So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Yangi Pirlo"ning yangi sarguzashtlari boshlanmoqda Yangiliklar

"Yangi Pirlo"ning yangi sarguzashtlari boshlanmoqda

"Milan" italiyalik iqtidorlarni bir erga jamlamoqda - maydon markazida Sandro Tonali.

B Seriyada to'p tepayotgan futbolchi Italiya termasiga chaqirilgan holatlar barmoq bilan sanarli darajada “ko'p”. Qo'shimchasiga u 18 yosh bo'lgani Italiyada chinakam shov-shuvga sabab bo'ldi. Ammo takidlash lozim, Sandro Tonalini futbol jamoatchiligi yaxshi bilar va ko'plab top jamoalar futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatayotgandi. Natijada, o'sha tarixiy chaqiruvdan so'ng 2 yil o'tib yarim himoyachi “Milan” bilan shartnoma imzoladi.

Pirlo bilan solishtirishlar Sandroga bolalikdan hamroh hisoblanadi. Yosh sportchi “Breshiya” yarim himoyasi markazida harakat qilardi, aynan shu erda uzoq yillar avval Andrea katta futboldagi ilk qadamlarini tashlagandi. Bularning barchasiga tashqi ko'rinish qo'shildi. Tonali jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan edi va 17 yoshda asosiy jamoada debyut qildi. 2017/18-yilgi mavsumda Tonnalli primaverada ham, asosiy jamoada ham o'yinlarda ishtirok etdi. B Seriyada 19 o'yinda o'z hisobiga 2 gol va 2ta golli uzatma etkazib berdi. 

Keyingi mavsumda Tonnali asosiy tarkibdan muqim o'rin egallay boshladi. “Breshiya” safida 34 o'yinda ishtirok etdi va B Seriya chempionligini qo'lga kiritish hamda A Seriyaga yo'l olishda katta yordam berdi. O'shandayoq u boshqa klubga o'tishi, misol uchun Marko Veratti taqdirini takrorlashi yoki Rimga, Milan jamoalaridan biriga ko'chib o'tishi mumkin edi. Yodingizda bo'lsa Marko B Seriyadan bir yo'la Parijga yo'l olgandi. O'shanda Tonali ketishni istaganmi yoki yo'q bizga nomalum, ammo “Breshiya” prezidenti Massimo CHellino yosh iqtidor sohibini 100 million evroga ham qo'yib yubormasligini malum qildi. Bu albatta tushunarli harakat edi, sababi A Seriyada o'tkazilgan omadli mavsum narxni yanada oshishiga sabab bo'lardi. Biroq keyin nimalar bo'lib ketmadi deysiz, hozir CHellino o'sha vaqtga qaytib qolishni va bazi ishlarini boshqacharoq hal qilishni istashi turgan gap.

Barcha-barcha “yangi Pirlo” o'zini A Seriyada ham ko'rsata oladi-mi degan savol qiziqtirardi va Tonali umidni oqlay oldi. U “Breshiya”ning yagona yorqin nuri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. U A Seriyada oldinga to'p oshirish va o'ziga nisbatan qoida buzishlar soni bo'yicha bir xil 6-eng yaxshi natijani qayd etdi. Ammo Tonalini yangi Pirlo yoki CHellino aytganidek Sandro o'z yoshidagi Andreadan ham kuchliroq deyish xato bo'ladi. 19 yoshda Pirlo hamkasbi Tonnallidan ko'proq narsa ko'rsatib ulgurgandi. SHuningdek, Anchelotti “maestro” uchun barchamiz o'rgangan rolni keyinroq o'ylab topadi, Tonnalli esa katta futboldagi butun faoliyatini shu nuqtada o'tkazadi. Yana bir qiziq jihat Sandro Andreaga nisbatan ko'proq dribling va tezlik hisobiga raqibni dog'da qolirishga urinadi. U o'zi haqida gapirarkan ko'proq Gatttuzo bilan o'xshash jihatlarga egaligini aytgan. Bu fikrlarni jurnalistlar davom ettirib “Gattuzo+Pirlo = Tonnalli”. Biroz bo'rttirish, lekin yosh yarim himoyachi bunday gap-so'zlarga etibor bermay, o'z ustida ishlashda davom etdi.

Natijada “Breshiya” elitadan tushib ketdi, Tonnalli esa 1 gol urdi va 7ta golli uzatma etkazib berdi. Ularning aksariyati standart vaziyatlardan keyin amalga oshirildi. O'tgan mavsumni omadli deyish qiyin, bazan Tonnalliga stabillik etishmadi, aksariyat vaziyatlarda u xatolarga ham yo'l qo'ydi va markazning asosiy, yorqin figruasiga aylanib ulgurmadi. U “Breshiya” o'yini tempini boshqarib bordi deya olmaymiz, biroq bunga faqat u aybdor emas. Tonnallining kuchli jihatlari jamoasi to'pga egalik qilib, to'pni “pasda” ushlab turganda yaqqolroq ko'rinadi. Lekin  “sherlar”da bunday imkoniyatning o'zi yo'q edi. Buning oqibatida Sandrodan to'g'ri foydalana olishmadi, ammo shunda ham qaxramonimiz bir nechta yorqin o'yinlar namoyish eta oldi. 

Parallel ravishda Sandro kelajagi borasida gap-so'zlar ko'paya boshlardi. Qaysidir pallada vaziyatga yana chet el klublari aralashishga urinib ko'rdi, biroq futbolchi va uning yaqinlari Italiyani hozircha tark etish niyatida emas shekilli. Natijada asosiy kurash “Yuventus” va “Inter” o'rtasida kechdi, “Roma” va “Milan” esa keyingi nomzodlar sifatida qaralayotgandi. Pyanich va Xediraning ketishi, Tonnaliga “Yuventus” tomon yo'l ochgandek edi, bosh murabbiy Pirlo bo'lishi olovga sepilgan “kerosin” bo'ldi. Biroq “byankoneri” Tonnali hozirning o'zida turinliklar markazining muhim futbolchisi bo'lishga tayyorligiga ikkilanib qarashdi. Antonio Konte shahsan o'zi Tonnallini jamoasi safida ko'rishni istardi, Juzeppe Marotta esa klub va futbolchi bilan kelishish uchun barcha ishni qilib ko'rdi. 

Keyin asosiy planga masalaning moliyaviy tomonlari chiqdi. Barchasi Barella bilan bo'lgan voqealarni eslatib yuborardi, lekin Tonnali Nikolo kabi kutishni istamadi.Barella yoshligidan “ko'k-qoralar” safida to'p tepishni orzu qilgan, Sandroning bolalikdagi tanlovi esa boshqacharoq edi. Uning bolaligida “Milan” formasida tushgan ko'plab suratlari mavjud.

Amalda uning bolalikdagi orzusi ro'yobga chiqdi, Massimo CHellino esa burnini tishlab qoldi. Bir yil avval Tonnalli uchun 60 million evroga, hech bo'lmasa 50 millionga aniq xaridor chiqardi. Endi esa “Milan” Tonnalli ijarasi uchun 10 million, yana bir yil o'tib 20 millionga uning shartnomasini to'liq sostib olsa bo'ladi. Koronovirus pandemiyasi narxni ikki barobar tushirib yubordi. Agar odatdagi holat bo'lganida “Breshiya” A Seriyadan chiqib ketsada, Tonallidek iqtidor 50 milliondan kamiga ketmasdi, shunday ekan “Milan”ning ikki marta omadi chopdi. 

“Milan” futbolkasida maydonga tushish orzum edi. Men hali uni kiyib ko'rmadim, lekin tez orada bu sodir bo'ladi”, - “Milan” sifatida Sandroning birinchi so'zlari. “Rossoneri” ajoyib yosh futbolchilar guruhini to'plamoqda, shu kunlarda Keza ham jamoaga kelib qo'shilishi mumkinligi borasida xabarlar bor. Restartdan so'ng jamoa ajoyib o'yin ko'rsatgach, deyarli yo'qotilgan ishini saqlab qolgan Stefano Pioli iqtidorida ko'p qirrali futbolchilar mavjud. Ular bilan jamoa ECHL yo'llanmasi uchun kurasha olishi aniq. Sandro Tonnali esa nihoyat o'zi yaxshi ko'radigan futbol mazasini totib ko'radi. Undan “Breshiya”dagidan ko'proq hal qiluvchi qarorlar, ishonchliroq o'yin talab qilinadi. SHu o'rinda endi imkonsizlikdan uzun paslarga murojaat qilish va himoyadagilarga faol yordam berish shart bo'lmaydi. Noyob iqtidor sohibi o'sishi uchun ideal sharoit.

Tonalli bilan shaxsan tanish insonlarning deyarli barchasi uning o'ta jiddiy insonligini takidlashmoqda. “Breshiya” yoshlar jamoasida uni xazil tariqasida “qariya” deb atashardi. Hozir esa Tonalida tabassum uchunsabab bor, lekin yana bir necha kundan so'ng yangi mavsum start oladi va yana jiddiy ishlar boshlanadi. 

Aytgancha, “Milan”ning yangi azosi o'ziga 8-raqamni tanladi va bundan avval Gattuzoga qo'ng'iroq qilib, buning uchun undan ruxsat so'ragan. “Napoli” bosh murabbiyi tabiiyki qarshilik qilmagan, Sandro esa “Milan”da uzoq vaqt maydon markazini boshqara oladigan italiyalik futbolchi paydo bo'lganini isbotlashga harakat qiladi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика