So’nggi yangiliklar

19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  0 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  9 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2

Yana To'xtaxo'jaev haqida... Yangiliklar

Yana To'xtaxo'jaev haqida...

Xabaringiz bor, OFK Islom To'xtaxo'jaevni terma jamoamizning 4ta o'yinidan chetlatgan.
Endi u BAA yig'ini doirasidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. Osiyo Kubogiga bora oladi, ammo BAA bilan bo'lib o'tgan o'yinda olgan qizil kartochkasi tufayli, dastlabki uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Himoyachi "Okland Siti"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushmagan. Boisi, xatda uning terma jamoa ishtirokidagi dastlabki to'rt o'yinda maydonga tushmasligi qayd etilgan. Diskvalifikaciya, MTJning o'yinlarini OFK tan olganidan so'nggina kamayib boradi. Masalan, "Okland" bilan o'yinni OFK tasdiqlamaydi, agarki, o'yin haqidagi barcha malumotlar tegishli idoralarga yuborilmagan bo'lsa. Boisi OFK qoidalariga ko'ra, terma jamoa ishtirokidagi o'yin, avval OFK tomonidan qayd etilishi kerak. SHundan keyin malum talablar ham mavjud. Unga ko'ra ikki jamoa 6tadan ko'p futbolchini almashtira olmaydi. 6tadan ko'p o'zgartirishni FIFA tan olmaydi va o'yin rasmiyligini yo'qotadi.

Garchand "Okland"ga qarshi o'yin norasmiy bo'lsa-da, To'xtaxo'jaev terma jamoa safida maydonga tusha olmas edi. Bu reglamentga zid. Agar u maydonga tushsa, keyingi choralarni O'FFga nisbatan FIFA qo'llaydi. Ammo uni 4 o'yinga oid diskvalifikaciyasi bittaga kamaymadi. Boisi bu rasmiy o'yin emas.

FIFA qachon o'yinni tan oladi, qachonki bo'lib o'tgan o'yinning qaydonomasi ikki jamoa bosh murabbiyi va hakam tomonidan tasdiqlansa va u diskvalifikaciyaga uchragan futbolchining tashkiloti (Terma jamoalar markazi) tomonidan FIFAga yuborilsa. Agar FIFA o'yinni qayd etsa, shundan keyin diskvalifikaciya soni bittaga kamayadi.

Agar qolgan o'yinlar ham "Okland"ga qarshi o'yin kabi hech qaerda qayd etilmasa, To'xtaxo'jaevning diskvalifikaciyasi kamaymasdan turaveradi. To'rtta o'yinlik diskvalifikaciya to'liq o'tab bo'linmaguncha himoyachi hech bir o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Klubga qarshi kechadigan o'yin rasmiy ko'rinish olish yoki olmasligini bilish uchun "Al SHaab" bilan o'yindan avval terma jamoalar markazi OFKga murojaat qilishi kerak. Agar uchrashuv ularning talablariga javob bersa, u holda o'yindan keyin barcha malumotlarni FIFAga yuborish lozim bo'ladi.

Yana bir muammo shundaki, FIFA terma jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini tasdiqlashi uchun yuqorida aytib o'tilganidek, terma jamoalar 6tadan ko'p o'zgartirishni amalga oshira olmaydilar. Bunga xuddi biz kabi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Iroq va Iordaniya ham rozi bo'lishi kerak bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика