Yaqin ikki sutka ichida Fergyusonning holatiga baho beriladi
07 may 2018 19:37
Yangiliklar


Yaqin ikki sutka ichida Fergyusonning holatiga baho beriladi
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Manchesterdagi shifoxonada barqaror holatda bo'lib turibdi.
5 may kuni shotlandiyalik mutaxassis miyasiga qon quyilishidan so'ng muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, yaqin 48 soat ichida qon quyilishining tasirlariga baho beriladi va Fergyusonning sog'ayishi borasida shifokorlar aniqlik kiritishadi. Bir oy ichida esa qon quyilishining natijalari xabar qilinadi.
Fergyuson 1986-2013 yillarda "Manchester Yunayted"ni boshqargan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar