So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  1 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  0 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  6 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  48 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0

Yaponiya U-23 terma jamoasi o'zi qanday o'ynaydi: tezkor futbol, ishonchli darvozabon va yuqori realizaciya Yangiliklar

Yaponiya U-23 terma jamoasi o'zi qanday o'ynaydi: tezkor futbol, ishonchli darvozabon va yuqori realizaciya

O'zbekiston termasining Osiyo Kubogi U-23 yarim finalidagi raqibini o'rganib chiqamiz.

Bugun, 15 iyun kuni O'zbekiston termasi Osiyo Kubogi U-23 yarim final bosqichida Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Muhim bahs oldidan "Championat.Asia" jurnalisti Nikolay Egorichev o'quvchilar uchun yaponlarning o'yinini tahlil qildi.

Himoya
Yaponiya turnirning 4 uchrashuvida 1ta gol o'tkazib yubordi. Bu esa yaponlar o'z darvozasi yonida sifatli o'yin ko'rsatishidan dalolat beradi. InStat malumotlariga ko'ra, Yaponiya jamoasi raqiblarining xG ko'rsatkichi (ehtimoliy gollar) atigi 1,78ni tashkil qildi. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak, yaponlarning raqiblari deyarli vaziyat yaratmagan. Faqatgina umuman gol o'tkazmay, yarim finalga chiqqan Saudiya Arabistoni ulardan yaxshi ko'rsatkich (1,1) qayd etgan. Yaponiya termasi havodagi yutilgan kurashlar (56%) va himoyalanishda ustun kelgan epizodlar soni (58%) bo'yicha turnirning eng yaxshi jamoalari qatoriga kiradi. Bu raqamlarda — Anri CHasening hissasi katta. Himoyachi yaqinda 18 yoshga to'lganiga qaramay, allaqachon aqlli o'yin namoyish etmoqda. CHasening onasi Yaponiyadan, otasi esa amerikalik. Anri yaqinda "SHtutgart"ga o'tdi va u erning ikkinchi jamoasi sharafini himoya qilmoqda.




Hujumga o'tish
Yaponiya termasi hujumlarini ko'pincha CHase boshlaydi. U birinchi uzatmani yaxshi amalga oshiradi. Umuman olganda, yaponlar "vertikal futbol" o'ynaydi, yani raqib jarima maydoniga to'pni imkon qadar tez olib borishga harakat qilishadi. Ammo bu bor kuchi bilan to'pni oldinga tepib yuboradi degani ems. Bo'sh zona izlash borasida Yaponiya termasiga teng keladigani yo'q desak, mubolag'a bo'lmaydi. Yaponlar raqib himoyasini maydon markaziga yaqin hududgacha chiqishga majbur qilishadi.

Bundan keyin bo'sh zonaga "ochilish" va o'sha futbolchiga keskinlashtiruvchi uzatma amalga oshiriladi. Yaponiya termasi to'pni bekorga va shunchaki olib yuradigan jamoalardan emas. Osiyo Kubogi U-23 musobaqasida yaponiyaliklar 1459ta uzatma berishgan, bu o'rtacha ko'rsatkich. Bu borada Avstraliya (1984), Janubiy Koreya (1899) va O'zbekiston (1885) etakchi sanaladi. Yaponiyaga qarshi "yuqori pressing"da o'ynashning deyarli iloji yo'q. O'zbekiston termasi himoyachilari juda yuqoriga o'tib ketmasliklari zarur. Aks holda, yaponlar bo'sh zonaga ega bo'lib, tezkor qarshi hujumga o'tishlari ehtimoldan holi emas.




Hujum
Yaponlarning hujum guruhi o'yinchilari juda tezkor. SHu bilan birga, ular kamdan-kam hollarda aldamchi harakatlar amalga oshiradilar — bor yo'g'i 66 urinish (54%i muvaffaqiyatli) — bu turnirdagi barcha jamoalar orasida eng yomon ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yaponiya termasi paslar va jamoaviy o'zaro harakatlar bilan to'pni o'yinga kiritishga urinishadi. Yaponlar deyarli havodan pas bermay, kombinaciyani erdan amalga oshirishadi.

Yaponiya termasi maydonning raqib tomonidagi uchdan biriga 123 marta etib borgan. O'zbekiston terma jamoasida esa bu ko'rsatkich — 199tani tashkil etadi. Raqib jarima maydonchasiga yorib kirish yaponlarda — 40ta. O'zbekistonda bunaqasi 68 marta yuz bergan. SHuning uchun, xG ko'rsatkichi past (ehtimoliy gollar) — 3,08. SHu bilan birga, yaponlar turnirda 8ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi! Bu o'zaro o'yinda ham muhim rol o'ynaydi.

Jamoa etakchilari

Yuqorida takidlangan Anri CHasedan tashqari, Yaponiya termasida Yuito Suzuki, Joel Fujita va Zayon Suzukini ham alohida qayd etish zarur.




Yuito Suzuki — Osiyo Kubogi U-23 musobaqasining eng yaxshi to'puraridir. Uning hisobida 3 o'yinda 3ta gol bor. Koreyalik CHo Yun Vuk va Tailand hujumchisi Supxanat Mueanta ham shuncha gol urgan. CHorak final bosqichida Suzuki koreyaliklar bilan ko'plab vaziyatlar yaratgan. Gollaridan birini jarima zarbasidan urgan.


VIDEONI KO'RISH



Joel Fujita — markaziy yarim himoyachi. Asosan, tayanch zonada harakatlanadi. U jamoasi o'yinini yaxshi boshqarib, hujumlar ritmi va yo'nalishini tartibga soladi. Himoyada ishonchli o'ynaydi, sovuqqon va maydonni yaxshi ko'ra oladi.




Va nihoyat, Zayon Suzuki. Unda ham Anri CHase kabi amerika qoni bor. Zayon — darvozabon, BAAga qarshi uchrashuvda penaltini qaytargan. SHundan keyin yaponlar oldinga o'tib olib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. U etarli darajada ishonchli posbon, turnirda hozircha qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi.

Zaif jihatlar
Bir qarashda, Yaponiya termasida hech qanday kamchilik yo'qdek tuyuladi. Ammo bunday emas. Har jamoaning kuchsiz tomonlari bo'ladi. Yaponlar ikkinchi qavatdagi o'yini bilan maqtana olmaydi, markaziy himoyachilar bundan mustasno. Osiyo Kubogi U-23da Yaponiya termasi havodagi kurashda 97 marta ishtirok etdi. Taqqoslash uchun, O'zbekistonda havodagi kurashlar soni — 189ta.

"Samuraylar"ning havolatib uzatgan to'plari O'zbekiston uchun ortiqcha muammo tug'dirmasa kerak. Hujumda Yaponiya asosan to'pni erlatib uzatishga, tezkor kombinaciyalar va kesuvchi paslar bilan raqib himoyasini dog'da qoldirishga urinadi.

Asosiysi — yaponlar "o'z futboli"ni o'ynashiga yo'l qo'ymay, har bir qarich er uchun kurash olib borish va bo'sh zona qoldirmaslik lozim. Ana shunda Yaponiya termasi golli vaziyatlar yaratish borasida muammolarga duch kelishi turgan gap. Yaponiyaning unchalik sezilmaydigan kamchiliklaridan biri — haddan tashqari qo'polligidir. Yaponlar turnirda 46ta fol qayd etishdi. Ammo shunday vaziyatda ham 2tagina qizil kartochka olishga muvaffaq bo'lishdi.




Himoya chizig'idagi o'yinga kelsak, yaponlar o'z darvozasiga yaqin nuqtada ishonchli harakat qilishadi. InStat malumotlariga ko'ra, Anri CHase barcha yakkakurashlarning 76%ida ustun kelgan (88% — havodan). Bu vaziyatda o'zbekistonlik futbolchilar to'pni raqib vakilining ortidagi zonaga tashlash orqali hujumga o'tishlari maqsadga muvofiq. To'g'ri ochilish va vaqtida amalga oshirilgan uzatmalar orqali Timur Kapadze shogirdlari ustunlikka ega bo'lishi mumkin.

Ko'rib turganimizdek, Yaponiya termasi — munosib raqib. Yaponlarning o'ziga xos kuchli tomonlari bor va bu ularga Osiyo Kubogi U-23 yarim finaliga chiqish imkonini berdi. Lekin bu jamoani ideal deb bo'lmaydi, albatta. O'zbekiston yoshlar termasi murabbiylik shtabi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi lozim. Bu birinchi navbatda, yaponlarning tezkor hujumini ushlab turish bilan bog'liqdir.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика