So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Yana bir noqulay raqib yoxud Yaponiya terma jamoasi haqida Yangiliklar

Yana bir noqulay raqib yoxud Yaponiya terma jamoasi haqida

Koreyaga safar ortidan milliy terma jamoamiz bugun Yaponiya bilan Tokioda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.
Ushbu jamoalar biz uchun qitamizda eng noqulay raqiblar sanaladi. Yaponiya bir bor safarda mag'lubiyatga uchratganmiz, biroq eng hal qiluvchi uchrashuvlarda yaponlar zarur natijani o'z tomonlariga og'dirib ketishgan. Ehtimol, bugungi bellashuvda “samuraylar”ni yana bir marta dog'da qoldirishning uddasidan chiqarmiz.



YAPONIYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan yili:
1921
FIFA azosi: 1929
OFK azosi: 1954
Prezidenti: Kuniya Daini
Bosh murabbiyi: Vohid Halilxodjich (Bosniya)
Terma jamoa sardori: Makoto Xasebe
Eng ko'p maydonga tushgan futbolchi: Yasuxito Endo (152 uchrashuv)
Eng ko'p gol kiritgan futbolchi: Kunishige Kamamoto (80 gol)
Rasmiy internet sayti: www.jfa.or.jp

Yaponlar qitada 1980-yillarning oxirlariga qadar ham unchalik obro'ga ega bo'lishmagan. Faqat 1990-yillarning boshidan mamlakatda futbolni kuchaytirish ustida keng ish olib borildi va bu oradan o'n yillarcha o'tib, o'z samarasini keltirdi. Milliy chempionatga xorijdan ko'plab taniqli futbolchilar taklif etildi. Ularning o'yinini ko'rgan va saviyasini oshirib borgan yosh yapon o'yinchilari yillar o'tib, o'zlari ham o'shanday yuqori saviyada to'p sura oladigan darajaga chiqishdi. 1992 yil Yaponiyada o'tgan Osiyo chempionatida aynan mezbonlar g'alaba qozonishdi.

Finalda Saudiya Arabistoni 1:0 hisobida dog'da qoldirildi. Samuraylarning keyingi muvaffaqiyati sifatida 1998 yilgi mundialga yo'l olishini takidlab o'tsa bo'ladi. O'shanda Takeshi Okada terma jamoaga boshchilik qilgan va Yaponiya pley-offda Eronni 3:2 hisobida mag'lub etib, birinchi marta jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma olgandi. 2000 yil Livanda o'tkazilgan qita chempionati yana yaponlarning Kubokni boshlari uzra baland ko'tarishlari bilan yakunlandi. Keyinchalik 2004 yil Xitoyda o'tgan qita chempionati ham samuraylarning zafari bilan intiho topdi. Qatardagi musobaqada esa barcha uchrashuvlarni ajoyib tarzda o'tkazgan Yaponiya yana bir qitamizning tengsiz jamoasi ekanligini ko'rsatdi. Ushbu jamoa oldida Avstraliya ham tiz cho'kishga majbur bo'ldi. Bu yilgi Osiyo Kubogida BAA terma jamoasi yaponlarning yurishiga chek qo'ydi.



Oxirgi uch mundial finalida Yaponiya terma jamoasi ishtirok etdi va bir marta nimchorak finalda ham to'p surdi. Bu 2002 yil Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlarida o'tkazilgan final bosqichida ro'y berganini ishqibozlarimiz yaxshi eslashsa kerak. Bir necha yildan buyon jahonning etakchi termalari Yaponiyaga o'rtoqlik uchrashuvilarini o'tkazish uchun tashrif buyurmoqda. Ular qatorida Argentina, Braziliya singari terma jamoalar bor. O'z navbatida bu terma jamoaning nufuzi ortishiga xizmat qilmoqda.

YAPONIYA TERMA JAMOASI
Laqablari:
Ko'k samuraylar
FIFA reytingidagi o'rni: 53
FIFA reytingidagi eng yuqori o'rni: 9 (1998 yil, fevral).
FIFA reytingidagi eng past o'rni: 66 (1992 yil, dekabr).
Birinchi uchrashuvi: Meksika – 5:3 (1927 yil 9 may, Seul).
Eng yirik g'alabasi: Filippin – 15:0 (1967 yil 27 sentyabr, Tokio).
Eng yirik mag'lubiyati: Italiya – 0:8 (1936 yil 10 iyun, Berlin).

Samuraylar muvaffaqiyatida J liganing ham o'z o'rni bor. Osiyoda eng kuchli chempionat hisoblangan ligada barcha jamoalar professional tizimda faoliyat ko'rsatishadi. Hattoki, ikkinchi J liga ham tashkilotchilik va boshqa jihatlar borasida qitadagi 35-40 davlat birinchiliklarini ortda qoldirsa ham kerak. Jamoalar saviyasi bir-biridan unchalik katta farq qilmaydi. Bir jamoadan termaga nari borsa 4 nafardan o'yinchi taklif etiladi. Bu ham barcha jamoalar bir-biri bilan raqobatga kirisha olishidan darak beradi. Evropaning etakchi chempionatlarida o'ynayotgan yaponiyalik futbolchilar soni 15 nafarga etadi. Tarkib borasida ushbu terma jamoani bemalol Osiyo etakchisi sifatida etirof etish mumkin.
Terma jamoani hozirda bosniyalik murabbiy Vohid Halilxodjich boshqarmoqda.

U Jazoir terma jamoasi bilan o'tgan yilgi jahon chempionatida yaxshi natija qayd etib, nimchorak finalda Germaniyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy bergandi. Faoliyati mobaynida bir qator klublar bilan muvaffaqiyatlarga erishgan. Endi u Yaponiya terma jamoasini jahon chempionati saralash bahslariga tayyorlaydi va Rossiyadagi mundialga “samuraylar”ni olib chiqishga harakat qiladi.



Vohid HALILXODJICH
Tug'ilgan sanasi:
15.02.1952
Tug'ilgan joyi: Yablanika, Yugoslaviya
Futbolchilikdagi poziciyasi: hujumchi
O'ynagan jamoalari: 1971–1981 “Velez”, 1971–1972 “Neretva”, 1981–1986 “Nant”, 1986–1987 PSJ.

Yugoslaviya terma jamoasida 15 uchrashuvda 8 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1990–1992 “Velez”, 1993–1994 “Byuvo”, 1997–1998   “Kasablanka”, 1998–2002 “Lill”, 2002–2003 “Renn”, 2003–2005 PSJ, 2005–2006 “Trabzonspor”, 2006 “Ittihod” Jidda, 2008–2010 Kotd Ivuar terma jamoasi, 2010–2011 “Dinamo” Zagreb, 2011–2014 Jazoir terma jamoasi, 2014 “Trabzonspor”, 2015 yildan Yaponiya terma jamoasida.



Yaponiya terma jamoasi safiga quyidagi futbolchilar chaqirilgan:
Darvozabonlar: Eyji Kavashima ("Standart", Belgiya), SHusaku Nishikava ("Urava Red Daymonds"), SHichi Gonda ("Tokio"), Masaaki Xigashiguchi ("Gamba Osaka")

Himoyachilar: Atsuto Uchida ("SHalke", Germaniya), Maya Yoshida ("Sautgempton", Angliya), Gotoku Sakai ("SHtutgart", Germaniya), Masato Morishige ("Tokio"), Xiroki Sakai ("Gannover", Germaniya), Tomoaki Makino ("Urava Red Daymonds"), Xiroki Mizumoto ("Sanfrechche Xirosima"), Kosuke Ota ("Tokio"), Xiroki Fujixaru ("Gamba Osaka"), Gen SHoji ("Kashima Antlers").

Yarim himoyachilar: Makoto Xasebe ("Ayntraxt F", Germaniya), Yasuyuki Konno ("Gamba Osaka"), SHinji Kagava ("Borussiya D", Germaniya), Xiroshi Kiyotake ("Gannover", Germaniya), Xotaru Yamaguchi ("Serezo Osaka"), Toshixiro Aoyama ("Sanfrechche Xirosima"), Gaku SHibasaki ("Kashima Antlers").

Hujumchilar: SHinji Okazaki ("Maync", Germaniya), Keysuke Xonda ("Milan", Italiya), Takashi Inui ("Ayntraxt F", Germaniya), Yuya Osako ("Kyoln", Germaniya), SHinzo Koroki ("Urava Red Daymonds"), Yoshinori Muto ("Tokio"), YU Kobayashi ("Kavasaki Frontale"), Kensuke Nagai ("Nagoya Grampus"), Takashi Usami ("Gamba Osaka").


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика