Yana uch futbolchi Germaniya termasiga chaqirildi
09 noy 2021 23:32
Yangiliklar
Yana uch futbolchi Germaniya termasiga chaqirildi
Germaniya termasida koronavirus borasida muammolar bo'lmoqda.
Germaniya futbol uyushmasi rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Volfsburg"ning ikki yarim himoyachisi Maksimilian Arnold va Bote Baku, shuningdek, "Monako" forvardi Kevin Folland milliy termaga chaqirilgan.
Aytilishicha, Niklas Zyule, shuningdek, Florian Virc hamda Niko SHlotterbek terma ixtiyorini tark etgan.
Bundestim 11 noyabr kuni Lixtenshteyn hamda 14 noyabr kuni Armaniston termasiga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar