So’nggi yangiliklar

00:41АПЛ. ​"Ньюкасл" - "Ливерпуль". Таркиблар аниқ!  3 00:34Испания кубоги. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид". Таркиблар аниқ!  0 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 23:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ипсвич", "Ноттингем" - "Арсенал": бошланғич таркиблар аниқ!  8 23:16АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" меҳмони бўлмоқда. Ҳусанов асосий таркибда  41 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  4 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  11 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  5 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  30 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11

Yangi klubga o'tishi, arab futboliga qiziqishi borasida Mirzohid Mamatxonov bilan suhbat Yangiliklar

Yangi klubga o'tishi, arab futboliga qiziqishi borasida Mirzohid Mamatxonov bilan suhbat

Namanganlik darvozabon Mirzohid Mamatxonov yana legionerga aylandi.

Futbolchimiz Bahrayn 1-ligasi ishtirokchisi “Ittihod Al Rif” bilan shartnoma imzoladi. SHundan keyin u saytimiz uchun dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi.

- Mirzohid, yangi jamoaga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Hammasi oddiy kechdi. Deylik, “Ittihod Al Rif” jamoasini bosh murabbiyi Facebook ijtimoiy tarmog'imda do'stlarim orasida bor ekan. Menga aloqaga chiqdi. Natijada men taklifni meni agentim orqali hal qilish kerakligini aytdim. SHundan kelishuv agentim va bosh murabbiy bilan hal qilindi.



- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?
- Bilasizmi, jamoa boshida menga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Biroq men va agentim kelishgan holda bunga rozilik bermadik. CHunki bu men uchun yangi mamlakat, u erdagi futbolni bilmay turib, rozi bo'lishim to'g'ri emasdi. Natijada, 1+1 shakldagi kelishuvga imzo chekdim.

- Bayhranning quyi ligasidan taklif bo'lganida, sizda ikkilanish bo'lgani yo'qmi?
- To'g'risi, menda ikkilanish bo'lgani yo'q. CHunki murabbiy menga jamoadagi barcha shart-sharoitlani videoga hamda suratlarga olib yubordi. SHu orqali klubdan yaqindan tanishdim.

- Klubning qaysi jihati sizni qiziqtira oldi?
- Meni jamoadan ko'ra, ko'proq mamlakat futboli qiziqtirdi. CHunki arab mamlakatlarida futbolga bo'lgan etibor boshqacha. SHu sababli taklif ustida boshqotirib o'tirmadim.

- Jamoa o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Asosiy maqsad jamoani Premer-ligaga olib chiqish hisoblanadi. Qolaversa, Bahrain King Cup'da ham g'olib chiqishni rejalashtirganmiz.



- Qanday sharoitlar yaratib berildi? Qolaversa, yaxshi maosh taklif qilganmi?
- Klub tomonidan kvartira hamda mashina berishgan. Ochigini aytadigan bo'lsam, pul masalasiga u qadar katta etibor qaratmadim. Asosiy maqsadim kelgusida faoliyatim Bahrayn Premer-liga klubida davom ettirish hisoblanadi. SHu jihatlariga katta ahamiyat berib, darhol taklifga rozilik bildirdim.

- Malumotlarga qaraganda, bu erga kelganingizdan keyin darhol Premer-liga klubidan taklif bo'lgan.
- CHindan ham taklif bo'ldi. Nazorat uchrashuvidan keyin “Al Budaiya” klubidan taklif bo'ldi. Afsuski tomonlar transfer masalasida kelisha olishmadi. Xudo xohlasa, ishlashda davom etaman va asosiy maqsadimga erishmoqchiman.

- Bu sizning faoliyatingizda oldinga tashlagan qadammi?
- To'g'risi boshida ortga tashlangan qadam deb o'yladim. Bahraynga etib kelganimdan keyin sharoitlarni ko'rib, bu fikr noto'g'ri ekanini his qildim. CHunki biz o'rtoqlik uchrashuvlarini deyarli hammasini Premer-liga jamoalariga qarshi o'tkazdik. Xususan OFK kubogi finalida “Nasaf”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan “Al Muharraq”ga qarshi o'ynadik. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bu ham menga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика