So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Yaponiya futbol associyaciyasiga terma jamoaning 47 yoshli sobiq sardori prezident etib tayinlandi Yangiliklar

Yaponiya futbol associyaciyasiga terma jamoaning 47 yoshli sobiq sardori prezident etib tayinlandi

Tashkilot tarixidagi eng yosh rahbar o'z strategiyasida 2050 yilga borib mamlakati bilan jahon chempionligini qo'lga kiritmoqchi ekanligini aytdi.

Yaponiya futbol associaciyasining yangi prezidenti etib 47 yoshli sobiq futbolchi Cuneyasu Miyamoto tayinlandi. Mutaxassis bundan avval boshqaruvchi direktor lavozimida ishlab kelgandi.

Futbolchilik faoliyati davomida "Gamba Osaka", "Red Bull Zalcburg", "Vissel Kobe" kabi klublarda to'p tepgan Miyamoto 2002 va 2006 yilgi jahon chempionatlarida o'ynagan. Hatto sardorlik sifatida ko'pgina o'yinlarda Yaponiya terma jamoasini maydonga boshlab tushgan.

Matubot anjumanida Miyamoto o'z rejalarini OAV vakillari bilan o'rtoqlashdi. Elon qilingan manifestda quyidagi vazifalarga alohida etibor qaratilgan:

- Kuchli Yaponiya terma jamoasini shakllantirish;

- Bolalar, qizlar va keksalarga etibor qaratgan holda futbol bilan shug'ullanuvchilar sonini ko'paytirish;

- Atrof-muhit muammolariga futbol orqali yondashish, ijtimoiy tashabbuslar orqali mahalliy hamjamiyatlarning muammolarni hal qilishga hissa qo'shish.

Miyamotoning takidlashicha, strategik harakatlar natijasida Yaponiya 2050 yilga borib o'z yashil maydonlarida jahon chempionatini qabul qilib, chempionlikka erishmoqchi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика