So’nggi yangiliklar

00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция - Бельгия  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  1 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  6 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  10 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  3

Yaralangan jamoalar to'qnashuvi, voleybolchi Kasminin, bahsni bezagan to'rtta gol yoxud dramatik kechgan "Turon" - "Lokomotiv" o'yini haqida Yangiliklar

Yaralangan jamoalar to'qnashuvi, voleybolchi Kasminin, bahsni bezagan to'rtta gol yoxud dramatik kechgan "Turon" - "Lokomotiv" o'yini haqida

Teglar :  LokomotivTuron
Kechadan Superliganing uchinchi turiga start berildi. Turni esa Yaypanda "Turon" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlab berdi.

O'yingacha...

Odatda futbol jamoatchiligi orasida qolaversa o'zimiz ham biror uchrashuv oldidan jamoalarning imkoniyatini chamalab chiqamiz, to'g'rimi? Bunda kimdir bu jamoaga yon bossa, yana kimdir boshqa klubning imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Lekin biz hikoya qilayotgan "Turon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldin aniq taxmin bildirish mushkul edi. Keling so'zimizga isbot sifatida quyidagi faktlarni keltirib o'tsam: Ikki jamoa bunga qadar ikki turda ham raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ygan, joriy mavsumda hali ochko ishlashni uddasidan chiqa olishmagandi. "Turon" dastlab o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga (1:2), so'ng safarda "So'g'diyona"ga (0:1) mag'lubiyatga uchradi. Xuddi shunday holat "Lokomotiv"da ham hukmron edi. Mikael Sekeyra shogirdlari ilk turda Olmaliqda AGMKga (1:2), uyda esa "Navbahor"ga (1:2). To'plar nisbatida ham deyarli katta faqr yo'q ekanligini ko'rishimiz mumkin edi. Yani poytaxt klubi ikkita gol urib, to'rtta gol olib chiqqan bo'lsa (2-4, -2), yaypanliklar bitta gol urib uchta to'p o'tkazib yuborishgandi (1-3, -2). Ikkinchidan bu jamoalar shu kunga qadar biror marotaba ham o'zaro to'qnash kelishmagan. Demak, bu o'yin tarixdagi birinchisi bo'ldi. Uchinchidan "Turon" Superligada ilk bor ishtirok etayotgan bo'lsa, "Lokomotiv" yangi murabbiy qo'l ostida deyarli barchasini yangitdan boshlamoqda. SHunday ekan oldindan bu o'yinning natijasini va uchrashuvning qanday kechishini aytish qiyin edi. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng ikki jamoaga ham g'alaba zarurligi futbolchilarga maydonda ikki hissa kuch bilan o'ynashlarini talab qilardi.




"Turon"ning ikki goliga, bitta to'p bilan javob bergan "Lokomotiv"

Uchrashuvdagi birinchi gol "O'zbekiston" o'yingohiga tashrif buyurgan ko'p sonli muxlislarni uzoq kuttirmadi. Ilk daqiqalardan to'p nazoratini qo'liga olgan "Turon" jamoasi azolari 5-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. CHap qanotdan yorib kirgan Bilol Toshmirzaev jarima maydonchasiga kirib borayotgan Dayan Ponevichga to'pni uzatdi. Serbiyalik futbolchi bir yo'la raqibning uchta himoyachisini aldadi va darvozani ishg'ol qildi. Bu gol Ponevichning chempionatimizdagi va umuman "Turon"dagi ilk goli hisoblanadi. Oradan ko'p o'tmasdan maydon egalari mehmonlar darvozasiga ikkinchi to'pni ham kiritishdi. O'ng qanotdan yuqorilatib uzatilgan to'pni bo'ydor himoyachi Vladislav Kasminin boshi bilan darvozaga yo'lladi. Futbolchi gol urib muxlislarga quvonch ulashdi-yu, biroq...Mayli bu haqida keyinroq. Ushbu ikki gol "Lokomotiv"ning rejalarini o'zgartirib yuborishi kutilgandi. Ammo Mikael Sekeyra shogirdlari o'zlarini yo'qotib qo'ymasdan to'p tepishda davom etishdi. 16-daqiqada Javohir Sidiqov o'zining sevimli uslubida raqib jarima maydonchasiga yaqin xududda mohirona zarba yo'lladi. To'p esa Islom Abdullaev qo'riqlayotgan darvozaning to'ridan joy oldi. O'tgan mavsumlarda jarohat sabab "Paxtakor"ning zaxirasida qolib ketgan Sidiqovning yana gollar urayotgani kishini xursand qiladi. Qiyin vaziyatdan chiqib ketishga urinayotgan mehmonlar birinchi bo'limning o'zidayoq hisobdagi muvozanatni tiklashlari mumkin edi. Birinchi bo'lim oxirlariga kelib yani 40-daqiqada Sidiqovning burchakdan uzatgan to'pini Kaxi Maxaradze boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p esa ustun va ustun kesishgan joyga tegib qaytdi. Ochig'ini aytganda "Turon" ikkinchi goldan so'ng tashabbusni raqibga topshirishi o'z darvozasi oldida keskin vaziyatlarning ortishiga olib keldi.



Volleybolchi Kasminin va ikkinchi bo'lim


"Turon" jamoasi tanaffusdan so'ng xuddi birinchi bo'limda bo'lgani kabi dastlabki soniyalardan tashabbusni qo'lga olishdi. Bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Xususan, Muzaffar Muzzafarov, ganalik hujumchi Kvame Karikarida juda qulay imkoniyatlar bo'ldi. 63-daqiqadan boshlab "Lokomotiv" sof ikkita hujumchi taktikasiga o'tishdi. Yani Sekeyra Dilshod Komilovni o'rniga Marat Bikmaevni maydonga tushirdi. Natijada hujum markazida Temurxo'ja Abduxoliqov va Marat Bikmaev tandemi hosil bo'ldi. "Turon"da esa Bilol Toshmirzaev va Sinisha Babich o'rniga Abdulazizxon Abdurashidov hamda Fozil Musaev tushdi. Bir tomondan olib qaralganda mezbonlar g'alabaga yaqin kelishayotgandi. Lekin barchasini 67-daqiqada Vladislav Kasminin o'zgartirib yubordi. Futbolchi "Lokomotiv"ning qanotdan yuqorilatib uzatgan to'pni qo'li bilan qaytardi. Gapning ochig'i proffessional futbolchi o'z jarima maydonchasi ichida bunday yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'yishi mumkinmi?

Ushbu vaziyatga o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilov mazkur holatga o'ta bosiqlik bilan javob qaytardi: "Bunday holat hammada muxlislar qarshisida, bosim ostida yuzaga kelishi mumkin. Buni insoniy faktori desak ham bo'ladi. Hech kimni aybdor qilmaymiz. Tahlil qilamiz, tushuntiramiz".



O'xshashlikni qarang o'tgan turda Serazitdinov boshga tekkan to'pni qo'li bilan o'ynadi deb penalti belgilagandi. Bu safar esa "Turon" futbolchisi chindan ham to'pni qo'li bilan o'ynadi va Ilgiz Tantashev ikkilanmay o'n bir metrlik nuqtaga ishora qildi. Ushbu vaziyatni VAR ham ko'rib chiqishi shart emasdi. SHu kuni o'yin davomida deyarli VAR tizimiga ehtiyoj sezilmadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi maydonda haqiqiy futbol va jang bo'ldi. Kasminin esa ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Temurxo'ja Abduxoliqov esa penaltini bexato amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi. Bizni hayron qoldirgan jihat bir kishi ko'p bo'lib qolgan "Lokomotiv" bosimni oshirishi o'rniga ko'proq himoyalanishiga majbur bo'ldi. Maydon egalari esa yanada oldinga o'tishga va turli kombinaciyalar orqali hujumlar tashki qilishga harakat qilishdi. Kvame Karikarining o'zida ikki bor golli vaziyat yuzaga keldi, ammo qanot hakami uning o'yindan tashqari holatda qolib ketganini bildirdi. SHu tariqa jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi va mavsumdagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishdi.

Raqamlar so'zlaganda
Demak to'p nazoratidagi ustunlik "Lokomotiv" tomonida bo'ldi 35% - 65%
Zarbalar: 8 - 7
Aniq zarbalar: 3 - 5
Burchak zarbalari: 5 - 4
Kartochkalar: 1ta qizil, 4ta sariq - 2ta sariq

Navbatdagi turda 3 aprel kuni "Turon" Qarshiga "Nasaf" maydoniga safar qilsa, "Lokomotiv" o'z uyida "Qizilqum"ni mehmon qiladi.


Abdulaziz Iskandarov






Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика