Yaponiyada maktab o'quvchilari turniriga 50 ming muxlis tashrif buyurdi
10 jan 2017 14:47
Yangiliklar
Yaponiyada maktab o'quvchilari turniriga 50 ming muxlis tashrif buyurdi
Har yili Yaponiya maktablarining katta sinf o'quvchilari o'rtasida futbol musobaqalari o'tkaziladi.
Bir necha yildan beri Osiyo futbolini yoritib kelayotgan avstriyalik jurnalist Skott MakIntayr 9 yanvar kuni katta sinflar o'rtasida o'tkaziladigan liga o'yinini tomosha qilish uchun "Saitama" stadioniga tashrif buyurdi. Arena o'z bag'riga 63,700 muxlisni sig'dira oladi. "Aomori" va "Maebashi" o'rtasidagi o'yinni tomosha qilish uchun 50 ming ishqiboz stadionga keldi. Bu haqda jurnalist o'zining "Tvitter"dagi akkaunti orqali elon qildi.
Fikrlar