So’nggi yangiliklar

15:53ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  8 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  13 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  4 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  22 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3

Yangi kitob savdoga chiqarildi Yangiliklar

Yangi kitob savdoga chiqarildi

"Paxtakor-79", yaqin-yaqingacha ana shu birgina so'zda butun O'zbekiston futboli ishqibozlarining qalbida mujassam edi.
"PAXTAKOR"-79. "POMNIM, CHTIM, GORDIMSYA".

"PAXTAKOR"-79. UNUTMAYMIZ, E'ZOZLAYMIZ, FAXRLANAMIZ.


Zotan, sobiq Ittifoq parchalanib ketgunga qadar, 35 yil davomida "Paxtakor" Respublikamizning bosh jamoasi sifatida muxlislar diqqat etiborida edi. Ularning quvonchiyu-armonlari, umid va umidsizligi, yurak og'riqlariyu, mag'rurliklari, "Paxtakor" timsolida namoyon bo'lgandi.

Hozir esa voqealar, chempionatlar o'zgacha... Ishqibozlar olami ham o'z oqimini topgan. Turli o'zanlar yuzaga kelgan. Qarshi, Namangan, Farg'ona, Samarqand, Buxoro-yu, Jizzaxning o'z jamoasi, o'z muxlislari bor. Ammo aminmizki, futbolsevarlar qaysi jamoaga ishqibozlik qilishmasin ularning yurak qatlarida "Paxtakor-79"ga o'zgacha mehr saqlanib qolgan.

Bu yil, o'sha mashum voqea sodir bo'lganiga ham 35 yil to'ldi. O'ttiz besh yildirki, 17 bahodir o'g'lonning porloq xotirasi xalqimiz va millionlab ishqibozlarning qalbida mangu saqlanmoqda. 17 bahodir! Ular Vatanga sodiq, o'zbek futbolining faxri,g'ururi, yuragida o'ti bor, har o'yinga yonib maydonga tushgan yigitlar edi. Bazan ularning o'lganiga ishonmaymiz. Go'yoki ular tirikdek. Oramizda yurgandek... Ammo, hayot insonni o'z qonunlariga bo'ysunib yashashga majbur etarkan...

Mana shu mard o'g'lonlar haqida yaqinda ajoyib kitob chop etildi, mazkur xotira kitobi Toshkentdagi kitob do'konlariga savdoga qo'yildi. SHu xotira kitobni albatta xarid qiling.

Manzil: Toshkent, Navoiy ko'chasi, 30-uy. Kitob do'koni.
Telefonlar: (+99871) 244-19-91; 244-19-65).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика