So’nggi yangiliklar

21:11"Ахмат" — "Акрон". Таркиблар маълум  0 21:05"Атлетик" — "Атлетико". Галлахер, Гризманн ва Альварес асосий таркибда  0 20:49"Спартак" — "Рубин". Қозонликларнинг ўзбекистонлик ўйинчилари асосий таркибдами?  0 20:35"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Де Брюйне, Бернарду ва Холанд асосий таркибда  1 20:26"Ризеспор" — "Қосимпошо". Алиқулов доимгидек асосий таркибда  0 20:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  15 19:54"Қайсар" - "Ордабаси". Умаров ва Яхшибоев асосий таркибдами?  0 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  3 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  8 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  12 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  11 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   6

Yangi loyiha – “Orzular terma jamoasi”. 1-son. Davron Fayziev Yangiliklar

Yangi loyiha – “Orzular terma jamoasi”. 1-son. Davron Fayziev

Assalomu alaykum Championat.asia saytining aziz o'quvchilari. Demak, bugundan yangi “Orzular terma jamoasi” loyihasini yo'lga qo'ymoqdamiz.

Unda yurtimiz futbolining ko'zga ko'ringan vakillari (jurnalist, sharxlovchi, futbolchi va h.k.) o'z talqiniga ko'ra jahon hamda o'zbekistonlik futbolchilardan iborat ikkita (alohida alohida) ramziy terma jamoani tuzib chiqishadi. 

Jahon jamoasi 1990-yildan boshlab, O'zbekiston termasi esa 1992-yildan to hozirgi vaqtga qadar faoliyat olib borgan va borayotgan futbolchi hamda murabbiylardan iborat bo'ladi. 

“Orzular terma jamoasi” – 11 nafar asosiy tarkib o'yinchisi, 5 zaxira azosi hamda bir mutaxassisdan tashkil topadi.

Loyihaning ilk soni esa taniqli sport jurnalisti, mahoratli futbol sharxlovchisi hamda hozirda O'FA Matbuot va media departamenti direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Davron Fayzievning fikr-mulohazalari asosida tayyorlandi. 

“Orzular terma jamoasi” (jahon)

Sxema: 3-4-3

Darvozabon – Janluijji Buffon;
Himoyachilar – Fabio Kannavaro, Paolo Maldini, Roberto Karlos;
Yarim himoyachilar – Andreas Inesta, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Krishtianu Ronaldu.
Hujumchilar – Lionel Messi, Ronaldo, Dennis Bergkamp.

Darvozabon:

Janluijji Buffon (Italiya, 41 yosh) – “Yuventus” azosi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) talqiniga ko'ra XXI asr birinchi o'n yilligining eng yaxshi posboni. 2006 yilgi mundial g'olibi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. 

Himoyachilar:

Fabio Kannavaro (Italiya, 46 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2006 yilgi mundial g'olibi. “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan kam sonli himoyachilardan biri. 2014-yili Italiya futbolining shon-sharaf zalidan o'rin egallagan. 

Paolo Maldini (Italiya, 51 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Evropa CHempionlar Ligasining 5 karra g'olibi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. 2012-yili Italiya futbolining shon-sharaf zalidan o'rin egallagan. 

Roberto Karlos (Braziliya, 46 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Futbol tarixida tezkor reydlari va kuchli zarbalari bilan mashhur bo'lgan futbolchi. Evropa CHempionlar Ligasining 3 karra g'olibi. 2002 yilgi mundial bosh sovrini egasi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan.


Yarim himoyachilar:

Andreas Inesta (Ispaniya, 35 yosh) – Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasi azosi. Ispaniya futboli tarixida eng ko'p titul (35ta) qo'lga kiritgan futbolchi. Evropa CHempionlar Ligasining 4 karra g'olibi. “Qizil furiya” bilan ikki bora (2008, 2012) Evropa chempionligini qo'lga kiritgan hamda mundial (2010) bosh sovrini sohibiga aylangan. UEFA talqiniga ko'ra, XXI asrning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoadan o'rin olgan. Evropaning 2012-yildagi eng yaxshi futbolchisi. 

Devid Bekxem (Angliya, 44 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Futbol tarixida uzoq masofaga aniq to'p oshirishlari hamda jarima zarbalari bilan tanilgan futbolchi. Evropa CHempionlar Ligasining 1999-yilgi g'olibi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. 2008-yili Angliya futbolining shon-sharaf zalidan o'rin egallagan. 

Zinedin Zidan (Franciya, 47 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Evropa CHempionlar Ligasining 2002-yilgi g'olibi. UEFAning so'nggi 50 yildagi eng yaxshi futbolchisi. France Football talqiniga ko'ra Franciya tarixidagi eng yaxshi futbolchi. 1998-yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan. FIFA taqliniga ko'ra 3 marta (1998, 2000, 2001) jahonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. UEFA talqiniga ko'ra, XXI asrning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoadan o'rin olgan.

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 34 yosh) – “Yuventus” azosi. Futbol tarixida ko'plab rekordlar, titullar, individual sovrinlar sohibiga aylangan o'yinchilardan biri. 


Hujumchilar:

Lionel Messi (Argentina, 32 yosh) – “Barselona” azosi. Futbol tarixida ko'plab rekordlar, titullar, individual sovrinlar sohibiga aylangan o'yinchilardan biri. 

Ronaldo (Braziliya, 43 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Ikka karra (1994, 2002) jahon chempioni. 1997-yil Kubok egalari kubogi sohibiga aylangan. 2 bora (1997, 2002) “Oltin to'p” hamda bir marta (1997) “Oltin butsa” egasiga aylangan. FIFA taqliniga ko'ra 3 marta (1996, 1997, 2002) jahonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan.

Dennis Bergkamp (Gollandiya, 50 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Gollandiya futboli tarixida texnikasi eng kuchli bo'lgan o'yinchilardan biri. “Arsenal”ning 2004-yildagi oltin tarkibi vakili sifatida jamoa bilan mavsum davomida mag'lubiyatga uchramay, APLning “Oltin tituli”ni qo'lga kiritgan. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. 2007-yili Angliya futbolining shon-sharaf zalidan o'rin egallagan.


Murabbiy: Yurgen Klopp (Germaniya, 52 yosh) – “Liverpul” ustozi. Evropa CHempionlar Ligasining 2018/19 yilgi mavsum g'olibi. 2019-yil FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. 


Zaxiradagilar: 

Iker Kasilyas (Ispaniya, darvozabon, 38 yosh) – “Portu” azosi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) talqiniga ko'ra 5 karra jahonning eng yaxshi posboni. Evropa CHempionlar Ligasida 3 marta g'olib bo'lgan. “Qizil furiya” bilan ikki bora (2008, 2012) Evropa chempionligini qo'lga kiritgan hamda mundial (2010) bosh sovrini sohibiga aylangan.

Karles Puyol (Ispaniya, himoyachi, 41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Evropa CHempionlar Ligasining 3 karra g'olibi. 2008 yilgi Evropa chempionati hamda 2010 yilgi mundial bosh sovrini egasi. UEFA talqiniga ko'ra, XXI asrning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoadan o'rin olgan.

Ronaldino (Braziliya, yarim himoyachi, 39 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Futbol tarixidagi texnikasi eng kuchli o'yinchilardan biri. 2002 yilgi mundial bosh sovrini egasiga aylangan. Evropa CHempionlar Ligasining 2005/06 yilgi mavsum g'olibi. FIFA taqliniga ko'ra 2 marta (2004, 2005) jahonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. 2005 yil “Oltin to'p” sohibi bo'lgan.

Alessandro Del Pero (Italiya, hujumchi, 44 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Evropa CHempionlar Ligasining 1995/96 yilgi mavsum g'olibi. 2006 yilgi mundial bosh sovrini egasi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. A Seriyaning 20 mavsumida gol urgan yagona futbolchi. Italiyaning 2008-yildagi eng yaxshi sportchisi.

Raul Gonsales (Ispaniya, hujumchi, 42 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Evropa CHempionlar Ligasining 3 karra g'olibi. FIFAning 100 nafar eng yaxshi futbolchidan tashkil topgan ro'yxatidan joy olgan. Marca nashriga ko'ra, Ispaniyaning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchisi.

Muxlislar o'rtasida tortishuvlar ko'paymasligi uchun Messi hamda Ronaldu haqida ortiqcha to'xtalmadik. 

Davron Fayzievning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan "Orzular terma jamoasi" esa yaqin vaqtlar ichida saytimiz orqali elon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting. 

P.S. Loyiha haqida fikrlaringizni yozib qoldiring va uning keyingi soni kimga atalishini xohlar edingiz?


Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика