Yil omadsizi! Futbolchi 5 soniya ichida 2ta golni yo'qqa chiqardi
19 mar 2019 12:50
Yangiliklar


Yil omadsizi! Futbolchi 5 soniya ichida 2ta golni yo'qqa chiqardi
"Ayntraxt B" hamda "Meppen" o'rtasidagi uchinchi Bundesliga o'yinida mavsumning eng g'alati voqeasi sodir bo'ldi.
Asli kelib chiqshi o'zbekistonlik bo'lgan "Ayntraxt" yarim himoyachisi Manuel Yancer qanotdan uzatilgan to'pni 2 metrdan darvozaga joylab qo'yishi kerak edi, ammo to'p ustunga tegdi. Bu omadsizlikning yarmi edi, ustunga tegib qaytgan to'p Yancerning jamoadoshi Stefan Fyurstnerga tushdi va u darvozaning chap burchagiga zarba berdi. Ammo maydonda yiqilib yotgan Yancer yana bir golni yo'qqa chiqardi!
TAS-IX
TAS-IX emas
Der Ball ist nicht im Tor. WAS??? #EBSSVM #3Liga pic.twitter.com/o7wNDva0bn
— NDR Sport (@NDRsport) 17 marta 2019 g.
Omadsizlikka qaramasdan "Ayntraxt" 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Ayni damda ushbu jamoa uchinchi Bundesligada 16-o'rinni egallab turibdi.
Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancer Germaniya chempioni bo'lgan klubga o'tdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar