So’nggi yangiliklar

13:57Англия топ-клублари "Golden Boy"га даъвогар футболчи учун курашмоқда  0 13:29ЕЧЛ плей-оффида қўшимча таймлардан воз кечилади, дастлабки 8 ўринни эгаллаганлар жавоб учрашувларини уйида қабул қилади  6 12:58Хуммельс "Боруссия"га қайтади ва клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этади  1 12:30"Реал" Анчелотти ўрнига 10 йилда 11 та соврин ютган мураббийни олиб келмоқчи  11 12:06Ўзбекистон U-15 терма жамоаси УЕФА Ривожланиш Кубогида қатнашади  7 11:43Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   24 11:26"Аввал ҳам Жаҳон чемпионатида қатнашганмиз, машиналар берилган. Самолёт олсангиз ҳам оёқ ердан узилмасин" — Равшан Эрматов чемпионларга яна нималар деди?  12 11:19"Криштиану – бутун дунёга ибрат" — Фигу  5 10:54Анчелотти ёзда сотиб олиш керак бўлган тўрт нафар футболчи номини айтди  12 10:25АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди  12 09:56Мората яна А Серияга қайтиши мумкин  0 09:27Sofascore. «Ал Фaйҳа» дуранг ўйнаган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  1 08:58Маркус Рэшфорд қайси жамоага ўтиш нияти борлиги айтилди  2 08:29«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  9 08:00Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган илк клуб аниқ  2

Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go: "Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman" Yangiliklar

Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go: "Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman"

Kecha U-23 Osiyo kubogining 3-tur bahslari yakuniga etdi va unda Yaponiya U-23 Tojikiston U-23 ustidan yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go hamda o'yinning eng yaxshi futbolchisi Daiki Matsuoka ishtirok etishdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz...

- Birinchi va ikkinchi bo'limlarda gol urush uchun juda qulay imkoniyatlar yaratdik. Ammo bu imkoniyatlarning hammasini ham golga aylantira olmadik. Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman.

- Janubiy Koreyaga qarshi qanday o'yin ko'rsatish niyatidasiz? Hujumkor va ochiq futbolmi yoki himoyaviy va ehtiyotkormi?

- Keyingi bosqichdagi raqibimiz Janubiy Koreyaligini hozir sizdan eshitdim. Hozircha 3 kun vaqtimiz bor va bu vaqt ichida biz o'z o'yinimizni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar biz agressiv futbol ko'rsatamiz. Sababi, bu bizning o'yin uslubimiz.

- Tojikiston bilan o'yindan oldin jamoangiz keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilganida, Tojikiston jamoasiga o'ynashga imkoniyat berarmidingiz?

- Biz keyingi bosqichga chiqish chiqmasligimizdan qatiy nazar biz hujumkor o'yin ko'rsatar edik.

- Janubiy Koreyani qaysi bir futbolchisi asosiy yulduz deb hisoblaysiz?

- Hammasi!

- Janubiy Koreya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv bu juda katta qarama-qarshilik, bu haqda fikringiz?

- Bu uchrashuvga juda katta etibor qaratiladi. Ushbu qarama-qarshilik g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Daiki Matsuokaning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Bugun yaxshi o'yin o'tqazdik va ko'p gol urdik. Bu musobaqada bizning maqsadimiz chempion bo'lish. Ushbu maqsadga erishish uchun biz jamoamiz bilan har bir o'yinga maksimal darajada etibor qaratishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика