So’nggi yangiliklar

22:00Элит ОЧЛ. "Пахтакор" — "Ал Ҳилол" (матнли трансляция)  90 21:54"Брюгге" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  0 21:44Расман: Ўзбек телеканаллари Англия кубогини намойиш этади  11 20:25Антони "Бетис"да яна бир йил қолмоқчи. МЮ вингери Испания клубида 7 ўйинда 3+2 қайд этди  3 20:00Субименди учун АПЛдан яна икки даъвогар чиқди  1 19:54Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": Асосий таркиблар маълум  26 19:44Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": "Шерлар" кийниш хонасидан галерея  5 19:33"Арсенал" "Атлетико" футболчиси учун "Челси" билан курашга қўшилди  1 19:06Винисиус Жуниор: "Тез орада "Реал" билан шартномамни узайтираман"  2 18:45Ўзбекистон футзал федерацияси ҳамкорликка чорлайди  0 18:168-8-8...   7 17:54Тотти: "Мен "Олтин тўп" ўрнига "Рома"ни танлаганман"  11 17:26Италия терма жамоаси афсонаси: "Рома" Довбикни узоқ ушлаб турмайди"  4 16:56"Сурхон"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси маълум  1 16:35Александр Исак "Ньюкасл"дан Англиянинг бошқа бир жамоасига ўтишига ишора қиляптими?  9

Yaypanda bo'lib o'tadigan Superkubok uchrashuviga chiptalar sotuvi davom etmoqda Yangiliklar

Yaypanda bo'lib o'tadigan Superkubok uchrashuviga chiptalar sotuvi davom etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 fevral sanasida Yaypan shahridagi "O'zbekiston" o'yingohida O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi o'tkaziladi.

SHu kuni O'zbekistonning eng nomdor jamoalaridan hisoblangan Toshkentning "Paxtakor" va Qarshining "Nasaf" klublari o'zaro maydonga chiqadilar.

Ayni kunlarda Yaypan shahrida ushbu katta futbol bayramiga tayyorgarlik jarayoni o'zining avj pallasiga kirgan. "Turon" PFK va O'zPFL o'zaro xamkorlikda Superkubok uchrashuvini ko'tarinki va bayramona tashkillashtirish uchun "O'zbekiston" stadioni xududida bir qator amaliy ishlarni olib bormoqdalar. Xususan, stadionda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun alohida media-tribuna va simsiz internet aloqa tarmog'i shakllantirildi.

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi uchrashuviga kirish chiptalari sotuvi ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, stadion masullari tomonidan berilgan so'nggi malumotga ko'ra ayni damda 4000ga yaqin chiptalar sotib bo'lingan.

Takidlash joiz, mamlakatimizda 2022 yilgi katta futbol mavsumi Yaypanda O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan start oladi. O'yindan bir kun avval "O'zbekiston" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor" va "Nasaf" klublari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bundan tashqari, futbol uchrashuvi oldidan va tanaffus vaqtida stadionga tashrif buyurgan muxlislar uchun maxsus koncert dasturi namoyishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, shu kuni muxlislar taniqli estrada yulduzlari - Farhod va SHirin juftligi ijrosida diltortar taronalarga bevosita guvoh bo'lgan xolda maroqli hordiq chiqarishlari taminlanadi.

Superkubok uchrashuvi chiptalari sotuvi yuzasidan qo'shimcha malumotlarni +998902928515 aloqa raqami orqali olish mumkin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика