So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  0 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  6 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  12 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

"Yangier"ni tark etgan futbolchilar yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasining munosabati. Muammo nimada? Yangiliklar

"Yangier"ni tark etgan futbolchilar yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasining munosabati. Muammo nimada?

Ichki chempionatimizda transferlar oynasi ochilgach futbolchilarning jamoadan jamoaga o'tish holatlarida muammolar yuzaga kelishi odatiy holga aylangan.

Kecha saytimiz orqali Pro liga vakili  "Yangier" jamoasini tark etgan futbolchilar haqida malumot bergan edik. 

Unga ko'ra Abdumalik Abdullaev, Robbim Hasanov, Ilhom Alijonov, Sanjar Baratov, Nodir Yo'ldoshev, Nodir Ashurmatov jamoani tark etgan. Ushbu masala yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev saytimizga quyidagicha munosabat bildirdi. 

"Saytda elon qilingan maqolada Azamat Abduraimov jamoadan ketgan futbolchilar haqida fikr bildirgan. Bu borada uyushmamiz azolari Robbim Hasanov va Nodir Ashurmatovdan murojaat kelib tushdi.  "Yangier" futbol klubi bu futbolchilarni rasmiy tarzda ketkazishmagan. Ular bilan tuzilgan shartnoma amalda. Biz bu masala bo'yicha O'FA qoshidagi futbolchilarni o'tish va maqomi qo'mitasi va xavfsizlik xizmatiga ham murojaat bilan chiqdik. Azamat Birodarovich bilan suhbatda bu mavzu ko'tarilgan. Hozircha aniq munosabat bildirishmagan. Mazkur jarayon qo'mitada ko'rib chiqiladi. Agarda klub o'zining fikrlarini isbotlay olmasa, klub tomonidan bir tomonlama shartnoma buzilgan, deb topilib, futbolchilarga tovon puli undirishni talab qilamiz. Transferlar oynasi ochilgani munosabati bilan ko'p jamoalarimiz shu asnoda yani shartnomani bekor qilmagan holda, musobaqa reglamentiga zid ravishda ketganliklarini elon qilishmoqda. 

Yana bir eslatma, xabaringiz bor joriy mavsum boshida O'zPfl bilan hamkorlikda musobaqalarni o'tkazish, futbolchilarni o'tish va maqomi reglamentining yangi tahrirda FIFA talablariga asosan qaytadan ishlab chiqilgan. Avvalgi yillardan farqli ravishda, barchasi aniq qilib ko'rsatilgan. Hech bir taraf shartnomani bir tomonlama buzish huquqi mavjud emas. SHunday holatda futbolchiga ham, klubga ham choralar ko'riladi.   Ulardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so'rab qolaman. SHuningdek hozirda "Jomboy"  "Andijon", "Buxoro" klubi futbolchilaridan shunga o'xshash murojaatlar kelib tushgan ",- deydi Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика