So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

"Yaxshi odamlarga olam jahannam". Zamonaviy futbolning sirli qahramonidan "super Mario"ga salom Yangiliklar

"Yaxshi odamlarga olam jahannam". Zamonaviy futbolning sirli qahramonidan "super Mario"ga salom

Bugun suhbatimiz mavzusini bag'ishlaydiganimiz kishi juda kamtar, uyatchang.

Kam gapirib, ko'p ter to'kishni yoqtiradi. Qo'lidan kelgan ishni eng yaxshi shaklda qilishga urinarkan, boshqalardan nimadir kutmaydi, kutishni xushlamaydi. Bu tarifni o'qib, o'zim haqimda gap boshlab qolishimdan gumonsiradingiz, hoynahoy. Yo'q! Hozir milliardlab odamlar kuzatadigan sportda, bir-biri bilan kurashib-tortishgan futbolchilar orasida, "urush"ning o'rtasida kulish uchun kuch topa oladigan yagona kishi haqida so'z yuritamiz — Kante.

Bir necha kun oldin Balotelli haqida hikoya qilganimizda bolalik va baxt mavzusiga to'xtalgandik. Bugungi qahramonimiz ham hayotini hayotda qolish uchun kurashish bilan boshladi. 1991 yil (29 mart) Parijda malilik muhojirlar oilasida tug'ilgan Ngolo umrining eng shirin damlarini axlat to'plash bilan o'tkazdi. Ehtimol, u bugungi kungacha shu vazifa bilan shug'ullanishi mumkin edi, bunga sira qarshilik bildirmasdi. Ammo, 1998 yilda dastlab uning xayollarini, keyin butun hayotini o'zgartirgan voqelik sodir bo'ldi: mundial Franciyada o'tkazildi va unda mezbonlar zafar quchishdi. SHu kundan futbol uning orzusiga aylandi, xayollarini tamoman band qildi. Bilasizki, inson xayollarini amalga oshirish uchun ularga hayotini bag'ishlashi kerak. 

Kanteda ham shunday bo'ldi. U maktabdan keyin mashg'ulotlarga qatnardi. Murabbiylar jussasi tengdoshlariga nisbatan ancha ixcham bo'lgan bolakaydan futbolchi chiqishiga shubha qilishar, Ngolo ularga kuchliligini isbotlash uchun jamoadoshlariga nisbatan ko'proq yugurishga majbur bo'lardi. Mashg'ulotdan keyin mazza qilib uxlash uchun sharoit yo'q: tirikchilik qilayotgan otaga ko'maklashish kerak. Kechasi uyga qaytgach, maktabdan berilgan topshiriqlar...

U mehnatlari qachondir samara berishiga ishonardi. Balki, shuning uchun hech qachon chopishdan to'xtamadi. Ammo, omad deganlari kuttirishni sevarkan. Kante allaqachon 18 yoshda bo'lsa-da, u bilan shartnoma imzolashni istaydigan klub topilmadi, hech kim uni o'z jamoasida ko'rishni xohlamadi. Sinovlardan ko'pincha jussasining mittiligi tufayli o'tkazishmasdi. Lekin, bir gal g'alati voqea bo'ldi. U Franciyaning quyi ligalaridan bir jamoaning yig'inida ishtirok etadi va doimgidek tarkibga olinmaydi. Bu gal muvaffaqiyatsizligining sababi sifatida aniq-tiniq qilib shuni ko'rsatishadi: Futbolchi bo'lish uchun haddan ortiq yumshoq ko'ngilli. Bu poziciyada faqat tosh yurakli insonlargina  o'ynab ketishi mumkin. "Yaxshi odamlarga olam jahannamdir", deganlari shu bo'lsa kerak.

Ammo, Kante harakatdan to'xtamadi. 2010 yilda 3-divizion vakili "Bulon" tarkibiga qo'shildi, lekin keyingi 2 yilni 6-divizionda o'tkazdi.

2012-13 yilgi mavsumni 3-divizionda o'tkazgach, 2-divizion ishtirokchisi "Kan" tarkibiga o'tdi. Bu erda u ko'plab murabbiylarning nazariga tushdi. Bilasizmi, o'sha vaqtda "Marsel"ni boshqarayotgan Marselo Belsa ham uni o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Biroq, Ngoloni "Lester" ilib ketadi va aynan shu tufayli rahbariyatdan ko'ngli qolgan argentinalik mutaxassis francuz klubidan istefoga chiqadi.

Klod Makelelega o'xshashni istaydigan yigitcha APLga ko'chib o'tganida (2015 yil) qitada uni hech kim tanimasdi. CHunki na muxlislar, na mutaxassislarning "Tumanli Albion"da 1 yildan keyin yoziladigan futbol tarixidagi eng tasirli ertakdan xabarlari yo'q edi. Uning sirli qahramoni haqidaku so'ramay qo'yavering.

Ha, 2015-2016 yilgi mavsumda APLning "yonishi" taxmin qilingandi. CHunki Mourinyu-Gvardiola to'qnashuvi Angliyaga ko'chgan, Arsen Venger hamon "Arsenal"ining boshida, Klopp Mersisaydga tashrif buyurgan edi. Ammo, "Lester" ularning barchasini uyaltirib, o'z ertagini yozdi. O'sha tarkibdan eng ko'p Marez va Jeymi Vardi haqida gapirishgandi. Yil bo'yi Zlatan-u, Lukaku kabi "dev"larga qarshi o'ynagan Ngolo turnirda raqibdan to'pni olib qo'yish borasida eng yaxshi natija qayd etdi. U chempionlikni qutlash marosimida ham uyalib, jilmayib bir chekkada turardi. Xuddi, bunga mening aloqam yo'q, hech qanday ayb qilmadim, deyotgandek...

Yugurishdan to'xtamaydigan yigitcha yangi mavsumni "CHelsi"da boshladi va "aristokratlar"ni ham chempion qildi. Yana yilning eng yaxshi "buzuvchisi" Kante. Bundan tashqari, u trnir qahramoni sifatida etirof qilindi va tayanch yarim himoyachilari orasida bu maqomga loyiq ko'rilgan Roy Kindan keyingi 2-o'yinchi bo'ldi. 

U ortiq eng yaxshi ligada eng yaxshisi edi. Ammo, hamon mashg'ulotlarga eski va kichkina mashinasida kelar, hamon barchadan ko'p yugurar, hamon hammadan kam gapirardi. "Yulduzlik kasali" degan tushuncha borligini bilasiz. Uning Kantega nisbatan allergiyasi bo'lsa kerak. CHunki bugunga qadar matbuotda u haqda birorta ham salbiy xabar o'qimagansiz. Na qizlar, na ko'ngilxushliklar mavzusida...

Xabaringiz bor, Rossiyadagi mundialni francuzlar yutdi. O'shanda g'alati voqea bo'lgan. Hamma xursand, butun jamoa kubok bilan suratga tushib, yoqimli onlarni o'limsizlashtiryapti. Faqat Kante bir chekkada, jilmaygancha jamoadoshlarini kuzatardi. SHunda vaziyatni kuzatib turgan Stiven Nzonzi Kantening uyalayotganini payqaydi va kubokni unga olib beradi. 


(Tasavvur qilyapsizmi, u maydonda eng ko'p ter to'kgan, chempionlikka eng ko'p hissa qo'shgan futbolchi edi. SHu joyda kitoblarda o'qiganingiz, sevganiga izhori dil qilishga, qo'lidan tutish mayli, ko'ziga qarashga-da uyaladigan qahramonlar yodingizga kelgan bo'lsa, ajab emas. Ehtimol, o'shanda yozuvchi oshirib yuboribdi, degandirsiz. Lekin, ishoning, bundaylar oramizda etarlicha va dunyo ular bilan go'zal.  SHunday ekan, kantesifat yaqinlaringizni qadrlang)

Xo'sh, ECHLda mavsum endigina  tugadi. Unda asosiy qahramon Ngolo bo'ldi. Ko'pchilik Evro-2020'da eng ko'p tilga olinadigan ham u bo'lishini taxmin qilyapti va haqli ravishda "Oltin to'p"ni yutishiga ishonmoqda. Sovrinlar, natijalar o'z yo'liga. Sezgan bo'lsangiz, shu ergacha o'qiganlaringiz Kantening qanchalik zo'r futbolchiligini emas, yaxshi insonligini ochib berish uchun yozildi. Buning o'ziga xos bir necha sababi bor.

1. O'tgan gal Mario Balotelli haqida yozdik. Ko'pchilik uning buyuklar qatoriga emas, o'z iqtidoriga xiyonat qilganlar karvoniga qo'shilib qolishiga sabab sifatida og'ir bolalik yillari va irqchilik bilan bog'liq janjallarni ko'rsatdi. 

Yana bir marta takrorlaymiz: buyuk bo'lish uchun tashqi ko'rinish yoki terining rangi muhim bo'lganda, bugun Kante haqida gaplashmasdik. 

2. Oramizda o'ziga nisbatan ishonchi yo'qolgan, depressiyaga tushib qolgan minglab insonlar bor. Ularga motivaciya berib qolar, kimningdir hayotga qarashi o'zgarar, deya umid qildik.

ECHL va mundialning amaldagi chempioni 5 yoshida ko'chadan axlat yig'ishni boshlagan. 19 yoshigacha uni hech kim o'z jamoasiga olmagan. Etibor qiling, Kante 21 yoshida ham Franciya chempionatining 6-divizionida o'ynardi! U 24 yoshida haliyam 2-divizionda edi. Ammo, 1 yildan keyin APLni yutib, o'z poziciyasida dunyoning eng zo'rlaridan biriga aylandi. Hozir siz Meksika prezidentini bilmaysiz, ammo Kanteni taniysiz. U shu darajaga oddiy axlatxonadan ko'tarildi. SHunday ekan, "imkonsiz", "iloji yo'q", "qo'limizdan kelmaydi" qabilida gapiradigan qo'rqoq tanishlaringizning qo'liga katta dastro'molni tutqazingda, harakatlanishda davom eting. Unutmang, bu olamda o'limdan boshqa hamma narsaga chora topiladi va siz eng yaxshisisiz!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика