So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Go Oiva: "O'tgan o'yinda nima yuz berganidan xabarim bor. Muxlislarni to'liq tushunaman" Yangiliklar

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Go Oiva: "O'tgan o'yinda nima yuz berganidan xabarim bor. Muxlislarni to'liq tushunaman"

Ertaga U-23 Osiyo kubogi yarim final o'yinida O'zbekiston U-23 va Yaponiya U-23 terma jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.

O'yindan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida  Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Go Oiva va o'yinchi Mao Xosoya o'zlarining o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tishdi.

- Yarim final o'yini haqidagi fikringiz?

- Barcha musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytaman. Yarim finalga chiqish jamoa sifatida biz uchun yaxshi natija. O'zbekiston mezbon jamoa va o'yin qiyin bo'lishi aniq. Finalga chiqishga harakat qilamiz.

- O'yinchi Mao Xosoyaning o'yin haqidagi fikralari qanday?

- Yarim final qiyin o'tishi aniq. O'zbekiston musobaqa mezboni. Juda qiyin o'yin bo'ladi. O'yinga etarlicha tayyorlanishga harakat qilaman.

- Janob murabbiy, har o'yinda Yaponiya terma jamoasi hujumkor o'yin ko'rsatishini takidlab keldingiz. O'zbekistonga qarshi ham hujumkor o'yin ko'rsatasizmi?
- Albatta, hujumkor o'yin ko'rsatish bu bizning uslubimiz. Bu jamoani murabbiy sifatida qabul qilib olganimdan beri hujumkor o'yin ko'rsatib kelmoqdamiz. O'z o'yin uslubimizni saqlab qolish biz uchun muhim.

- 2016 yilda aynan shundan musobaqada g'alaba qozongansiz. Bu safar ham shunday maqsaddamisizlar?

- 2016 yilda nima yuz berganini ahamiyati yo'q. Biz aynan hozirgi musobaqa haqida o'ylayapmiz. Hozir o'zimizning eng yaxshi o'yinni ko'rsatish  niyatidamiz. 

- 2018 yil O'zbeksiton Yaponiyaga qarshi 4:0 hisobida g'alaba qozongan. O'zbekistondan bu safar ham shunga o'xshash syurprizlar kutmoqdamisiz?

- O'zbekiston bilan o'yinda turli sovg'alarga tayyormiz. Bu safar O'zbekiston jamoasi juda kuchli. Buni bilamiz. Ularni hurmat qilamiz. Qiyin o'yin bo'lishi aniq. Ertaga borimizni beramiz.

- O'zbekiston tarkibidagi asosiy o'yinchi kim deb hisoblaysiz?

- Maydonga tushishi mumkin bo'lgan barcha o'yinchi.

- Ertaga agarda muxlislar stadionga kiritilsa, bu o'yinga qanday tasir qiladi?

 - O'tgan o'yinda nima yuz berganidan xabarim bor. Muxlislarni to'liq tushunaman. Bu ishlar emociya natijasida kelib chiqdi. O'zbekiston mezbon jamoa. Biz ularga qarshi qanday o'ynashni bilamiz. Barcha narsaga tayyor bo'lishimiz kerak. 

- Futbolchi Mao Xosoyaning ushbu savolga javob qanday?

- Men ham o'tgan o'yinda nima bo'lganini eshitdim. O'zbek muxlislarini to'liq tushundim. Mening ishim esa o'yinga tayyorlanish.

- O'zbekistonning qaysi poziciyalarini kuchli deb bilasiz? Asosiy darvozabon bu o'yinda maydonga tusha olmaydi. SHu haqida fikringiz...

- Men raqibning har bir poziciyasidagi o'yinchilarni kuchli deb hisoblayman. Darvozabonga kelsak, zaxiradan tushgan darvozabon ham juda iqtidorli ekan.

- O'yinchi Mao Xosoyaga savol. O'yin davomida jamoadoshlaringiz bir-birlarini qanday ruxlantirishadi?

- Bizda o'zaro ajoyib muloqot qilamiz. O'zbekiston termasi haqida juda ko'p malumotga ega emasman. Hozirda aynan o'yinga tayyorlanmoqdamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика