So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  10 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  17 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  0 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Yaponcha iroda yoxud Toshkentdan Toshkentgacha... Yangiliklar

Yaponcha iroda yoxud Toshkentdan Toshkentgacha...

Kecha Yaponiya futzal terma jamoasi Osiyo chempionati tarixida eng sharmandali natijasini qayd etdi.

Yaponiya terma jamoasi birinchi Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Qozog'iston UEFAga o'tib ketgach, yaponlarning ko'ksiga shamol tegadi va 2002 yil ilk marta qita chempionatining finaliga yo'l oladi.

Ilk bor bosh sovrinni Toshkentda, 2006 yil finalda O'zbekistonni mag'lubiyatga uchratib, qo'lga kiritgan kunchiqar yurt vakillari so'nggi ikkita Osiyo chempionatining amaldagi g'oliblari hisoblanardi.

Qisqasi, yaponlarning Toshkentda boshlagan muvaffaqiyati aynan Toshkentda o'zlari uchun juda ham yomon bo'lgan natija bilan yakuniga etdi.

Vetnam bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin yaponiyalik futzalchilar hali hech nimani yo'qotmagan edilar. Odatga ko'ra muxlislarining oldiga borib tazim qildilar. Muxlislar esa ularni tinmay olqishladilar, ha tinmay. Biron daqiqa bo'lsa-da, o'yinchilarni olqishsiz qoldirmadilar. Kecha hisob 5:2 bo'lib turgan vaziyatda ham ular "Nippon, Nippon" (Yaponiya degani) deya hayqirib turdilar. Hattoki 6-gol urilgan payti yapon muxlislarining qo'llab-quvvatlashlari kuchliroq chiqdi, hal qiluvchi bosqichga chiqqan Qirg'iziston muxlislariga qaraganda.





Yaponiya futzalchilari va ularning muxlislari o'rtasidagi munosabatni ko'rib, ochig'i tan berdim. Havas qildim. Ayniqsa, yutqazib, o'zi bir ahvolda bo'lishiga qaramay, ko'z yoshlari bilan muxlislar oldiga borishga iroda topa olgan o'yinchilarga tan berdim. Futzalchi Vatan shanini himoya qila olmaganidan iztirobda, buni anglab turgan muxlis esa futbolchiga dalda bo'lyapti. Futzalchilar o'z odatlariga ko'ra muxlislar oldiga tazim qilgani borgan holatni bir so'z bilan tariflab bera olmayman. Yaxshisi, buni suratlarim "gapirsin".

Yaponiya terma jamoasida yig'lamagan o'yinchi qolmadi. Or-nomusning o'ta kuchliligi. Ular uchun pul, jahon chempionati yoki Osiyo chempionligini yo'qotilgani emas, mag'lubiyatga uchrasa ham tinmay olqishlab turadigan muxlisning ko'ziga tik boqish og'ir bo'ldi. Yapon futzalchilaridan birortasi muxlislarga tazim qilar ekan, ularga qarashga botina olmas edi. Vetnam bilan o'yinda bunday bo'lmagan edi. Ularga qarab, hali JCH yo'llanmasini yo'qotilmaganligini aytishgandi. 

Bizda esa biroz boshqacharoq. G'alaba qozonsak hammamiz boramiz, mag'lubiyatga uchrasak, kayfiyati 1-2 futbolchi muxlislar tomon boradi. 

Bizda ham shunday bo'larmikin? Buning uchun avvalo futbolchi va murabbiylarimiz birinchi qadamni tashlashlari kerak deb o'ylayman. Jamoamiz g'alaba qozonadimi yoki yo'qmi, barcha, 18 nafar futbolchi va murabbiylar shtabi erinmasdan stadionni aylanib muxlislarga tazim qilib chiqishlari kerak. Muxlis ham eriydi, mana shundan keyin birov so'karmikin, yo'q, aksincha mag'lubiyatga uchrab ham olqish oladi. Keyingi o'yinda esa masuliyat oshadi. Bunday holatni avvalo oliy ligamizda, keyin O'TJ, YOTJ, OTJ va o'z o'zidan MTJda ananaga aylantirishimiz kerak.


-



Maqola so'ngida Yaponiya futzal terma jamoasining "Xondasi", Morioka Kaoruning suratini taqdim etaman. U terma jamoaning eng kuchli o'yinchisi. Yulduzi, chempionatida eng katta pul ishlaydigan futzalchi. Lekin u ham ko'z yoshlarini tiya olmadi. Jamoadoshlari kabi, uning ham muxlislar oldida vijdoni qiynalyapti.


Fotojurnalistika faoliyatimdagi debyut musobaqam 2006 yil, aynan futzal bo'yicha Osiyo chempionatidan boshlangan edi. 10 yil avval Yaponlarning quvonch ko'z yoshlarini suratga tushirgan edim. Alam ko'z yoshlarini suratga olish juda qiyin ekan....

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика