So’nggi yangiliklar

09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  0 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  0 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  3 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4

Yaponiyalik jurnalist: "Menimcha, Osiyo Kubogini bu safar G'arb jamoasi yutadi" Yangiliklar

Yaponiyalik jurnalist: "Menimcha, Osiyo Kubogini bu safar G'arb jamoasi yutadi"

Kecha bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2019 qura tashlash marosimida bir qator OAV xodimlari ham ishtirok etdi.

SHulardan biri Yaponiyaning "Asahi TV" muxbiri Yota Nagaxata. Malumki, O'zbekiston terma jamoasi "F" guruhida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. SHu bois yapon jurnalistining fikrlari biz uchun qiziq bo'ldi.

- "Qura yaxshi o'tdi. Barcha guruhlar teng deb o'ylayman. Albatta, meni birinchi navbatda Yaponiyaning qaysi guruhga tushishi qiziqtirdi. Guruhimiz yaxshi ko'rinish oldi, birinchi-ikkinchi o'rinlar uchun O'zbekiston va Yaponiya kurashadi. Yaponiya turnir g'olibligini qo'lga kirita oladimi? Bir narsa deyish qiyin, chunki bizning terma jamoada o'ynayotgan ko'p futbolchilarning yoshi katta va ularning aksariyati Jahon chempionatidan keyin faoliyatini tugatsa kerak. Keyin esa yoshlardan yangi jamoa tuzish kerak bo'ladi".

- "O'zbekiston o'ziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoaga qarshi o'ynash biz uchun ham qiziq bo'ladi. Menimcha, bu safar Osiyo Kubogini G'arb vakili yutsa kerak. Taxminim BAA yoki Saudiya Arabistoni. Balki Eron bo'lishi mumkin. CHunki musobaqa G'arbda o'tkaziladi va etibor ham ko'proq g'arbliklar tomoniga bo'ladi. Yaponiya terma jamoasini hozir mahalliy murabbiy mundialga tayyorlamoqda. U aslida murabbiy emas, balki menejer sifatida bilamiz. Lekin federaciya shu qarorga kelib terma jamoaga tayinladi. Vohid Xalilxodjich yaxshi ish olib borayotgandi, biroq u oxirgi paytlarda futbolchilar hamda federaciya rahbarlari bilan janjallashadigan bo'lib qolgandi. SHu bois tezda istefoga chiqarildi".

X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика