So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

"Yaqinroq bo'ling" shiori ostida o'tgan xayriya musobaqasi haqida Yangiliklar

"Yaqinroq bo'ling" shiori ostida o'tgan xayriya musobaqasi haqida

Teglar :  Yaqinroq bo'ling
O'tgan shanba kuni Toshkentda xayriya musobaqasi bo'lib o'tdi.

29 sentyabr kuni Toshkentda "Stan Blije" ("Yaqinroq bo'ling") va "Vremya CHudes" ("Mo'jizalar davri") tashabbuskor guruhlari "MUSTANG" AYOQSH hamda O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" hamkorligida Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylari hamda maktab-internat tarbiyalanuvchilari o'rtasida xayriya futbol musobaqasi o'tkazildi. Ushbu tadbirning bosh maqsadi Respublika yoshlari o'rtasida sportni ommalashtirish va har bir inson bolalarga mehr ulasha olishini isbotlash. "Stan blije" ("Yaqinroq bo'ling") shiori ostida o'tgan xayriya musobaqasida Toshkent hamda Toshkent viloyatida joylashgan mehribonlik uylari va maktab-internatlari tarbiyalanuvchilaridan iborat 10ta jamoa qatnashdi.



Etiborlisi ushbu xayriya tadbiriga mehmon sifatida "Lokomotiv" klubi deyarli to'liq tarkib bilan tashrif buyurdi. Ular orasida bosh murabbiy Andrey Fyodorov, murabbiy Timur Kapadze, futbolchilar Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev, Igor Yelich, Sardor Rashidov, Sardor Mirzaev bor edi. Bundan tashqari AGMK azolari Lutfulla To'raev hamda Kamoliddin Murzoev ham tadbirga tashrif buyurib bolajonlarga quvonch ulashishdi. 



 


"Bunday tadbirni o'tkazgan tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. CHunki mehribonlik uyi va maktab-internat bolalari o'rtasidagi mana shunday xayriya musobaqalari ularni doim xursand qiladi. Bolakaylar o'zlarini yolg'iz his qilishmaydi. Bayramona tarzda o'tkazilgan musobaqani ko'rgan har bir inson albatta quvonadi. Xabaringiz bor, may oyida O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon chempioni bo'lib qaytdi. Ular bilan barchamiz faxrlanamiz. Bugungidek xayriya musobaqalari orqali mana shu terma jamoamizga yangidan-yangi futbolchilar etishib chiqishi mumkin. Bizning yoshligimizda hozirgidek sharoitlar yo'q edi. Biz asosan asfalt yoki tuproqda to'p tepardik. Bugungi kun yoshlarida esa qarang qanday sharoitlar muhayyo qilingan. Ularni ko'rib odamning havasi keladi. Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha qarorlar chiqmoqda. Mana shunday xayriya turnirlari orqali o'g'il-qizlarimiz o'rtasida futbolni ommalashtirishga xizmat qiladi. "Lokomotiv" futbol klubi bolalar o'rtasidagi har qanday musobaqani qo'llab-quvvatlaydi va bajonidil unda ishtirok etadi", - deydi Timur Kapadze.



Jamoalar 3ta maydonda o'zaro o'yinlar o'tkazishdi. Aytish mumkinki hech bir jamoa raqibga yutqazishni istamadi va maydonda haqiqiy jang kechdi. Har bir goldan so'ng bolalarning baqirishlari albatta yuraklarni junbushga keltirib yubordi. Biroq o'yin tugashi bilan maydondagi raqiblar darhol do'stga aylanishardi.

Tushlik paytida dasturxonga bayram oshi tortildi. Homiylar tomonidan taqdim etilgan eguliklar, ichimliklar ham musobaqa ishtirokchilariga taqdim etib borildi. "Lokomotiv" va AGMK klubi futbolchilari bolalar bilan suratga tushishdi, dastxat ulashishdi. Kichkina bolakaylar o'z kumirlarini ko'rib qanchalik xursand bo'lishganini so'z bilan tariflab berish qiyin. Bolajonlarni baxtli qilish uchun ko'p narsa kerak emasligi aynan shu kuni o'z isbotini topdi.

Tanaffus vaqtida taniqli fokuschi Dmitriy Polyakov bolalarga o'z chiqishlarini namoyish qildi. Musobaqa so'nggida homiylar tomonidan har bir ishtirokchi jamoa azolariga medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Bir so'z bilan aytganda birinchi bor o'tkazilgan xayriya musobaqa ajoyib tarzda o'z yakuniga etdi.

"Tadbir juda ko'taringki kayfiyatda o'tdi. Ayniqsa taqdirlash marosimi vaqtida bolalarning xursandchiligini ko'rib yoshlik davrlar esimga tushdi. Tashkilotchilar juda ham ko'p mehnat qilishgani ko'rinib turibdi. Bironta bola beetibor qolgan yo'q. Mana shunday tadbirlar ko'p bo'lishini istardim. Tashkilotchilarga takliflari uchun katta ramat aytaman. Ular bilan kelgusida ham shunday xayriya musobaqalari o'tkazish bo'yicha kelishib ham oldik", - deydi AGMK futbolchisi Kamoliddin Murzoev.




"Bu musobaqani o'tkazish fikri o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. Yoz fasli boshlarida bizga mana shu g'oya kelgandi. Bolajonlarga quvonch ulashish, ularga ko'proq vaqt ajratish maqsadida "Mo'jizalar davri" harakati boshlig'i Laziz aka bilan maslahatlashib bir qarorga kelgandik. Bugungi xayriya tadbirining bosh homiysi "Mustang" AYOQSH rahbari Komil Islomov futbolni sevadigan kam sonli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U kishiga barchaning nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman. Bundan tashqari "Koleso" brendi asoschisi Alisher Mirxojaevga ham rahmat aytaman.

Tadbir tashkilotchilaridan biri bo'lgan sobiq futbolchi Pavel Solominga ham minnatdorchilik bildiraman. Aynan uning say-harakatlari bilan taniqli futbolchilar bugun kelib bolakaylarga master-klass o'tishdi.

Bir narsani takidlab o'taman. Ushbu g'oyani kimga aytgan bo'lsak ham, deyarli barcha 15 daqiqa ichidayoq musobaqada ishtirok etishga tayyorliklarini malum qilishdi. Bu nimadan dalolat beradi? Biz bolajon xalqimiz va ular uchun borimiz berishga tayyormiz.

"Stan blije" ("Yaqinroq bo'ling") shior ostida mehrga muhtoj bo'lgan bolalarni xursand qilish va sport bilan shug'ullanishlarini taminlab berishga harakat qildik. Bugungi tadbirimizga o'z xissasini qo'shgan barcha-barchaga katta rahmat aytaman", - deydi tadbir bosh tashkilotchisi Javlonbek Safarov.  



Narzulla Saydullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика