Yaponiya klubi 53 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirdi
11 jan 2021 16:40
Yangiliklar
Yaponiya klubi 53 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirdi
"Yokogoma" 53 yoshli forvard Kacuyosi Miura bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Tomonlar 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. Bu mavsum "qariya" uchun 36-si bo'ladi.
"Futbolga bo'lgan ishtiyoqim so'nmaydi. Men doim mashg'ulotlar qilaman va o'z oldimmga yangi maqsadlar qo'yaman. Imkon boricha ko'p o'yin o'tkazmoqchiman va jamoamga g'alabaga erishishi uchun yordam bermoqchiman" - deydi Miura.
Kacuyosi faoliyati davomida turli musobaqalarda 669ta o'yinda maydonga tushib, 187ta gol urgan.
Fikrlar