Yangi mavsumdan boshlab Turkiya Superligasida o'ynaydigan o'zbekistonlik futbolchi legioner hisoblanmaydi
22 iyu 2023 20:01
Yangiliklar
Yangi mavsumdan boshlab Turkiya Superligasida o'ynaydigan o'zbekistonlik futbolchi legioner hisoblanmaydi
Turkiya Superligasi reglamentida legionerlar bilan bog'liq o'zgarish yuz berdi.
Manbaning xabar berishicha, 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmaniston fuqarosi bo'lgan maksimal bir nafardan futbolchi turk klublari tarkibida to'p tepgan taqdirda legioner hisoblanmaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov ayni damda Turkiyaning "Fotih Karagyumruk" klubi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar