Yaponiya. Fozil Musaev jamoasi "Kashima Antlers"ni chempionlikdan mahrum qildi (+FOTO)
02 dek 2017 12:22
Yangiliklar


Yaponiya. Fozil Musaev jamoasi "Kashima Antlers"ni chempionlikdan mahrum qildi (+FOTO)
Bugun, 2 dekabr kuni O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev to'p tepadigan "Jubilo Ivata" Yaponiya chempionatining 34-turida "Kashima Antlers"ni qabul qildi.
Hamyurtimiz o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada almashtirildi. Bahs gollarsiz yakunlandi va chempionlik uchun kurashayotgan "Kashima Antlers" turnirda ikkinchi o'rinni egalladi. Oltin medallar uchun kurashayotgan "Kavasaki Frontale" so'nggi turda "Omiya Ardiya"ni 5:0 hisobida taslim etdi va to'plar nisbati hisobiga chempionga aylandi.
Jubilo Iwata |
J. League . 34-tur 02/12/2017, 10:05 0
:
0
Tugadi
|
Kashima Antlers |
45'
90'
SHunday qilib, "Jubilo Ivata" mavsumni 58 ochko bilan 6-o'rinda yakunladi. Fozil Musaev joriy mavsum Yaponiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 4ta sariq kartochka oldi.
Yaponiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar