So’nggi yangiliklar

16:05Олег Зотеев: "Иложи борича тезроқ қайтиб, "Андижон"га ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 15:40Маркиньос биринчи марта EЧЛда ғолиб чиқди ва элит рўйхатдан жой олди. Унда атиги 15 футболчи бор.  0 15:15Қосимовдан Денисовгача: Россияда зафар қучган ўзбекистонлик футболчилар қаторига Файзуллаев ҳам қўшилди  2 14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  5 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  8 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   2 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  3 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  16 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  6 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4

Angliya Liga Kubogi. "Siti" "Old Trafford"da finalni deyarli hal qildi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. "Siti" "Old Trafford"da finalni deyarli hal qildi

Angliya Liga kubogining yarim finali doirasida "Manchester Yunayted" birinchi uchrashuvda hamshahari "Manchester Siti"ni qabul qildi.

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 1:3

"Old Trafford"

Gol: Bernardu Silva (17), Maxrez (33), Pereyra (38-avtogol), Reshford (70).

"Manchester Yunayted" - De Xea, van Bissaka, Jons, Lindelof, Uilyams, Fred, Pereyra, Jeyms (Gomes, 64), Lingard (Matich, 46), Reshford (s), Grinvud (Marsyal, 81).

"Manchester Siti" - Bravo, Uolker, Otamendi, Fernandino (s), Mendi, Rodrigo, Gundogan, Maxrez (Foden, 86), De Bryuyne (Jezus, 80), Bernardu Silva, Sterling.

Ogohlantirish: Lingard (35), Fred (52), Rodrigo (63), Uilyams (73).

Manchester United

Marcus Rashford - 70'

EFL Cup . 1/2-tur

08/01/2020, 01:00

3
:
1
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 17', Riyad Mahrez - 33', Andreas Pereira - 39'

Stadion: Old Trafford, 69023 tomoshabin

45'
90'
35'  Jesse Lingard
46'  Jesse Lingard (Nemanja Matic)
52'  Fred
64'  Daniel James (Angel Gomes)
70'  Marcus Rashford
70'  Mason Greenwood
73'  Brandon Williams
81'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
17'  Bernardo Silva
17'  Kyle Walker
33'  Riyad Mahrez
33'  Bernardo Silva
39'  Andreas Pereira
63'  Rodri
80'  Kevin De Bruyne (Gabriel Jesus)
82'  Kyle Walker
86'  Riyad Mahrez (Phil Foden)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Siti" Angliya Liga Kubogi finalini "Old Trafford"dayoq hal qildi. Jamoalar ushbu oyning oxirida javob o'yinini o'tkazishadi.

90+1. Yo'q, Matichning effekti bu. MYUning himoyadagi ishi 2-bo'limda anchagina o'nglangani sezildi. Biroq endi kech.

3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Uxxxxx!!!! Sal qoldi!!!! Reshfordning zarbasidan keyin Bravo to'pni qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'p burchakka chiqib ketdi.

87. MYU ikkinchi bo'limda o'yin tempini, "Siti"ning hujumlar yomg'irini pasaytira oldi. Bir tomondan "Siti"ning o'zi ham hujumga o'tishni istamadi. Jamoa barchasini birinchi bo'limdayoq hal qilib qo'ydi.

85. MYUda muammo ustiga muammo. Fil Jons maydonda oqsoqlanib yuribdi.

81. Grinvud o'rniga Marsyal maydonga tushdi. Sulsher hali ham kambekka ishonmoqda.

78. Lindeof bilan to'qnashgan De Bryuyne erga yiqildi-yu, qimirlamadi. Bosh hakam Mayk Din xushtak chalganida barcha baqirib yubordi. Biroq rostdan ham De Bryuyne qattiq jarohatlandi. Odamni muzlatib yubordi.

70. GOOOOOOLLLL!!!! "Siti" avvaliga Maxrezning zarbasidan keyin hisobni 0:4ga etkazishi mumkin edi. De Xea daxshatli seyvi bilan jamoasi joniga oro kirdi. Keyinchalik tezkor qarshi hujumga o'tib ketgan MYU Reshfordning golidan keyin hisobni bittaga qisqartirdi!!! 1:3!!!

64. Reshford taxminan 20 metrlardan jarima zarbasidan zarba berdi. Noaniq. Umuman olganda bu chapaqay futbolchining nuqtasi bo'lgandi.

61. Yoki Matichning effektiga ham yo'ysak bo'ladi. MYU himoyadan biroz chiqdi va mudofaadagi o'yin biroz tartibga tushdi. Baribir tajribani o'ldirib bo'lmaydi.

60. Gvardiolaning bir uslubini yaxshi ko'raman. Raqiblarni ayaydi. U tanaffusda futbolchilariga boshqa gol kerak emasligini aytgan bo'lsa ajab emas.

55. Ko'pchilik Maguayrning MYU darajasida emasligini gapirmoqda. Usiz MYUning himoyasi provaldan ham battar bo'lib ketishini ko'ryapmiz. Rostdan ham, MakTominey, Maguayr kabi futbolchilar MYU uchun katta yo'qotishligi sezilmoqda.

50. Yoki Sterling o'zi gol urishni istamayapti, yoki uning omadi kelmayapti... Uning qulay vaziyatda yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

47. Ikkinchi bo'limning boshida "Yunayted" o'zining tiki-takasi bilan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. Uilyamsning zarbasini ushlab olish esa Bravoga qiyinchilik tug'dirmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Matich maydonga tushdi. Lingard maydonda ko'rinmayapti. To'g'ri topibman)

SHunchaki, MYUning bugungi holatiga achinish va "Siti"ning o'yinidan zavq olish kerak. Birinchi bo'lim shuni ko'rsatdiki, "Siti" haqiqatdan ham MYUdan bir bosh ustun.

1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Aytgancha, o'yinni ko'rgani Ueyn Runi va Rayan Giggz kabi MYUning sobiq afsonalari ham kelishgan. Umid qilamizki, ularning butsalari ham yonida)

44. "Siti" jentelmenlarcha ko'p gol urishni istamayapti. Ushbu daqiqada ham Sterling MYUni ikkinchi bor shunchaki kechirib yubordi.

43. "Siti" istaganicha hujum qilmoqda. Ushbu daqiqada eslab qoling, Sterling MYUni kechirdi! Qanotdan oshirilgan to'pga u aniq zarba bera olmadi.

41. Daxshat seyv de Xeadan!!! Bernarduning 2 metrdan yo'llagan zarbasini ispaniyalik qaytardi. Bu pallada hakamlar offsayd qayd etgandi. Ammo offsayd yo'q edi. Agarda gol bo'lganida VAR gol borligini malum qilardi.

38. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! MYUning proval himoyasi har tomonlama pand berdi. De Bryuynening zarbasini De Xea qaytargandi. Qaytgan to'p esa Pereyraga tegib, darvozaga kirib ketdi, 0:3!!!

36-daqiqaga kelib, MYU raqib darvozasi tomon ilk xavfli yurishini amalga oshirdi. Grinvudning zarbasi noaniq ketdi.

35. MYU 10 kishi bo'lib o'ynayapti. Lingard ayni damda "Siti" uchun qayg'urmoqda.

34. Qiziq statistika - aniq zarbalar: 0-2, hisob 0-2. Seyvlarsiz o'yin bo'lmoqda.

33. GOOOOOOOOOLLLL!!! Maxrez himoyachilar va darvozabonni ortda qoldirgan holda ikkinchi golni urdi.

32. "Yunayted" har jabhada "Siti"dan ortda. Jamoa hattoki burchakdan ham darvoza tomon zarba yo'llay olmayapti. Standartlar hozircha "Siti" tarafida bo'lmoqda.

28. "Siti" juda ko'p pas o'ynayapti. Asta-sekinlik bilan pozicion hujumga o'tishga urinmoqda. Biroq "Yunayted" himoyasi hozircha pand berganicha yo'q.

26. "Yunayted" zo'r hujum tashkil qilayotgandi. Biroq Lingard yana bir bor hujumni buzdi. O'zi u kimga o'ynayapti? "Siti" yoki "Yunayted"?

25. Zarbaaaaaaa!!! Yana zarbaaaaaa!!!! Uokerning qanotdan uzatib bergan to'piga Sterling bir emas, ikki bora zarba berdi. Ikki zarbaga ham Lindelof o'zini qalqon qildi.

24. Menimcha, MYU ushbu mavsumda o'zining eng yomon 25 daqiqaligini o'tkazdi(

23. Gol muallifi Bernardu Silva boshi bilan Fil Jonsga borib urildi. Og'riqli zarba bo'ldi.

21. Maxrez avvaliga Fredni keyin esa Jonsni aldadi va zarba berdi. To'pni himoyachilar qaytarishdi.

20. "Siti" o'zining vajohatli o'yinini boshlamoqda. "Etixad"da jamoa yaxshigina "kaltaklangandi".

17. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Bernardu Silva o'zining daxshatli zarbasi bilan De Xea darvozasini ishg'ol qildi! 0:1!

13. Endi esa taxminan 3 daqiqa mobaynida zerikarli o'yin tomosha qilyapmiz. "Siti" to'p bilan, o'zi ham hujumga o'tmayapti, raqibga ham hujumga imkoniyat bermayapti.

10. Sterling MYU jarima maydonchasida paydo bo'ldi. Ko'p o'yladi, to'pni ushlab turdi va Lindelof yosh boladan xo'rozqandini olib qo'ygandek to'pni olib qo'ydi.

8. MYUning dastlabki hujumi! Grinvudning pasidan keyin "Yunayted" hujumchisi Reshford "Siti" uslubida qanotdan kirib bordi va to'pni erlatib darvoza yaqiniga uzatdi. Fernandino bu pallada markaziy himoyachi o'rnida paydo bo'ldi.

7. "Siti" burchak to'pini amalga oshirdi. To'pni himoyachilar qaytarishdi. Umuman olganda dastlabki daqiqalarda "shaharliklar" keng maydon bo'ylab hujumlar tashkil qilishmoqda.

6. Lingard ikki marta noaniq pas berdi. (Unga moviy rang libos kiydirib qo'ysa ham bo'larkan)

5. Jeyms o'zining o'ng qanotidan hujumga o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. To'pni Otamendi qaytardi.

3. "Siti" hujumga o'tdi. Kevin de Bryuyne esa MYU jarima maydonchasida to'pni Uilyamsga oldirib qo'ydi.

2. Qayd etish kerak, uchrashuvda Fil Jons va Nikolas Otamendi asosiy tarkibdan o'ynamoqda. Ikki himoyachi ham jamoaning muxlislariga unchalik xush kelishmaydi.

1. Uchrashuvni "Manchester Siti" boshlab berdi.

- Qayd etish kerak, bugun Markus Reshford "Manchester Yunayted" sardori sifatida maydonga tushgan. U jamoa tarkibida 199-uchrashuvini o'tkazadi. Xarri Maguayr esa kichik jarohati sababli uchrashuvda qatnashmaydi.

- Bugungi uchrashuv o'zbek telekanallari orqali olib bermasligini va o'yinga bo'lgan qiziqishning kattaligini inobatga olib, matnli translyaciya qilishga qaror qildik.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bizni qaynoq tun kutmoqda. Ayni damda "Old Trafford" stadioni bir kichik shaharning ikki katta jamoasini hamda 76 ming muxlisni o'z bag'riga olgan. Oz fursatlardan keyin "Orzular teatri" Manchester derbisining nuqtasiga aylanadi, huddi zilzilaning epicentri kabi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика