Yaponlar bilan to'la media markaz
20 jan 2015 11:54
Yangiliklar


Yaponlar bilan to'la media markaz
Yana bir necha soatlardan so'ng Yaponiya terma jamoasi Melburn stadionida Iordaniyaga qarshi maydonga chiqadi.
Mazkur uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarishidan xabaringiz bor. O'yinni ahamiyati biz uchun ham muhim.
Media markaz allaqachon yaponiyalik jurnalistlar bilan to'lib bo'lgan. Ularning soni taxminan 150 kishini tashkil etadi. Turli gazeta, sayt va sport kanallaridan muxbirlar javlon urib ishlayaptilar.
OFK media vakillari, ular uchun chipta etkaza olmay xunobda. Stadionni media markazi 120 kishiga mo'ljallangan, ammo uni yoritishni istayotganlar soni ikki karra ko'p. Fotomuxbirlar uchun biroz osonroq, chamasi 160ga yaqin joy.
Hozircha Murod aka Rizaev va men o'yinga chipta oldik. Agar omadlari kelsa, qolgan hamkasblarimiz ham o'yinni media tribunadan ko'radilar.
CHiptaga masullar, qaerdan chipta olishni bilmay hayronlar...
Allaqachon chiptani qo'lga kiritib, o'yin boshlanishini kutayotgan baxtli insonlar...
Hamma ish bilan band...
Ichimlik burchagi. Kofe, choy deganlaridek... Bugun suv qaynashga ulgurmayapti...
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar