Yerri Minaning MYUdagi maoshi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 18:40
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

23 yoshli futbolchi MYU bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Bitim 5 yilga mo'ljallangan va kolumbliyalikning yillik maoshi 8,5 mln. evro bo'ladi.

Hozir "Barselona" va "Manchester Yunayted" transfer narxini kelishishmoqda. MYU 39 mln. evro taklif qilmoqda, Kataloniya klubi esa 45 mln. talab qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo