"Yangier" – Birinchi liga g'olibi!
21 sen 2023 16:52
Yangiliklar
"Yangier" – Birinchi liga g'olibi!
"Birinchi liga reglamenti" asosida turnir jadvali qayta shakllantirilgach, "Yangier" musobaqa yakuniga 1 ta tur qolganida g'oliblikni qo'lga kiritgani oydinlashdi.
Nazariy jihatdan "Jizzax"da "Yangier"ga etib olish imkoniyati mavjud. Jizzaxliklar so'nggi turni o'z maydonida "Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'tkazadi. Yangierda esa "Bunyodkor-farm" mehmon bo'ladi. Biroq unutmaslik kerakki, etakchilarning o'zaro o'yinida "Yangier" "Jizzax" ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan.
Reglamentga ko'ra, Birinchi liga yakuniga etganidan keyin mazkur musobaqa ishtirokchilari o'rtasida Birinchilik kubogi bo'lib o'tadi. "Yangier" Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Birinchilik kubogi g'olibiga qarshi maydonga tushishi kerak bo'ladi.
Malumot uchun, Birinchi liganing joriy mavsumi 17 ta jamoa start olgan bo'lib, hozirga qadar ularning 2 tasi musobaqa bilan xayrlashib ulgurdi ("Nurafshon" va "Yangiyo'l"). Yana uch jamoa Liga bilan tuzilgan shartnoma shartlarini to'liq bajarib ulgurmagan. Holat shu tariqa davom eca, mazkur jamoalar Birinchilik kubogiga qo'yilmaydi. Musobaqa bilan bog'liq barcha yangi tafsilotlar tez orada malum qilinadi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar