So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  1 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  15 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

Yangi chempionlaringni qabul et, O'zbekiston! Yangiliklar

Yangi chempionlaringni qabul et, O'zbekiston!

Tashkil etilganidan buyon mamlakat milliy chempionatlarida sovrinli o'rinlarga davogarlik qilib kelgan “Metallurg-W” jamoasi nihoyat mamlakat XXIII chempionatiga kelganda o'z maqsadlariga erishishdi.

CHempionatni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan qizlarimiz mavsum tugashiga to'rt tur qolganda muddatidan oldin O'zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishdi.

Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasiga qarshi o'yin bekobodlik qizlar uchun principial xarakterga ega uchrashuv edi. Zero mazkur uchrashuvda g'alaba bekobodliklarga birinchi marta O'zbekiston chempionligini taqdim etish barobarida tez orada o'tadigan O'zbekiston kubogi final o'yini oldidan o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni yanada oshirib olish imkoniyatini berardi. Zero, mamlakat kubogining bu yilgi final uchrashuvida “Bunyodkor” final yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan, bekobodliklar esa yarim finalning javob uchrashuvini o'tkazishgach qaldirg'ochlarning raqibiga aylanadi. Buning uchun esa biroz vaqt kerak bo'ladi.

17-tur doirasidan o'rin egallagan  uchrashuv muhim ahamiyat kasb etishi bois “razvedkasiz”, murosasiz kurashlar ostida boshlandi. Tarixi davomida birinchi marta O'zbekiston chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritish arafasida turgan bekobodliklarda ishtiyoq balandligi ilk soniyalardanoq sezildi. Ularning katta kuch bilan oldinga tashlanishlari, ketma ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishi poytaxtliklarni dovdiratib qo'ydi. Bu esa tezda o'z samarasini berdi. O'yinning 13-daqiqasi o'tib borayotganda jarima maydoni ichida Mahliyo Sarikova – Dildora Nozimova – Lyudmila Karachiklar kombinaciyasi “Metallurg-vumen” to'purarining aniq zarbasi bilan intiho topdi – 1:0.

Tavakkal qilishni xoxlamagan bekobodliklar hujumkor o'yinlarini davom ettirishdi va 20-daqiqada Olga Qahhorovani ikkinchi marta to'pni o'z darvozasi to'ridan olib chiqishga majbur etdi. Bu safar Lyudmila chap qanotdan to'pni aylantirib, darvozaning yuqori burchagiga tushirdi – 2:0.

Taym o'rtalariga kelganda “qaldirg'ochlar” biroz o'yinni tenglashtirishdi. Ularning olisdan berayotgan zarbalari Gulandom Boymatovani biroz xavotirga soldi. Ammo himoyachilarning ko'magi “Metallurg-vumen” posbonining o'z “posti”ni ishonchli qo'riqlashini taminladi.

O'yinning ikkinchi taymida ham scenariy o'zgarmadi. Tashabbus to'lig'incha maydon egalari tomonida bo'ldi. 52-daqiqa o'tib borayotganda “Metallurg-vumen”ning ikkinchi to'purari Mahliyo sarikova o'zini ko'rsatdi – 3:0. Hisobni yirik ko'rinishga olib kelib qo'ygach, mezbonlar biroz xotirjamlikka berilishdi. Toshkentliklar bir necha bor qulay vaziyatlar yaratishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi. “Metallurg-vumen” esa aksincha kuchini tejagan holda qarshi hujum taktikasiga o'tdi. Natijada 72-daqiqada shunday hujumlardan biri gol kiritilishi bilan yakunlandi. Lyudmila Karachikning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Mahliyo sarikova qiyinchiliksiz darvoza to'riga tushirdi – 4:0.

Bunyodkorchilar baribir javob golini kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Bu o'yin tugashiga sakkiz daqiqa qolganda sodir bo'ldi. Avvalgi mavsumlarda “Metallurg-vumen” sharafini himoya etgan Nargiza Abdurasulova farqning biroz qisqarishini taminladi – 1:4.

SHunday qilib, 2017 yil ayollar futboli bo'yicha O'zbekistonning yangi chempionlari nomini taqdim etdi. Bu Bekobodning “Metallurg-vumen” jamoasidir. Barchangizni tarixiy voqeilik bilan tabriklaymiz, aziz hamshaharlar! Yangi chempionlaringni qabul et, O'zbekiston!


“Metallurg-W” – “Bunyodkor-W” – 4:1 (2:0).  01.11.2017 yil. Bekobod. 300 tomoshabin.
Hakamlar:
Edita Mirobidova, Qahramon Sobirov, Akbarjon Soliev, Aleksandra Konchikova.
Nazoratchi hakam: Konstantin Smirnov.
Gollar:1:0 – Lyudmila Karachik (13), 2:0 – Lyudmila Karachik (20), 3:0 – Mahliyo Sarikova (52), 4:0 – Mahliyo Sarikova (72), 4:1 – Nargiza Abdurasulova (82).
“Metallurg”: 1. Gulandom Boymatova, 3. Zumradjon Nazarova, 4. Nasiba Hojieva (23. Diyora Habibullaeva, 78), 6. Iroda Turdalieva (18. Yulduz Nabieva, 69), 7. Mahfuza Turopova (8. Ziyoda Irisboeva, 83), 9. Mahliyo Sarikova, 10. Feruza Turdiboeva, 11. Dildora Nozimova, 22. Mavluda Munavvarova, 25. Lyudmila Karachik (99. Lutfiniso Hamidova, 76), 77. Nozima Kamoltoeva (21. Xolida Dadaboeva, 78).
Zahira: 30. Dilafro'z Hojieva, 20. Diyora Erkinova.
“Bunyodkor”: 1. Olga Qahhorova, 3. Darina Fedosenko (5. Anzila Ermakova, 78), 10. Saida Galimova, 11. Ekaterina Salnikova, 13. Lidiya Cema, 15. Umida Zoirova, 18. Madina Yusupova (9. Mariya Moiseeva, 34), 20. Dilnoza Bektemirova, 21. Tojiniso Rashidova (8. Nargiza Abdurasulova, 61), 22. Soliha Husniddinova, 77. Luiza Sadirova.
Zahira: 25. Diyora G'ulomova, 2. Muqaddas Abdullaeva, 7. Liana Narbekova, 17. Ezoza SHaripova.
Ogohlantirishlar: Iroda Turdalieva (37),
 Eng yaxshi o'yinchilar: Feruza Turdiboeva – Saida Galimova.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика