "Yuventus" - "Real" (prevyu)

Bugun Evropada katta futbol.


Kardiffdagi "Millenium" stadioni 2016/2017 yilgi mavsumdagi eng so'nggi va yirik o'yinga mezbonlik qiladi.

Barcha kutgan final. Dunyo ikkiga bo'linishga majbur qiladigan finalda ECHLning amaldagi sohibi "Real" va Italiyada ketma-ket oltinchi marotaba tengsiz bo'lgan "Yuventus" to'qnash kelishadi.

Bu qarama-qarshilik ancha boy tarixga ega. Principial raqiblarning finaldagi navbatdagi to'qnashuvi.
O'z vaqtida "Yuventus"da to'p surgan Zinedin Zidan "Real" boshqaruvida ketma-ket ikkinchi yil finalga qadar etib keldi. O'tgan yilgi muvaffaqiyatni takrorlashni maqsad qilayotgan Zizu bu safar sobiq jamoasi qarshiligini engishi talab etiladi. Bu bilan "Real" ECHL tarixida ilk marotaba ketma-ket bosh sovrinni qo'lga kiritgan jamoaga aylanishi mumkin. Lekin bu ishni amalga oshirish juda qiyin yumush. Zinedin Zidan o'tgan yili qiyin paytda jamoani qabul qilib olib, keyinchalik ushbu inqirozdan chiroyli tarzda chiqib ketgandi. Mavsumni ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan holda yakunlagan Zizu, joriy mavsumda "Real" uzoq kutgan La Liga g'olibligiga erishdi. Zidanning endigi maqsadi ECHLda hali hech kim qilmagan ishni amalga oshirish. "Real" joriy mavsumda yorqin o'yin ko'rsatmagan, yutqazib turgan uchrashuvlaridan ham silliq chiqib ketishni uddalab kelmoqda. "Real"ning hozirgi kundagi eng kuchli tarafi - xarakter.
Zidan kelgach "Real" kuchli irodali jamoaga aylandi.


"Yuventus" Massimiliano Allegri boshqaruviga o'tganidan buyon jamoaning xalqaro maydondagi ishlari ancha muvaffaqiyatli kechmoqda.
Allegri qo'l ostida "Yuventus" oxirgi uch yilda ikki marta finalga qadar etib keldi. Birinchi safar "Barselona"ga hal qiluvchi o'yinda yutqazgan bo'lsa, ikiknchi yili "Bavariya" qarshiligini engish ularga nasib etmagandi. Bu yilgi "Yuve" boshqacharoq. Ancha pishgan va shakllangan jamoaga aylangan. Allegri 3 yil ichida "Yuventus"dan o'zi istagan jamoani tuza oldi.
Allegrining "Yuventus"ining ustunliklaridan biri, bu jamoa bir necha xil taktik uslubdan foydalana oladi. Tarkib, chiziqlar o'rtasidagi bog'liqlik, balans joyida.
"Real"da yarim himoya va hujum kuchli, deya etirof etilsa, "Yuventus"da bu borada tenglik. Yani turinliklarning barcha chiziqlari kuchli. Darvoza va himoya borasida ortiqcha etirof shart emas bu jamoaga.
Yarim himoya va hujumda ham barcha havas qiladigan futbolchilar o'ynashmoqda.


"Yuventus" uchun "Real"dan keladigan eng asosiy xavf bu so'zsiz Krishtianu Ronaldu.
"Real" uchun muammo bo'ladigan jihatlar birmuncha ko'proq. Buffon, himoya, Dani Alvesh, Dibala va sobiq hujumchisi Iguain.

Dani Alvesh hamda "Real"ning sobiq futbolchilari Xedira va Iguain qirollik klubini juda yaxshi bilishadi. "Yuventus" bugun aynan shu narsadan ham unumli foydalanishga intiladi.

"Real" joriy mavsumdagi ECHLda faqatgina bitta o'yinda o'z darvozasi dahlsizigini saqlashga muvaffaq bo'ldi. Qolgan 11 uchrashuvda esa raqiblar Keylor Navas darvozasiga yo'l topishni uddalashdi.
"Yuventus"da esa aksincha vaziyat. Buffon darvozasi faqatgina 3 ta o'yinda ishg'ol etildi. Qolgan bahslarda "Yuventus"ning darvozasidagi "qulf" echilgani yo'q.


Azal-azaldan "Yuventus" "Real" bilan qanday o'ynashni biladi. Dani Alvesh bilan bu ishni amalga oshirish esa biroz engillik yaratadi. Joriy mavsumda "Yuventus"ning ECHLdagi masalalari asosan Dani Alvesh orqali echilmoqda. Turinliklar bejizga Dani Alveshni jamoaga olib kelishmagan. Alvesh aynan ECHLdagi muvaffaqiyat uchun ham jamoaga jalb etilgan.

Kuchli taktik Allegri bugun xarakterli "Real"ni yaratgan Zidanga qarshi.

Qiziq va untilmas final bo'lishiga shubha yo'q.



* Kardiffdagi final 1998 yilgi Amsterdamda o'tgan hal qiluvchi bahsning takrori bo'ladi. Bunga qadar jamoalar finalda aynan 1998 yilda duch kelishgandi. O'shanda "Real"ning hozirgi murabbiyi Zidan "Yuventus" tarkibida madridliklarga yutqazgandi.

* "Yuventus" finalda mag'lub bo'lish bo'yicha anti-rekordchi sanaladi. Turinliklar 6 marta ECHL finalida mag'lubiyatga uchrashgan.

* "Yuventus" ushbu mavsumda ECHL doirasidagi o'yinlarda birorta ham mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa. Agarda ular bugun finalda zafar quchishsa, unda "Manchester Yunayted"dan (2008) keyin bu ishni takrorlagan musobaqa tarixidagi 7-jamoaga aylanishadi.


* "Yuventus"ning ECHLdagi finallari:
1972/73: yutqazgan, 0:1 "Ayaks"
1982/83: yutqazgan, 0:1 "Gamburg"
1984/85: g'alaba, 1:0 "Liverpul"
1995/96: g'alaba, "Ayaks" (1:1, penaltilar seriyasi - 4:2)
1996/97: yutqazgan 1:3  "Borussiya"*
1997/98: yutqazgan, 0:1 "Real"
2002/03: yutqazgan, "Milan" (0:0, penaltilar seriyasi - 2:3)
2014/15: yutqazgan, 1:3 "Barselona"

* "Real"ning ECHLdagi finallari:
1955/56: g'alaba, 4:3 "Reyms"
1956/57: g'alaba, 2:0 "Fiorentina"
1957/58: g'alaba, 3:2 "Milan"
1958/59: g'alaba, 2:0 "Reyms"
1959/60: g'alaba, 7:3 "Ayntraxt"
1961/62: yutqazgan, 3:5 "Benfika"
1963/64: yutqazgan, 1:3 "Inter"
1965/66: g'alaba, 2:1 "Partizan"
1980/81: yutqazgan, 0:1 "Liverpul"
1997/98: g'alaba, 1:0 "Yuventus"
1999/00: g'alaba, 3:0 "Valensiya"
2001/02: g'alaba, 2:1 "Bayer"
2013/14: g'alaba, 4:1 "Atletiko"
2015/16: g'alaba,  "Atletiko" (1:1, penaltilar seriyasi: 5:3)


* Zinedin Zidan murabbiy sifatida, Serxio Ramos esa sardor sifatida ECHLni ketma-ket yutgan birinchi insonga aylanishi mumkin.

* "Yuventus" va "Real" o'zaro evrokuboklarda jami 18 marotaba duch kelishgan. SHularning 8tasida "Yuve", yana shunchasida "Real" g'alaba qozongan. Qolgan ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati esa "Yuventus" foydasiga, 21-18.


• Terma jamoadagi o'rtoqlar:
Toni Kroos va Sami Xedira (Germaniya)
Marselo, Danilo, Kazemiro, Dani Alves, Aleks Sandro (Braziliya)
Xames Rodriges va Xuan Kuadrado (Kolumbiya)
Mateo Kovachich, Luka Modrich, Mario Mandjukich hamda Marko Pyaca (Xorvatiya)

• Sobiq jamoadoshlar:
Danilo, Xames Rodriges va Aleks Sandro ("Portu", 2011–2013)
Danilo va Aleks Sandro ("Santos", 2010–2011)
Toni Kroos va Mario Mandjukich ("Bavariya", 2012–2014)
Mario Mandjukich va Luka Modrich ("Dinamo" Zagreb, 2007/08)
Karim Benzema va Miralem Pyanich ("Lion", 2008/09)
Dani Alves va Serxio Ramos ("Sevilya", 2003–2005)


"Yuventus" - "Real" jamoalarining o'zaro o'yinlari natijalari:

CHempionlar Kubogi-1961/62, 1/4 final
"Yuventus" - "Real" 0:1
Gol
: Di Stefano

"Real" - "Yuventus" 0:1
Gol
: Sivori

"Real" - "Yuventus" 3:1 (Qayta o'yin)
Gollar
: Felo, del Sol, Texada - Sivori

CHempionlar Kubogi-1986/87, ikkinchi davra
"Real" - "Yuventus" 1:0
Gol
: Butrageno

"Yuventus" - "Real" 1:0
Gol
: Kabrini

ECHL-1995/1996, 1/4 final.
"Real" - "Yuventus" 1:0
Gol
: Raul

"Yuventus" - "Real" 2:0
Gollar
: Del Pero, Padovano.

ECHL-1997/1998. Final
"Yuventus" - "Real" 0:1
Gol
: Miyatovich

ECHL, 2002/2003. Yarim final
"Real" - "Yuventus" 2:1
Gollar
: Ronaldo, Roberto Karlos - Trezege

"Yuventus" - "Real" 3:1
Gollar
: Trezege, Del Pero, Nedved - Zidan

ECHL-2004/2005, 1/8 final.
"Real" - "Yuventus" 1:0
Gol
: Elgera

"Yuventus" - "Real"
Gollar
: Trezege, Salayeta

ECHL-2008/2009, guruh bosqichi
"Yuventus" - "Real" 2:1
Gollar
: Del Pero, Amauri - van Nistelroy

"Real" - "Yuventus" 0:2
Gollar
: Del Pero (2ta)


ECHL-2013/2014, guruh bosqichi
"Real" - "Yuventus" 2:1
Gollar
: Ronaldu (2ta) - Lorente

"Yuventus" - "Real" 2:2
Gollar
: Vidal, Lorente - Ronaldu, Beyl

ECHL-2014/200915, yarim final
"Yuventus" - "Real" 2:1
Gollar
: Morata, Teves - Ronaldu

"Real" - "Yuventus" 1:1
Gollar
: Ronaldu - Morata



2017 yil, 3 iyun.
EVROPA CHEMPIONLAR LIGASI.

FINAL.

"YUVENTUS" - "REAL"  (23:45)
Kardiff, "Millenium" stadioni.
Bosh hakam
: Feliks Brix (Germaniya)

"Yuventus" (taxminiy): Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Xedira, Pyanich; Dani Alves, Dibala, Mandjukich; Iguain.
O'ynamaydi: Sturaro, Pyaca, Rugani (noga)

"Real" (taxminiy): Navas; Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo; Modrich, Kazemiro, Kroos, Isko; Benzema, Ronaldu.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика