So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  1 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  3 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

“Yashnobod” mavsumni g'alaba bilan boshladi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Yashnobod” mavsumni g'alaba bilan boshladi (to'liq sharh)

Teglar :  PRO-ligaYashnobod
Futbol bo'yicha O'zbekiston XXVIII milliy chempionati Pro-ligasi debyutanti “Yashnobod” jamoasi “V” guruhida bahslarga kirishdi.

Musobaqaning SHarqiy mintaqasida g'oliblik uchun kurashga bel bog'lagan poytaxtliklar dastlabki turda Andijonning “Andijon-2” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv tafsilotlari haqida qisqacha to'xtalsak, o'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Ayniqsa, dastlabki daqiqalardan mezbonlar tashabbusni o'z qo'llariga olishga intilishdi. Muxlislar 5-daqiqadayoq golga guvoh bo'lishlari mumkin edi. Mezbonlar sardori SHokir Beknazarov jamoadoshi Rustamxon Azimovni to'p bilan qulay vaziyatga olib chiqdi. Ammo yosh hujumchiga yakuniy nuqtani qo'yishda tajriba etishmadi. Andijonliklar himoya chizig'ining vaziyatni to'g'ri baholay olishgani evaziga ko'plab xavfli hujumlar bartaraf etildi.


17-daqiqada mehmonlar vakili Izatilla Abdulhaqov raqib himoyachilarining sust harakatidan unumli foydalanib, davrozabonni qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi va hisobni ochdi.

SHundan so'ng, yashnobodliklar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Ketma-ket hujumlar uyushtirilganiga qaramay, xatti-harakatlari samarasiz yakunlanaverdi. Yakunda bu andijonliklarning xato qilishlariga majbur etdi. 33-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Abbos Saidkarimov boshi bilan darvozaga yo'llab, o'rtadagi muvozanatni tenglashtirdi — 1:1.


Tanaffusdan so'ng, mezbonlar bosh murabbiy Azizjon Fayziev tarkibda bir yo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi. Bu “Yashnobod” jamoasi o'yiniga mazmun olib kirish bilan birgalikda hujumlarning xavfli ko'rinishga olib keldi. 56-daqiqada Ruslan Veklich mehmonlar jarima maydonchasiga yorib kirdi va himoyachi so'nggi chora sifatida uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Ammo belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishda tajribali Abbos Omonov mo'ljalda adashdi. Bu mezbonlar o'yiniga salbiy tasir ko'rsatmadi. Aksincha oradan uch daqiqa o'tgach, ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Muhammad Komilov mehmonlar darvozasini 20 metrlar chamasi uzoqlikdan aniq ishg'ol etib, yashnobodliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida tinib-tinchimas Abbos Omonov baribir o'z maqsadiga erishdi. Raqib jarima maydonchasi ichida birin-ketin himoyachilarni aldab o'tib, davrozabonni dog'da qoldirdi va hisobdagi farqni oshirdi — 3:1.


Ko'pchilik muxlislar o'yin shu hisobda yakunlanishini taxmin qilayotgan bir mahalda mezbonlar himoyachisi Jahongir Halimov o'z jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Jarima to'pini chiroyli tarzda ijro etgan Ozodbek Komilov hisobdagi farqni qisqaritirishga muvaffaq bo'ldi — 3:2.

SHunday qilib, chempionatning ilk uchrashuvini yashnobodliklar g'alaba bilan boshlashdi. Taqvimga ko'ra, ikkinchi turda “Yashnobod” futbolchilari safarda “Bunyodkor-2” vakillariga qarshi o'tkazishadi. O'yin 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.



HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
PRO liga, “V” guruhi.
SHarqiy mintaqa, 1-tur, 2019 yil 11 aprel (payshanba)
“YASHNOBOD” (Toshkent) — “ANDIJON-2” (Andijon) — 3:2 (1:1).
Toshkent. “Yakkasaroy” sport majmuasi. 86 tomoshabin.
Hakamlar
: Farrux Yansupov, Islom Azimov, Rustam Tog'aev, Akobir SHukrullaev (barchasi — Toshkent).
Nazoratchi: N. Ro'zimov.
Komissar: Z. Akramxonov.
Gollar: Izzatilla Abdulhaqov, 17 (0:1). Abbos Saidkarimov, 33 (1:1). Muhammad Komilov, 59 (2:1). Abbos Omonov, 83 (3:1). Ozodbek Komilov, 90+2 (3:2).
Amalga oshirilmagan penalti: Abbos Omonov (56).
“YASHNOBOD”: 35. Abdukarim Muxamedov, 2. Yusuf Aliev, 3. Islom Ismoilov, 4. Rasul Raximberdiev (14. Jaxongir Halimov, 86), 5. Abbos Saidkarimov (18. Abbos Omonov, 46), 6. SHokir Beknazarov, 9. Rustamxon Azimov , 10. Jo'rabek Ergashev (37. Ruslan Veklich, 46), 11. Muhammad Laziz Omonaliev (19. Azimjon Mirzaev, 76), 22. Amirbek Fayziev, 23. Ulug'bek Jo'raev (25. Muhammad Komilov, 46).
“ANDIJON-2”: 12. Anvar Nazirov, 4. Muhammali Tursunov, 6. Izzatbek Alinazarov, 7. Ozodbek Komilov, 8. Saidbek Mirsultonov, 10. Ozodbek Qaxxarov, 11. Samandar Abdurahimov, 14. Xojiakbar Mo'minov, 17. Izzattilla Abdulxaqov(9. Muhammad Umarov, 75), 23. Xikmatilla Nematullaev, 24. Sardor Ro'zimbekov.
Zaxiradagilar: 13. Muhammadsolih Ubaydullaev, 2. Qudduzbek G'ulomov, 5. Islom Mamatkazin, 18. Farhod Boltaboev, 22. Axmadullox Muqimjonov, 25. Islomiddin Mo'ydinov.
Ogohlantirishlar: Jo'rabek Ergashev (18), SHokir Beknazarov (44), Muhammad Komilov (60), Azimjon Mirzaev (81), Jahongir Halimov (91).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика