Yangi umid bilan: A Seriya 25-tur o'yinlari uchun prevyu
09 fev 21:47
Yangiliklar
Yangi umid bilan: A Seriya 25-tur o'yinlari uchun prevyu
"Kalyari" — "Lacio"
Mankozu, Rog va Oristano hali ham tiklanmoqda, Suleman va SHomurodovning ham ushbu o'yinda "Kalyari"ga yordam berishi qiyin masala. Luvumbu asosiy tarkibga qaytishi va Petanya bilan hujumchilar duetini tashkil qilishi mumkin. Cakani va Patrik jarohat sabab o'ynamaydi, Rovella esa diskvalifikaciya sabab bahsda ishtirok etmaydi. Bunday holatda maydon markaziga Kataldi chiqishi kerak, hujumda Anderson va Immobile bilan uchlikda o'ynaydigan Isaksen yana imkoniyat oladi.
"Lacio" o'tgan safar o'z uyida 1-0 hisobida g'alaba qozongan, Sardiniyada barchasi ham oson bo'lmasligi aniq bo'lsa ham "bnkocheleste" favorit hisoblanmoqda. Bundan tashqari, "Kalyari"da hozirda 3ta o'yinlik mag'lubiyatli seriya bor, shu sabab "orolliklar" quyi ligaga tushib ketish hududidan chiqish uchun o'zlariga kelib olishlari kerak. O'yinning ancha shiddatli o'tishiga ishonchim komil.
Cagliari Gianluca Gaetano - 51' |
Serie A . 24-tur 10/02/2024, 19:00 3
:
1
Tugadi
|
Lazio Alessandro Deiola - 26', Ciro Immobile - 49', Felipe Anderson - 65' |
Stadion: Unipol Domus, 16155 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
"Roma" — "Inter"
De Rossining ishlayotgan mexanizmda nimanidir o'zgartirishiga ishonish qiyin, bundan tashqari jarohatlanganlar hali tiklanmadi, yangi jarohatlar esa yo'q. Ayniqsa Dibala o'yinining yaxshi formaga kirib borayotgani muhim. Fratezzi ogohlantirish oldi, shunday ekan u ham tiklanayotgan Kuadrado kabi jamoasiga yordam bera olmaydi. Tarkib esa "Yuventus" bilan o'yinga qarshi bo'lgan ko'rinishini o'zgartirmaslik ehtimoli katta. SHuningdek sariq kartochkalar sabab Simone Inzagining diskvalifikaciyasini ham esdan chiqarmaslik kerak.
"Inter" birinchi davrada o'z uyida katta qiyinchilik bilan "Roma"ni 1-0 hisobida mag'lub etgandi, hozir esa Rimda De Rossi uchun ilk jiddiy sinov bo'ladi va bosh murabbiyning bunday xavfli raqibga qarshi o'yinda taktikani qanday qurishi juda qiziq. Ushbu o'yin shiddatga boy bo'ladi, gollar ko'p bo'lishini esa kutmagan bo'lardim.
Roma Gianluca Mancini - 28', Stephan El Shaarawy - 44' |
Serie A . 24-tur 10/02/2024, 22:00 4
:
2
Tugadi
|
Inter Francesco Acerbi - 17', Marcus Thuram - 49', Angelino - 56', Alessandro Bastoni - 90' |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 65044 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
"Jenoa" — "Atalanta"
De Vinter diskvalifikaciya qilingan, shunday ekan himoyaga Valyakko chiqishi kerak. "Jenoa" uchun Mesyasning tiklanishi yaxshi yangilik bo'ldi, ammo u hali ham ilk daqiqalardanoq o'ynashga tayyor emas, shunday ekan "grifonlar" hujumida Gudmundson-Rettegi dueti bo'lishi kutilmoqda. Xeyn va Palomino hali ham jarohatda, Ederson esa diskvalifikaciya qilingan. Bu Gasperinini sxemani biroz qayta qurishga majbur qiladi, shunday ekan hujumda De Ketelare va Skamakka nomidagi yorqin forvarlar duetini ko'rshi mumkin, ularga ortdan Pashalich yordam beradi.
"Atalanta" o'tgan safar 2-0 hisobida o'ziga ishongan holda g'alabaga erishgandi va hozirda Genuyaga favorit maqomida yo'l olmoqda. "Bergamoliklar"da forma yaxshi, ammo "grifonlar"ning uslub bo'yicha ular uchun juda noqulay raqib ekanligi hisobga olish muhim. Jilardino Gasperini futbolini barbod qilish uchun barchasini qiladi va bu unda ish berishi mumkin.
Genoa Ruslan Malinovsky - 51' |
Serie A . 24-tur 11/02/2024, 22:00 4
:
1
Tugadi
|
Atalanta Charles De Ketelaere - 22', Teun Koopmeiners - 55', Davide Zappacosta - 90', El Bilal Toure - 90' |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 31201 tomoshabin
Bosh hakam: Andrea Colombo
"Milan" — "Napoli"
Reyders diskvalifikaciya qilingan, shunday ekan uning o'rnida jarohatdan so'ng tiklangan Benasser chiqishi kerak, qayd etish kerakki, u "Frozinone" bilan o'yinda harakat qildi. Qolgan joylarda syurprizlar kutish kerakmas, oldinda Pulishich-Jiru-Leao uchligini yana ko'rish mumkin. "Napoli" tarkibida maydon markazini kuchaytirish uchun Angussi qaytishi kerak, bu ayniqsa jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan Zelinski sabab kerak. SHuningdek Ruyning diskvalifikaciyasini eslash muhim, uni Maccoki almashtiradi, shuningdek Politano tiklanishga ulgurmasa Ngonj asosiy tarkibga chiqishi kerak.
Jamoalar o'tgan safar bir-birlariga ikkitadan to'p kiritgan holda yorqin tomoshabop o'yin ko'rsatishdi. "Milan" hozrida favorit va bu adolatdan ham. "Qizil-qoralar" ayni damda raqibga nisbatan ancha shakllangan va tartibli jamoadir. Ammo, "Napoli"ning sekin, ammo baribir o'ziga kelayotganini qayd etmaslik mumkinmas.
AC Milan Theo Hernandez - 25' |
Serie A . 24-tur 12/02/2024, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
SSC Napoli |
Stadion: San Siro, 73891 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
"Yuventus" — "Udineze"
Allegri tarkib bilan juda jiddiy muammolarga duch keldi, Danilo diskvalifikaciya qilingan, Vlaxovich esa bog'lamlar sabab aniq maydonga chiqa olmaydi, shuningdek Kezaning o'yinda ishtirok etishi katta so'roq ostida. Bunday holatda Yildiz-Milik duetini ko'rish imkoniyati bor. "Udineze"da ham tarkib bilan jiddiy muammolari bo, diskvalifikaciya qilingan Pereyruning o'rnini bosish qiyin bo'ladi. Tovenning maydonga chiqishi so'roq ostida, ammo u katta ehtimol ilk daqiqalardan bo'lmasa ham o'yinda ishtirok etadi, Lukkaning hujumda ishtirok etishidan boshqa variant yo'q.
"Yuventus" o'tgan safar muammosiz 3-0 hisobida yirik g'alabaga erishdi va hozir ham "keksa sinora" yaqqol favorit hisoblanadi. "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat Allegri shogirdlarining jahlini chiqargan bo'lishi kerak, shunday ekan "Udineze" harchand harakat qilmasin "Yuventus" barcha yo'qotishlar bilan ham ishonch bilan ushbu o'yinni o'ziniki qilishi kerak.
Juventus |
Serie A . 24-tur 13/02/2024, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Udinese Lautaro Gianetti - 25' |
Stadion: Allianz Stadium, 38856 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Sergey Rumyancev tayyorladi
Fikrlar