So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Yangi Buskets" uchun 62 mln. funt. Rodrigo Ernandes kim? Yangiliklar

"Yangi Buskets" uchun 62 mln. funt. Rodrigo Ernandes kim?

"Siti"ning so'nggi transferi ko'pchilikni hayratga soldi.

"Manchester Siti" "Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo Ernandes (Rodri)ni sotib oldi. Transfer 62,5 mln. funt evaziga amalga oshdi. "Atletiko" tarbiyalanuvchisi 2018 yilda madridliklar safiga qaytgan edi. Uning rivojlanishi sizni hayron qoldirishi aniq.

"Siti" - 22 yoshli ispaniyalikka qiziqqan yagona klub emas. Masalan, "Bavariya" uni sotib olishga yaqin edi, ammo amalga oshmadi.


Uni nega sotib olishdi?

Xosep Gvardiola 2016 yilda "Manchester Siti" ustoziga aylanganidan so'ng Fernandino almashtirib bo'lmas futbolchiga aylandi va jamoadagilardan ko'proq o'yin o'tkazdi.

U 8 ming daqiqa maydonda to'p tepdi. Raxim Sterling, David Silva, Serxio Aguero va Kevin De Bryuynelar ham almashtirib bo'lmas o'yinchilar, ammo braziliyalik kabi emas. Statistika bilan bahslashishdan foyda yo'q.

2013 yil Doneckning "SHaxtyori"dan "Siti"ga o'tgan Fernandino har mavsum o'rtacha 45ta uchrashuvda maydonga tushdi. U foydali, ishonchli va barqaror. Faqat yakunlangan mavsumda yarim himoyachi avvalgilariga qaraganda past natija ko'rsatdi.

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, u "shaharliklar" safida o'tkazgan vaqti davomida 5 marta jarohat olgan, ularning to'rttasi 2018/19 mavsumda sodir bo'ldi.

"Siti" o'z futbolchisiga juda ishonganidan unga munosib o'rinbosar topmadi. Braziliyalik yosh emas va Gvardiola aynan shu sababli Rodri uchun pulni ayamadi.


U qanday o'ynaydi?

Rodrining bo'yi 191 sm bo'lgani va tayanch zonasida o'ynashi tufayli undan tezda "yangi Buskets"ni yasab olishdi. Hayron qolish kerak emas. U Buskets kabi o'yinni boshqaradi va uning jamoasi to'pni saqlab qolishi uchun hamma ishni qiladi. Uning uslubi oddiy, paslari esa - maksimal darajada xavfsiz.

Ko'pchilik Fernandino kreativ futbolchi ekanligiga etibor qaratmaydi. Rodrigo Ernandes esa paslari bilan mashhur emas. Uning asosiy kuchi himoyada.

Rodri o'yinni yaxshi "o'qiydi", aynan shu sifat tufayli u kerakli joyda paydo bo'ladi. O'tgan mavsum u to'pni olib qo'yish bo'yicha LaLigada ikkinchi bo'ldi. Bu etiborga loyiq natija, chunki u liganing eng yaxshi ikkinchi jamoasida o'ynadi.

U qo'pol futbolchi emas, "taktik follar"ni juda kam ishlatadi: o'rtacha har bir o'yinda 1,7ta fol va 34ta uchrashuvda 5ta sariq kartochka.


U jamoa o'yiniga mosmi?

Gvardiola yangi futbolchilarga ko'nikish uchun 6 oy taqdim etishini ko'p eshitganmiz. Masalan, Bernardu Silva, Leroy Sane va Emerik Lyaport bilan shunday bo'lgan.

Agar Fernandino formasini tiklab olsa, u 4-3-3 sxemasi bo'yicha mavsumni asosiy tayanch yarim himoyachisi sifatida boshlaydi, Rodri esa yangi jamoaga o'rganishi lozim.

Sarflangan mablag'ni hisobga olsak, Rodrigo Ernandes etarli darajada o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Kim biladi deysiz, balki u may oyida 35ga kiradigan Fernandino o'rnini tezda egallar.

Kataloniyalik mutaxassis Kevin De Bryuynening muammolari ortda qolganiga umid qilmoqda, shundagina u belgiyalikni David yoki Bernardu Silva va Rodri bilan tarkibga birlashtira oladi.


Rodri sarflangan pulga arziydimi?

"Siti"ning so'nggi uch xaridi klub rekordini yangiladi: Rodrigo uchun to'langan 62,5 mln. funt Lyaport (57 mln. funt) va Marezlarning (60 mln. funt) rekordini yangiladi.

"Atletiko" Rodrini 17,8 mln. funtga sotib olganini hisobga olsak, 62,5 mln. funt katta mablag'. Agar futbolchining shartnomasida tovon puli bo'lmaganida, "Atletiko" ko'proq so'ragan bo'lar edi.

"SHaharliklar"ni transfer narxi ko'p ham havotirga solmaydi. Asosiysi futbolchining sifati. Hozircha "Siti"ning investiciyalari foyda keltirmoqda: Marez, Lyaport, Uoker, Mendi, Silva, Ederson va Danilo yangi jamoada o'z joyini topishdi.

Rodri "Siti"ga tasodifan o'tib qolgani yo'q, uning poziciyasida muammolar bor. Ilkay Gyundogan yomon futbolchi emas, ammo u Fernandino o'rnini egallay olmaydi.


Umumiy reyting: 8/10

Gvardiola Rodri uning asosiy transfer maqsadi ekanligini aniq tushuntirib qo'ydi va "Siti" har doimgidek o'z maqsadiga erishdi. Iqtidor, potencial va poziciya u "Manchester Siti"ni kuchaytira olishini ko'rsatmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика