So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Yangi nomlar, eski muammolar: Anellidan so'ng "Yuventus"ni kim boshqaradi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Yangi nomlar, eski muammolar: Anellidan so'ng "Yuventus"ni kim boshqaradi? (mutolaa uchun)

Turin klubining yangi rahbariyati haqida gaplashamiz.

"Yuventus" yana yoqimsiz voqeaga uchradi. Mojaro "byankoneri"ni 2006 yilda B Seriyaga tushirib yuborishganidek katta masshtabda emas, ammo baribir shov-shuvli.

Turin klubidan moliyaviy firibgarliklar uchun 15 ochko olib tashlashdi. Agar ular koronavirus pandemiyasi paytida o'yinchilarga maoshlarni "konvertlar"da to'lashgani isbot qilinsa, "qora-oqlar"dan ko'proq ochko olinishi yoki evrokuboklardan chetlashtirishlari mumkin.

Prokuraturaning ayblovlari va Evropa Superligasi loyihasining muvaffaqiyatsizligi Andrea Anellini "Yuventus" prezidenti lavozimini tark etishga majbur qildi. Boshqaruvchi bilan birga Pavel Nedved, Mauricio Arrivabene va unga yordam bergan barcha ketdi.



Bundan tashqari, ularning har biriga Italiyada futbol faoliyati bilan shug'ullanishga taqiq qo'yilgan. Diskvalifikaciya muddati har birida har xil. Bunday voqealar Turin klubining nazorat paketiga egalik qiluvchi Exor xolding kompaniyasini keskin choralar ko'rishga majbur qildi. Yani zudlik bilan yangi rahbariyatni tayinlashga.

Yangi insonni tayinlash masuliyatini Exor raisi va Anellining amakivachchasi Jon Elkann o'z bo'yniga oldi. U "byankoneri" prezidentlik kursisiga eng yaxshi nomzod deya Janluka Ferreroni tanladi.

Bosh direktor lavozimini Mauricio Skanavino oldi. SHu bilan birga, "qora-oqlar" direktorlar kengashi tarkibi ham o'zgardi. Unga Ferrero va Skanavinodan tashqari Fioranna Vittoriya Negri, Diego Pistone va Laura Kapello kiradi. Yangi direktorlar kengashining vakolatlari 2025 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirildi.



OAVda "Yuventus" bosh direktoriga aylangan Skanavinoni Elkanning o'ng qo'li deb atashmoqda. U italyan gazetalari La Repubblica va La Stampa'ni nazorat qiladigan Gedi Group kompaniyalar guruhida shunday lavozimni egallaydi. Skanavino xoldingda 2004 yildan beri ishlaydi. U avvaliga FIAT, Alfa Romeo va Lancia brendlarini rivojlantirish bilan shug'ullangan.

Italiyalik 3 yildan so'ng La Stampa'ga o'tdi. U erda raqamli soha va marketing bo'yicha direktor bo'ldi. Mutaxassis 2010 yilda Publikompass reklama agentligining bosh direktoriga aylandi. Skanavino 3 yildan so'ng Italiyaning eng qadimgi gazetalaridan biri va birinchilardan bo'lib turli ranglarda chop etilgan Il Secolo XIX'ni boshqara boshladi.

Ferreroga kelsak, u hozirgi vaqtda imtiyozli buxgaltar, u hozirda Turin klubi uchun muhim bo'lgan soliq va korporativ sohalar bo'yicha mutaxassis hisoblanadi. U shu sohalarda maslahat va yordam beradi. Italyan odatda o'z xizmatlarini ko'p millatli guruhlarga tegishli bo'lgan akciyadorlik jamiyatlariga taqdim etadi.



Ferrero shuningdek asosan avtomobilsozlik, moliyaviy va biofarmacevtika tadqiqot sohalarida faoliyat yurituvchi italyan va ko'p millatli guruhlarga tegishli kompaniyalar uchun rasmiy auditorlar kengashi azosi sifatida ishlaydi.

Elkan bu tayinlash bilan endilikda "Yuventus" rulida yuridik va korporativ masalalar bilan yaxshiroq tanish bo'lgan odamni qo'yishni xohlashini malum qildi. Xuddi shunday har biri aniq texnik profilga ega bo'lgan yangi direktorlar kengashi azolari shakllanadi.

Turin klubi yangi rahbariyati odamlari professional sport bilan juda bog'liq emas, ammo ular iqtisodiy va yuridik sohalarda mutaxassis hisoblanishadi. "Byankoneri"ning ikki yo'nalishda ham muammolarini hisobga olsak, bunday mutaxassislar ularga hozir juda kerak.



Boshqa tomondan, "Yuventus"ning futbol nuqtai nazaridan muvaffaqiyatlari oldingidek katta savol ostida qoladi. Yaxshi tezlik olgan "byankoneri" 15 ochkodan so'ng jiddiy zarba qabul qilib oldi. Bu jamoaga tasiri o'tkazmay qolmasdi.

"Qora-oqlar" muvaffaqiyatsiz mavsum va CHempionlar ligasidan chiqib ketishdan so'ng A Seriyada top-4ga ko'tarilishgandi. Endi ular yuqori divizionda qolish uchun kurashishlari kerak. Kelasi mavsumdagi evrokuboklar haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Bu klub uchun jiddiy zarba.

"Yuventus"ning hozirgi holati amerika past-balandliklarini eslatadi. Turin klubi uchun barchasi nima bilan yakunlanishini taxmin qilish qiyin. "Byankoneri"ning kelasi mavsum uchun imkoniyatlarini bashorat qilish yanada qiyin. "Qora-oqlar" moliyaviy holatni barqarorlashtirish uchun tarkibdagi bir yoki ikki qimmat o'yinchini sotishlariga to'g'ri keladi.



"Yuventus" "qariyalari" va jamoa ustozi bilan nima bo'lishi tushunarsiz. Ehtimol, ushbu mavsum Massimiliano Allegri uchun murabbiylik faoliyatidagi eng qiyinidir. Asosiysi bunday ham yomon bo'lib ketmasligi, sababi Turin klubiga qarshi tergovlar davom etmoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика