Yaya Ture irqchilikka qarshi kurashadi
18 dek 2019 21:11
Yangiliklar


Yaya Ture irqchilikka qarshi kurashadi
Xitoyning "Cindao Xaynyu" jamoasi yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qoldi.
"Faoliyatimni yakunlab FIFAda irqchilikka qarshi kurashish bo'limiga ishga o'tishim kerak. Bu illat har doim futbolga zarar keltirgan va shu boisdan bunga qarshi kurashishni istayman.
FIFA va UEFA doimo bunga qarshi ko'plab ishlarni amalga oshiradi. Endi biz muxlislar bilan ham ishlashimiz kerak. Endilikda muxlislarning ortidan klublar katta-katta jarimalarga tortiladi", - dedi Ture.
Ivuarlik futbolchi faoliyati davomida "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi klublarda ham o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar