So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Yana bitta gol va Temurxo'ja yubilyar Yangiliklar

Yana bitta gol va Temurxo'ja yubilyar

Superliga 3-turida “Lokomotiv” o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qilib 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur bahsda Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov hamda SHahzod SHaymanov tomonidan kiritilgan gollar “temiryo'lchilar”ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. Kiritilgan gollar orasida eng chiroylisi SHaymanovniki bo'ldi, chunki shu mavsum “Loko”tarkibiga qo'shilgan SHahzod raqib darvozaboni xatosidan foydalanib deyarli maydon markazidan darvozani ishg'ol qildi. 

Lekin muhimlilik borasida Temurxo'ja Abduxoliqov golini etirof etmasak bo'lmaydi. Zero uning o'zbek klublari va milliy terma jamoada kiritgan jami to'plari 99taga etdi. Yana bitta gol ursa 100 lik marrani zabt etadi va Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga azo bo'ladi. Quyida shu haqda biroz to'xtalib o'tamiz. 

Gennadiy Krasnickiy haqida nimalarni bilamiz? 

Albatta, yoshi katta futbol ixlosmandlari Gennadiy Krasnickiy nomini juda yaxshi bilishadi. Balki hozirgi yoshlar u inson haqida eshitmagan bo'lishi mumkin, lekin Krasnickiy o'z vaqtida sobiq Ittifoqning eng kuchli hujumchilaridan biri bo'lgan. 

Krasnickiy 1940 yil 27 avgust kuni Toshkentda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatining 10 yilini (1960-1970 yillar) faqat “Paxtakor” klubida o'tkazgan. “Paxtakor” safida jami 247 o'yinda maydonga tushib, 102ta gol urgan. SHuningdek, sobiq Ittifoq termasida uchta uchrashuvda ishtirok etib bitta to'p kiritgan. 

Krasnickiy haqida gap ketganda muxlislar avvalo uning kuchli zarbasini tilga oladilar. Hatto xalq orasida uning zarbasi kuchidan to'p darvoza to'rini teshib ketardi degan gaplar yuradi. Albatta, bu gaplar biroz bo'rttirilgan, lekin uning zarbasi chindan ham kuchli bo'lgani bor gap. 

Krasnickiy faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo'lib ishladi va “Traktor”, “Paxtakor”, “Yangier” hamda Jizzaxning “Zvezda” (“Yulduz”) klublarini boshqardi. Afsuski, uning hayoti qisqa ekan. Gennadiy Aleksandrovich 1988 yilning 12 iyun kuni 47 yoshida bu yorug' olamni tark etdi. U Tojikistonning Boxtar (oldingi nomi Qo'rg'ontepa) shahridagi mehmonxonalardan birida yuqori qavatdan o'zini tashlab o'z joniga qasd qilgan. 

Davlatimiz mustaqillikka erishgach, bir qator fidoyi kishilar singari sportchilar ham hukumat tomonidan taqdirlana boshlanadi. Buning natijasida 2006 yilning 25 may sanasida Gennadiy Krasnickiy mazmunli faoliyati hamda o'zbek futboli rivojiga qo'shgan katta hissasi uchun “SHuhrat” medali bilan taqdirlandi. 

SHuningdek, 2010 yilning avgust oyida O'zbekiston futbol federaciyasi tashabbusi bilan Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi tashkil qilindi. Bu klubga 100ta va undan ko'p gol urgan futbolchilar kiritiladi. 

Hozirgacha ushbu ro'yxatdan Anvar Berdiev, Zafar Xolmurodov, Anvar Soliev, SHuhrat Mirxoldirshoev, Ravshan Bozorov, Jafar Irismetov, Oybek Usmonxo'jaev, Baxtiyor Hamidullaev, Umid Isoqov, Rustam Do'rmonov, Farid Xabibullin, Server Jeparov, No'mon Hasanov, Muxtor Qurbonov, Zayniddin Tojiev, Oleg SHackix, SHuhrat Rahmonqulov, Nematillo Quttiboev, SHuhrat Maqsudov, Mirjalol Qosimov, Akmal Xolmatov, Vali Keldiev, Leonid Koshelev, Sergey Ni, Sobir Xodiev, Artur Gevorkyan, Dilshod O'rmonov, Ilhom Mo'minjonov, Azamat Abduraimov, Marsel Idiatullin, Zohid Abdullaev, Marat Bikmaev, SHahboz Erkinov, Farhod Tojiev, Igor Taran, Bahriddin Vahobov kabi futbolchilar joy olgan.

Gennadiy Krasnickiy 100tadan ko'p gol urgan birinchi o'zbek futbolchisi 


Temurxo'jaga bir qadam qoldi 

Aytib o'tganimizdek, Temurxo'ja Abduxoliqov rasmiy o'yinlarda yana bitta gol ursa, jami gollari sonini 100 taga etkazib oladi va Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosiga aylanadi. Temurxo'janing katta futboldagi faoliyati 2011 yil “Paxtakor”da boshlanib, o'sha mavsum O'zbekiston milliy chempionatida 24 o'yinda maydonga tushgan va 3ta gol urgan. 

2014 yil Xorvatiyaning “Xayduk” hamda 2017 yil Qatarning “Al Sayliya” klublarida to'p tepganini inobatga olmasak, qolgan yillar mobaynida O'zbekistonning faqat ikkita jamoasida o'ynagan: “Paxtakor” va “Lokomotiv”. 

Xabaringiz bor, Temurxo'ja o'tgan yil ikkinchi davra boshlanganidan so'ng BAAga yo'l olib biroz muddat “Xorfakkan”da faoliyat olib bordi va u erda birinchi davra yakuniga etgach, yana “temiryo'lchilar” safiga qaytdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov shu paytgacha “Paxtakor” va “Lokomotiv”da O'zbekiston milliy chempionati doirasida 70ta gol urgan. Aynan o'tgan hafta “Buxoro” darvozasiga kiritilgan gol uning ichki chempionatdagi 70-goli bo'ldi. 

O'zbekiston Kubogi bahslarida 2011 - 2019 yillar oralig'ida 14 bor raqiblar darvzasini ishg'ol qilgan. Bundan tashqari Osiyo chempionlar ligasida 13 bor gol muallifi bo'lgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida esa o'z hisobiga 2ta gol yozib qo'ygan. Terma jamoadagi gollarini 2017 yil Tailand va 2019 yil KXDR darvozasiga urgan. 

Malumki, Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga azo bo'lish uchun futbolchining O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, klublar tarkibidagi xalqaro rasmiy o'yinlar hamda O'zbekiston milliy terma jamoasidagi gollari inobatga olinadi. 

Temurxo'ja “Al Sayliya”da o'ynab ham gollar urgan, biroq klub reglamentiga muvofiq futbolchining xorij jamoalaridagi gollari inobatga olinmaydi. Aytib o'tganimizdek, uning gollari hozircha 99tani tashkil etyapti. Yana bir goldan so'ng Temurxo'ja ham yubilyarga aylanadi, faqat bu gol qaysi o'yinda va qachon kiritiladi, hozircha shu savol ochiq qolyapti. Nima bo'lganda ham unga omad tilab qolamiz. 


Temurxo'ja Abduxoliqovning gollari

Quyida Temurxo'janing o'zbek klublari safida kiritganlar to'plarini keltirib o'tamiz.


2011 y. “Paxtakor”

O'zbekiston chempionati - 24 o'yin, 3 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 6 o'yin, 0 gol. 

OCHL - 5 o'yin, 1 gol. 


2012 y. “Paxtakor”

O'zbekiston chempionati - 21 o'yin, 13 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 6 o'yin, 3 gol. 

OCHL - 5 o'yin, 2 gol. 


2013 y. “Paxtakor”

O'zbekiston chempionati - 19 o'yin, 6 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 4 o'yin, 3 gol. 

OCHL - 6 o'yin, 1 gol.


2015 y. “Lokomotiv”

O'zbekiston chempionati - 21 o'yin, 8 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 6 o'yin, 2 gol. 

OCHL - 6 o'yin, 1 gol.


2016 y. “Lokomotiv”

O'zbekiston chempionati - 29 o'yin, 22 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 7 o'yin, 6 gol. 

OCHL - 10 o'yin, 3 gol.


2018 y. “Lokomotiv”

O'zbekiston chempionati - 17 o'yin, 6 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 1 o'yin, 0 gol. 

OCHL - 0 o'yin, 0 gol.


2019 y. “Lokomotiv”

O'zbekiston chempionati - 20 o'yin, 11 gol. 

O'zbekiston Kubogi - 1 o'yin, 0 gol. 

OCHL - 6 o'yin, 5 gol.


2020 y. “Lokomotiv”

O'zbekiston chempionati - 3 o'yin, 1 gol.

Atigi bir qadam qoldi, Temurxo'ja!

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика