Yaponiya termasining sobiq ustozi LaLigada ish boshladi
04 noy 2019 19:41
Yangiliklar
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 60 yoshli mutaxassis klub bilan ushbu mavsum yakuniga qadar shartnomaga imzo chekkan. Oldinroq klub Maurisio Pellegrinoni istefoga chiqargandi.
Agirre bunga qadar "Atletiko", "Saragosa", "Espanol", shuningdek, Meksika, Yaponiya va Misr termalarida ham ishlagan.
12 turdan keyin "Leganes" Ispaniya chempionati turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.
Fikrlar