So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Yarim finalda ko'pchilik kutmagan jamoalarning to'qnashuviga nazar (prevyu) Yangiliklar

Yarim finalda ko'pchilik kutmagan jamoalarning to'qnashuviga nazar (prevyu)

Teglar :  RomaLiverpulECHL
"Barselona"ni Evropa chempionlar ligasidan chiqarib yuborgan rimlik "gladiatorlar" bugun "Enfild"dagi spektaklda ishtirok etishadi.

Bugungi spektakl rejissyori Yurgen Klopp. Spektaklni nomi - ECHL sarguzashtlari. Ko'pchilikni bugungi spektaklda rimlik "gladiatorlar" tomoshabin bo'lishadimi yoki spektaklda rol ijro etishadimi, degan savol o'ylantirayotgani aniq. Bu savolga aniq javobni esa tunda boshlaganidan spektaklda olamiz. Har ehtimolga qarshi shuni qayd etib o'tish kerakki, bu spektaklni ikkinchi qismi Mersisayddan Rimga ko'chadi. Undagi rejissyor ham katta ehtimol bilan o'zgaradi. Har holda rimliklar bugun shunchaki tomoshabin bo'lish uchun Mersisaydga kelishmayotgani aniq.

Ha, bugun yarim finalning dastlabki juftligining ilk uchrashuvi. Aslida ko'pchilik "Liverpul" emas, balki "Siti" yoki "Roma" yarim finalga chiqishidan ko'ra "Barselona"ga ko'proq ishonishgandi. Ammo Kloppning falsafasi oldida Gvardiola hali o'quvchidek ko'rindi va Rimda Valverde Di Francheskoning hamlasiga javob berolmay esankirab qoldi. Aynan shu jihatlar bugun final ostonasida "Liverpul" va "Roma"ni ko'rib turishimizga bosh omil bo'ldi.

Ko'pchilik bu jamoalarni yarim finalda kutishmagan bo'lishi mumkin. Lekin ular bu yo'lni munosib bosib o'tishganiga hech kim shubha qilmasa kerak. Buyog'iga esa har ikkala jamoa qanday mashaqqatli yo'lni bosib o'tishganini his etib turishibdi. SHu boisdan ham "Liverpul" va "Roma" finalga chanqoq va ishtiyoqmand ekani aniq. Ular uchun endi ortga yo'l yo'q.

"Roma" joriy mavsum ECHLda haqiqiy uy jamoasi ekanligini bot-bot isbotlab kelmoqda. Rimliklar safardagi faqatgina birgina bahsda, yani guruhdagi "Qorabog'"ga qarshi uchrashuvda g'alaba nashidasini surishgan. Qolgan o'yinlarda esa "Roma" mehmonda g'alaba qozonmagan. Pley-offdagi bellashuvlarda esa ular dastlab mehmonda imkoniyatni boy berishdi va keyinchalik Rimdagi javob bahsida vaziyatni ikki marotaba o'z foydalari tomon og'dirishga erishishdi.
Xulosa shuki, "Roma" mehmonda u qadar muvaffaqiyatli o'ynay olmaydi. "Roma"ning joriy mavsum ECHLdagi eng katta kamchiligi shu. Di Franchesko jamoasi imkon qadar safardagi o'yinlarda gol urib olishga intiladi. "Roma"ning ustun tomoni shundaki, jamoa garchi birinchi uchrashuvda yutqazayotgan bo'lsada, javob bellashuvida vaziyatni o'zgartira olmoqda. Demak jamoada xarakter mavjud. Ular o'z muxlislari qarshisida yanada qo'shimcha kuchga ega bo'lishadi. Hozircha Rimga safar qilayotgan jamoalar "Olimpiko"da esankirab qolishmoqda.

"Liverpul"ga ham deyarli shu tashxisni qo'yish mumkin. Ushbu jamoa "Enfild"da istalgan jamoa uchun qo'rqinchli raqibga aylanadi. Yurgen Kloppning agressiv hamda tajovuzkor futboli qarshisida ko'pchilik shoshilib qolmoqda. Natijada ularning hujumdagi bosimlari tufayli raqib mudofaa chizig'ida parokandalik va muammolar paydo bo'lmoqda. Bu muammolarni tug'dirayotgan "Liverpul" hujumi "uchligi"dagi Saloh, Firmino va Mane yakuniy nuqtani qo'yishda ham ancha sermahsul.

"Liverpul"ning "Roma"dan ustun birgina jihati, ular mehmonda ham o'ynash tajribasiga egalar. Yani, Klopp jamoasi uchun aynan uy yoki mehmonda degan tushuncha yo'q. SHunchaki "Enfild"dagi muhit jamoani ikki hissa kuch bilan o'ynashlariga zamin yaratadi. SHuningdek, Klopp va uning boshqaruvidagi jamoani mahorati ham bu kabi statusdagi o'yinlarda qo'l keladi.

"Liverpul" uchun birgina noqulay jihat - "Roma"ning o'yin uslubi. "Roma" "Siti"dek faqat to'p bilan o'ynashga, o'yinni hujum orqali qurishga katta urg'u bermaydi. Yani Klopp bu bahsda "Siti"ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi katta bo'sh hududlar ularga taqdim etilmasligini biladi. "Liverpul" endi "Roma"ni himoya chizig'ini yorib o'tishiga to'g'ri keladi. "Roma" himoyada italyancha intizom va tartib bilan harakatlanadi.

"Roma" bugun raqibning o'yinidan kelib chiqib o'ynaydi. Yani Di Franchesko Kloppning o'yin uslubiga moslashib, jamoadagi mavjud kamchiliklardan foydalanishga intiladi. Rimda esa vaziyat taqozo etsa "Roma" o'z o'yinini o'tkazishga harakat qilishi mumkin.

Bugungi o'yinda "Roma"ning ilk vazifasi gol urish. Mehmonda urilgan gol qiymati "Roma" uchun muhim. "Liverpul" esa nafaqat g'alaba qozonishi kerak, balki o'z darvozasi dahlsizligiga ham alohida urg'u berishga majbur. CHunki javob bahsida aynan shu jihat ko'p hollarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Tarkibdagi yo'qotishlar borasida gapiradigan bo'lsak, Klopp anchadan buyon xizmatlaridan foydalana olmayotgan Matip, Lallana va Emre Jan bugun ham uchrashuvda ishtirok eta olishmaydi. Eysebio Di Franchesko esa faqatgina Defrelning xizmatidan foydalana olmaydi.

Har ikkala jamoa bosh murabbiylari bugungi bahsda katta ehtimol bilan taktik o'zgarishlarga qo'l urishmaydi. Yani jamoalar odatdagidek 4-3-3 sxemasini qo'llaydi.

O'zaro uchrashuvlar tarixi: ECHLdagi eski tanishlar
"Roma" va "Liverpul" ilk bor aynan shu musobaqa doirasida to'qnash kelishgan. Hozirgi bosqich yarim final bo'lsa, ularning dastlabki uchrashuvi final bo'lgan. O'shanda "Liverpul" penaltilar seriyasida "Roma"dan omadliroq chiqqani bois g'oliblikni qo'lga kiritgan. Keyingi to'qnashuvlar esa 2001 yilgi ECHL pley-off bosqichining 1/8 finaliga to'g'ri kelgan. O'shanda dastlab Rimda o'tgan o'yinda "Liverpul" ustun kelgan bo'lsa, Mersisayddagi bahsda "Roma" g'alabani ilib ketgan. Ammo yakunda gollar nisbatiga ko'ra keyingi bosqichga "Liverpul" yo'l olgan. Keyingi ular to'qnash kelgan bekat - ECHL guruh bosqichi. 2002 yili bu jamoalar bitta guruhdan o'rin olishgan. SHunda Rimdagi o'yinda nursiz durang qayd etilgan va "Liverpul" o'z uyidagi bellashuvda g'alaba qozongan. Hozircha bu jamoalar ECHLdagi to'qnashuvlari faqat mersisaydliklarning foydasiga hal bo'lgan. "Roma" nafaqat finalga chiqish uchun kurashadi, balki ECHLdagi o'zaro o'yinlardagi noxush seriyaga chek qo'yish uchun ham talashib ko'radi.

SHuningdek, bu jamoalar norasmiy uchrashuvlarda ham oxirgi yillarda uch marotaba duch kelishdi. O'tkazilgan uchta o'rtoqlik bahslarining barchasida "Roma"ning qo'li baland kelgan.

Liverpool

Mohamed Salah - 36', Mohamed Salah - 45', Sadio Mane - 56', Roberto Firmino - 61', Roberto Firmino - 69'

Champions League Final Stage . 1/2-tur

24/04/2018, 23:45

2
:
5
Tugadi

Roma

Edin Dzeko - 81', Diego Perotti - 85'

Stadion: Anfield, 51236 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
18'  Alex Oxlade-Chamberlain (Georginio Wijnaldum)
36'  Mohamed Salah
36'  Roberto Firmino
39'  Trent Alexander-Arnold
45'  Mohamed Salah
45'  Roberto Firmino
56'  Sadio Mane
56'  Mohamed Salah
61'  Roberto Firmino
61'  Mohamed Salah
69'  Roberto Firmino
69'  James Milner
74'  Dejan Lovren
75'  Mohamed Salah (Danny Ings)
85'  James Milner
90'  Roberto Firmino (Ragnar Klavan)
26'  Juan Jesus
46'  Cengiz Under (Patrik Schick)
67'  Daniele De Rossi (Maxime Gonalons)
67'  Juan Jesus (Diego Perotti)
81'  Edin Dzeko
81'  Radja Nainggolan
85'  Diego Perotti
88'  Federico Fazio

"Liverpul": Karius; Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson; Oksleyd-CHemberlen, Xenderson, Milner; Salax, Firmino, Mane
O'ynamaydi: Lallana (jarohat), Matip (jarohat), Emre Djan (jarohat)

"Roma": Alisson; Florenci, Manolas, Fasio, Kolarov; De Rossi, Strootman, Nainggolan; Perotti, Jeko, Djengiz Yunder
O'ynamaydi: Karsdorp (jarohat), Defrel (jarohat)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика