Yaroslav Krushelnickiy: "Neftchi" futbolchilariga ikkinchi qavatda imkon qoldirmaslikni maqsad qilgandik"
09 may 2019 11:15
Yangiliklar


Yaroslav Krushelnickiy: "Neftchi" futbolchilariga ikkinchi qavatda imkon qoldirmaslikni maqsad qilgandik"
Bugun tayyorlangan rejamizga asosan uchrashuvda ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakatlanishni, ikkinchi qavatda raqibga imkon bermaslikni maqsad qilgandik. Guvohi bo'lganingizdek, o'yinga tayyorlangan uslubimiz 90 foizga o'zini oqladi. 90 foizga amal qildi deganda nimani nazarda tutyapman? Bu degani shuki, biz butun uchrashuv davomida o'zimiz tuzgan rejani deyarli istaganimizdek namoyon eta oldik.
Jamoamiz oldiga har doim yuksak vazifalar qo'yilib keladi. Klubimiz rahbarlari by yiligi mavsumda jamoani Superligaga olib chiqish vazifasini qo'yishgan. Xabaringiz bor, 2015 yilda bunga juda yaqin kelgandik. Bu yilgi mavsumda o'zimizni sinab ko'ramiz, harakat qilamiz, nasib bo'lsa jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifani bajaramiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar