Yana boshlandi! "Liverpul" avtobusi "Old Trafford" yo'lida to'sib qo'yildi
13 may 2021 22:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636859_original.jpg)
![](/upload/storage/636859_220.jpg)
Yana boshlandi! "Liverpul" avtobusi "Old Trafford" yo'lida to'sib qo'yildi
Bugun APLning 34-turi doirasida qoldirilgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi bo'lib o'tishi kerak.
Ammo Mersisayd klubi "Old Trafford"ga etib kelish davomida ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. Klub avtobusi MYU muxlislari tomonidan to'xtatib qo'yildi. Ammo keyinchalik policiya yo'lni tozalab berdi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, "Old Trafford"ga yaqin hududda "Manchester Yunayted" muxlislari yana namoyish boshlashgan. Biroq policiya qo'ldan kelgancha aholini stadion yaqiniga yaqinlashtirmayapti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar