Yanvarda A Seriya ishtirokchilari bittaga kamayishi mumkin
15 dek 2021 20:08
Yangiliklar
Yanvarda A Seriya ishtirokchilari bittaga kamayishi mumkin
Italiya A Seriyasida ishtirok etadigan jamoalar soni yangi yilning birinchi kunlaridayoq o'zgarishi mumkin.
Gap shundaki, 22 yil ichida ilk marta Italiya futbolining yuqori elitasiga yo'l olgan "Salernitana" hamon A Seriyaning yana bir vakili – "Lacio"ning egasi Klaudio Lotitoga tegishlidir. Reglamentga ko'ra, bir kishining chempionatda bir nechta jamoaga ega bo'lishi taqiqlangan, Lotito klubni to'rtinchi avlodgacha qarindoshlariga o'tkaza olmaydi, deb xabar beradi ANSA.
Lotito yozda klubni sotishi kerak edi, biroq "Salernitana"ni ishonchli qo'llardagi boshqaruvga o'tkazib, olti oylik imtiyozli davrni qo'lga kiritgandi. A Seriyaning yangi jamoasi uchun hali ham xaridorlar yo'q, shu bois Italiya chempionatining so'nggi pog'onasida borayotgan klub yanvar oyining ilk kunlarida turnirdan chetlatilishi mumkin.
Fikrlar