So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Yangi logotip bilan dastlabki yutuq "Hokim kubogi"da to'rtinchi o'rin! Yangiliklar

Yangi logotip bilan dastlabki yutuq "Hokim kubogi"da to'rtinchi o'rin!

Teglar :  Neftchi
Bugun "Neftchi" matbuot xizmati klub logotipi o'zgarganligi haqida malum qildi.

O'z navbatida O'zbekistonning 5 karra chempioniga oid xabar saytimizda elon qilindi. Nega deganda "Neftchi" o'zining tarixiy natijalari, erishgan yutuqlari bilan juda ko'plab muxlislarning mehrini qozongan. Lo'nda qilib aytganda saytimiz orqali ushbu klubga oid malumotlarni kuzatuvchilari ko'p. Biz ham mos ravishda muxlislar ehtiyoji va talabi asosida ishlaymiz.

"Neftchi" tarixidan xabari bor insonlar yaxshi biladi, jamoa nomi sobiq SSSR davrida "Neftyanik" deb nomlanardi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, aniqrog'i 1992-yildan boshlab jamoa nomi "Neftchi" deya o'zgartilgan. Bemalol aytish mumkin, o'sha davrlarda O'zbekiston chempionatlarida ishtirok etadigan futbol klublari o'rtasida eng yaxshi sharoitlardan biri aynan "Neftchi"da bo'lgan. Jamoaning bir necha yillik sobiq bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan qo'l ostida "Neftchi" 5 karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. O'sha yuqorida aytganim "Neftyanik" nomi "Neftchi"ga o'zgartirilgan mavsumda, yani 1992-yilda klubning yangi logotipi jamoatchilikka taqdim etilgan. Ushbu logotip bugunga qadar jamoa muxlislariga qadrdon bo'lib ulgurgandi. "Neftchi"ning o'ziga xos tarzda shonli tarixini eslatib turardi.

Oradan shuncha vaqt o'tib bugun "Neftchi" logotipi o'zgardi. Ha rasman o'zgardi, endi bu haqida qancha yozmaylik, qancha gapirmaylik befoyda. Klubning yangi logotipi qabul qilindi va o'zgartirilmaydi. "Neftchi" matbuot xizmati tomonidan elon qilingan xabarda keltirilishicha, yangi logotip klubning faxriy muxlislari ishtirokida tanlab olingani va qabul qilingani haqida aytib o'tilgan. Lekin o'sha yig'ilish jarayonidan bironta lavha yoki fotosurat keltirilmagan. Bundan tashqari, xabarda faxriy muxlislar ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilish sanasi ham ochiqlanmagani ajablanarli.

Bugun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydiganlar kamdan-kam uchraydi. Zamon talabiga mos ravishda aksariyat insonlar aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatdagi yangiliklardan boxabar bo'lmoqdalar. Qiziq savol, "Neftchi" rahbariyati klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yangi logotip yuzasidan so'rovnoma tashkil etdimi? Yoki kimningdir hohish va istaklariga ko'ra rasmiyatchilik uchun 5-6 nafar muxlis ishtirokida klubning yangi ramzi qabul qilindimi? Savollar ko'p, juda ko'p. Bu borada tegishli javoblarni ham olarmiz. Keyinroq bu mavzuga yana qaytganimizda ushbu fikrlar kimgadir yoqmagan bo'lsa, maqola yuzasidan etirozlarni ham sizlarga albatta etkazamiz.



Bundan bir necha kunlar oldin "Neftchi" matbuot xizmati jamoa transferlari haqidagi malumotlarni elon qilganida klub rahbarining ish stolida yangi logotip aks etgan surat ko'rinib qolgandi. Demak, bundan xulosa qilish mumkin, yangi logotip masalasi bundan ancha avvalroq ko'tarilgan va hal bo'lgan. Lekin bugunga kelib elon qilinayotgani yanada qiziq. "Buyuk chinorlar" deya xitob qilgan xolda jamoaning yangi logotipida chinor bargini topolmay xayron bo'lganliklariyu, "Neftchi" muxlislariga oid ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda yangi va eski logotipga oid bahs-munozaralar ayni damda bahs-munozaralar avj olgani ham rost.

Yangi logotip ostida birinchi erishilgan yutuq bu "Hokim kubogi-2021" musobaqasidagi to'rtinchi o'rin bo'ldi. Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov musobaqaning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ochig'i qaysi karomati uchun ekanligini bilmadimu, o'z xulosalarimga ko'ra mazkur etirofga "Istiqlol" bosh murabbiyi Anvar Berdievni kutgandim. Hammaning ham o'z qarichi bor, adashayotgan bo'lsam asosli fikrlaringizni maqola ostida qoldirishingiz mumkin.

Aytgancha, yanvar oyining dastlabki kunlarida jamoa bosh murabbiyi deb elon qilingan Ilhom Mo'minjonovning klub matbuot xizmatiga bergan nechta intervyusi bilan tanishdingiz? SHaxsan o'zim klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini qidirib topolmadim. Mabodo siz ko'rib qolsangiz, iltimos bizga jo'natvoring. Albatta katta qiziqish bilan o'qib chiqamiz va saytimiz o'quvchilariga taqdim etamiz.

P.S. Saytimiz o'quvchilari orasida "Neftchi" muxlislari juda ko'p. SHu bois "Hokim kubogi-2021" musobaqasi davomida ikki marta Ilhom Mo'minjonovdan intervyu olishga urindim, lekin ikki bor ham natijaga erisha olmadim.

Bekzod Tolibov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика