So’nggi yangiliklar

12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  1 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  18 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  12 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3

“Yigitlar Gvatemala bilan o'yinda kech uyg'onishdi” – Tajribali futzalchimizning o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari Yangiliklar

“Yigitlar Gvatemala bilan o'yinda kech uyg'onishdi” – Tajribali futzalchimizning o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari

Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Gvatemalaga qarshi bahs bilan Jahon chempionati guruh bosqichidagi yurishini boshladi.

Afsuski, vakillarimiz dastlabki uchrashuvda alamli tarzda mag'lubiyatga uchrashdi. Ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqa olgan futzalchilarimiz so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib bir ochkoni qo'ldan boy berishdi. Har qanday turnirda ilk o'yin doim qiyin va hayajonli bo'ladi. Biroq termamiz bunga qadar Argentina, Venesuela, Portugaliya kabi raqiblar bilan o'ynab ko'nikma orttirib olishgandi. Xo'sh, aslida nima etishmadi? Biz bu borada terma jamoamizning sobiq o'yinchisi Farhod Abdumavlonovning fikrlarini tingladik.

- Yuqorida takidlaganimizdek terma jamoamizda kuchli raqiblarga qarshi o'ynash kecha yoki bugun sodir bo'layotgani yo'q. Musobaqaga juda yaxshi hozirlik ko'rildi. SHunday ekan ilk o'yindagi hayajon va sarosimani nimaga bog'lash mumkin?

- To'g'ri aytasiz. Terma jamoamiz ko'plab nomdor raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi. Mazkur jihat tayyorgarlikda muhim rol o'ynaydi. Lekin Jahon chempionati o'rtoqlik o'yinidan ancha farq qiladi. Musobaqani bosimi bo'ladi. Har bir xato juda qimmatga tushadi. Fikrimcha, bizning yigitlar birinchi o'yinda kech uyg'onishdi.Biroq hisobda ortda borayotganimizda iroda ko'rsata olishdi. Afsuski futbolda bo'lgani kabi futzalda ham omad muhim omil sanaladi. SHu kuni omad bizdan yuz o'girdi.

- Gvatemala nisbatan engilroq raqib sifatida qaralgandi. Futzalchilar oson yutamiz, degan fikr bilan o'yinga tushgani pand berdimikin? Bunday pallada ruhiyt katta sahnaga chiqadi...

- SHaxsan menga futzalchilarimizning o'yin davomidagi harakatlari yoqdi. Ko'p hujum qilishdi. Biroq aytganimdek ertaroq uyg'onish kerakmidi. Bunday o'yinlarda ilk daqiqalardan boshlab agressiv harakat qilmasa bo'lmaydi. Ayniqsa standart vaziyatlar futzalda ko'p narsani hal qilib beradi. Oxirgi golni ham aynan standart vaziyatdan so'ng o'tkazib yubordik.

- Hisob 4:4 bo'layotganda beshinchi o'yinchini tushirish qanchalik to'g'ri qaror edi? Ko'proq hisobni ushlab qolishga harakat qilish to'g'ri qaror bo'larmidi?

- Bizga g'alaba kerak edi. O'ynovchi darvozabon tushirilgani menimcha to'g'ri bo'ldi. Bunday uslubda Osiyo o'yinlari va boshqa musobaqalarda hisobni tenglashtirib olganmiz. 5ta o'yinchi bilan turli kombinaciyalar qilish imkoniyati katta bo'ladi. Murabbiylar noto'g'ri qaror chiqarishmadi.

- Himoyalanishdagi kamchiliklarni sezdingizmi? O'tkazib yuborilgan 5ta goldan 3tasi standart vaziyatlardagi etiborsizliklar sabab yuzaga keldi...

- Futzalda buning uchun ko'p tayyorgarlik ko'riladi. Murabbiylar mashg'ulotlarda ishlashganiga ishonchim komil. Rossiya va Misr bilan kechadigan bahslarda bunday xatolarga yo'l qo'yishmaydi, degan umiddaman. Futzalchilarimizga muhim pallada omad kulib boqishini tilab qolaman.


Futzal. JCH. Ahad Yusupov: "Kechagi natija hech qanaqasiga kambek emas"

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика