So’nggi yangiliklar

16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0

"Yashnobod": Boy berilgan g'alaba Yangiliklar

"Yashnobod": Boy berilgan g'alaba

Teglar :  YashnobodB PRO-Liga
Futbol bo'yicha O'zbekiston XXVIII milliy chempionati PRO liga “V” guruhi bahslari ham tobora qizg'in tus olmoqda.

Musobaqaning SHarqiy mintaqasida ishtirok etayotgan Toshkentning “Yashnobod” jamoasi ikkinchi turda “Bunyodkor-2” futbolchilari mehmoni bo'ldi.

O'ziga xos kichik “derbi” maqomini olgan mazkur juftlik bahsi kutilganidan-da shiddatli va murosasiz kechdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etgan yashnobodliklar o'z muxlislarini uzoq kuttirib o'tirishmadi. 10-daqiqada to'p bilan jarima maydonchasiga yorib kirgan yosh hujumchi Jo'rabek Ergashevga nisbatan mezbonlar o'yin qoidasini buzishdi. Bosh hakam ikkilanib o'tirmasdan 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Mehmonlar sardori SHokir Beknazarov nishonda adashmadi va o'yinda hisobni ochdi — 0:1.



Tanaffusga qadar tashabbus goh yashnobodliklar, goh yosh bunyodkorchilar tarafida bo'lib turgan bo'lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi.

Ikkinchi bo'limni mezbonlar tezkor hujumlar bilan boshlashdi. Tarkibda amalga oshirilgan bir qator o'zgarishlar qisqa fursatda o'z samarasini berdi. Tanaffusdan so'ng maydonga tushgan Qalandar Qudratov burchakdan uzatilgan to'pni chiroyli tarzda darvozaga yo'llab, hisobdagi farqni yo'qqa chiqardi — 1:1. Oradan uch daqiqa o'tib, mehmonlar himoya chizig'idagi palapartishlikdan unumli foydalangan Sardon Usmonov “Bunyodkor-2” vakillarini hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.



SHundan so'ng, yashnobodliklar bosh murabbiyi Azizjon Fayziev tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bu mehmonlar o'yiniga yanada shiddat olib kirdi. 78-daqiqada mezbonlar o'z jarima maydonchalaridan uzoq bo'lmagan nuqtada raqib futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatib qolishdan boshqa chora topa olishmadi. Darvozadan chamasi yigirma metrlar uzoqlikdan SHokir Beknazarovning to'pi avval darvoza ustuniga tegib, so'ngra darvoza to'riga borib tushdi — 2:2.



So'nggi daqiqalarda mehmonlar goldan ilhomlanib hujumkorlikni oshirishdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida yosh bunyodkorchilar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. O'tgan uchrashuvda 11 metrlik nuqtadan zarba berishda adashgan Abbos Omonov bu gal o'z xatosini tuzatishni o'ylab yana ushbu vazifani o'z zimmasiga olishga qaror qildi. Afsuski, bu gal Abbosning yo'llagan zarbasi yo'liga mezbonlar darvozaboni to'g'anoq bo'ldi va hisob o'zgarmay qoldi. Natijada deyarli g'alabaga yaqin bo'lgan yashnobodliklar uchrashuvda bir ochko bilan kifoyalanishdi, xolos.

SHunday qilib, yakunlangan ikki tur natijasiga ko'ra, “Yashnobod” futbolchilari “Bunyodkor-2”, “Turon” jamoalari bilan bir xil 4 tadan ochko jamg'argan holda o'z guruhlarida peshqadamlar qatorida borishmoqda.



Taqvimga muvofiq, yashnobodliklar navbatdagi uchrashuvni 23 aprel kuni o'z maydonida Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o'tkazishadi. O'yin poytaxtimizning “Yakkasaroy” (sobiq “Tekistilshhik”) sport majmuasida soat 16.30 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, chempionat uchrashuviga qadar “Yashnobod” jamoasi O'zbekiston kubogi — 2019 musobaqasi doirasida maydonga tushadi. Mamlakat billur sovrini dastlabki saralash bosqichida yashnobodliklar 19 aprel kuni poytaxtimizning “CHig'atoy” jamoasi mehmoni bo'lishadi. Mazkur uchrashuv soat 17.00 da boshlanadi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
PRO liga, “V” guruhi, SHarqiy mintaqa
2-tur, 2019 yil 16 aprel (seshanba)
“BUNYODKOR-2” – “YASHNOBOD” — 2:2 (0:1).
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 87 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Karimov, X. Bahodirov, O. Kalaxo'jaev, A. SHukrullaev (barchasi — Toshkent).
Nazoratchi: B. Xaydarov
Komissar: D. Imomxo'jaev
Gollar: SHokir Beknazarov, 11 (0:1 penalti). Qalandar Qudratov, 53 (1:1). Sardor Usmonov, 56 (2:1). SHokir Beknazarov, 78 (2:2).
Amalga oshirilmagan penalti: Abbos Amonov (90+2).
“BUNYODKOR-2”: Akobir Qayumov, Otabek Bekboev, Abbosbek Jumaqulov, Sunatilla Abdullajonov, Sardor Usmonov (Alpomish Tilapov, 78), Abdug'ani Kamolov, Bositjon Rahimov, Alijon Jo'raboev, Islom Abdujabborov (Husan Hasanov, 46; Timur Saydullaev, 90), Ixtiyor Holdorov, Javohir Musajonov (Qalandar Qudratov, 46).
“YASHNOBOD”: Bobur Haydarov, Yusuf Aliev, Islom Ismoilov, Rasul Rahimberdiev, Abbos Saidkarimov, SHokir Beknazarov, Rustamxon Azimov (Azamat Boymatov, 60), Jo'rabek Ergashev (Ulug'bek Jo'raev, 57), Muhammad Omonaliev (Muhammad Komilov, 57), Amirbek Fayziev, Ruslan Veklich (Abbos Amonov, 46).
Ogohlantirishlar: Abbosbek Jumaqulov (15), Bositjon Rahimov (28), Abdug'ani Kamolov (30), Sardor Usmonov (76) – Abbos Saidkarimov (15), Jo'rabek Ergashev (46), Islom Ismoilov (54), Amirbek Fayziev (66), Abbos Amonov (76).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика