Yaqindagina "Milan" bilan xayrlashgan futbolchining yangi klubi malum
26 iyu 2019 16:45
Yangiliklar


Yaqindagina "Milan" bilan xayrlashgan futbolchining yangi klubi malum
"Milan" himoyachisi Kristian Sapata kelasi mavsumda qaysi klub sharafini himoya qilishini aytib o'tdi.
"Men "Jenoa" libosini kiyishdan baxtiyorman. Barcha muxlislarni quchib qolaman. Vamos, "Jenoa", - deydi 32 yoshli kolumbiyalik futbolchi.
SHunday ekan, "Udineze" va "Vilyarreal" sobiq o'yinchisi faoliyatini "Jenoa"da davom ettiradigan bo'ldi. Bitim shartlari hozircha oshkor etilmayapti.
Sapata A Seriyada 13ta o'yin o'tkazgan va 4ta sariq kartochka olgan.
Sapata 2007 yildan buyon Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar