Yarmolenko: "Eyforiyaga berilish kerakmas"
16 noy 2013 13:42
Yangiliklar


Yarmolenko: "Eyforiyaga berilish kerakmas"
Ukraina terma jamoasi hujumchisi Andrey Yarmolenko Franciya ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirib o'tdi.
"Zozulya penalti ishlaganida, uni golga aylantirishimga ishonchim komil edi. Tepganimdan keyin, darvozabon uni to'sin ortiga qaytardi. Eng asosiysi to'p to'rda edi. Ortiqcha xursandchilikka, eyforiyaga berilish yaramaydi. O'yinni tomosha qilib, uni tahlil qilib chiqish va keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlash kerak. Mehmondagi uchrashuvda himoyani mustahkam ushlash va qarshi hujumlardan unumli foydalanishga urinib, hech bo'lmasa yana bitta gol urishimiz kerak", dedi futbolchi.

Fikrlar