"Yangi Pirlo" MYUga o'tadimi?
05 mar 2020 12:40
Yangiliklar


"Yangi Pirlo" MYUga o'tadimi?
"Manchester Yunayted" "Breshia"ning istedodli yarim himoyachisi Sandro Tonaliga etiborini qaratmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" "qaldirg'ochlar"ga Tonali uchun 40 million evro taklif qilishgan.
Tonali joriy mavsum A Seriyada 23ta o'yinda maydonga tushdi. "Yangi Pirlo"ning hisobida 1ta gol va 5ta assist bor.
Eslatib o'tamiz, italiyalik 19 yoshli futbolchi o'tgan yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar