Yaqinda Islom dinini qabul qilgan "Arsenal" futbolchisi to'ydan keyin ismini o'zgartirdi
09 iyu 2022 21:15
Yangiliklar


Yaqinda Islom dinini qabul qilgan "Arsenal" futbolchisi to'ydan keyin ismini o'zgartirdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti marokashlik Sara Bellaga uylanganidan keyin ismini o'zgartirishga qaror qildi.
"Daily Mail" nashrining yozishicha, bunga 2022 yil boshida Partining Islom dinini qabul qilgani sabab bo'lgan.
28 yoshli yarim himoyachi to'ydan so'ng Yakubu ismini oldi. SHunga qaramay, futbolchi o'z klubida oldingi ismi yozilgan libosda o'ynashda davom etadi.
Parti 2020 yilda "Atletiko Madrid"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Yarim himoyachi o'tgan mavsumda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar