So’nggi yangiliklar

15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  0 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3

Yana bir bor L'italiano va menga qo'ng'iroq qilgan shoirga salom Yangiliklar

Yana bir bor L'italiano va menga qo'ng'iroq qilgan shoirga salom

O'tgan yilning yozida “Erudit Sport” gazetasida L'italiano nomli maqola elon qilingandi.

Maqola shunday tugagan: “Xullas, biz Italiya emasmiz, o'rtoqlar. Vatanparvarlik ham, mehmondo'stlikda ham, muruvvat va mardlikda ham ulardan anchagina orqadamiz. SHuning uchun ham Italiya jahon chempionligi uchun kurashadi, biz esa mundialga borish uchun...”

Maqola chiqqan kunidan boshlab o'zini shoir deb tanishtirgan bir inson har kuni telefon qilgandi. Mirzo Ulug'beklarimiz, Amir Temurlarimiz qaerga ketdi, kimsan sen o'zi tirrancha degan gaplarni har kun eshitishimga to'g'ri keldi. Stop! Men futbol haqidagi gazetada futboldagi vatanparvarlik va mardlik haqida yozayotgan bo'lsam, Amir Temurga bu erda nima bor? Maqola bir-biriga o'xshash ikki jihatni solishtirgan: A seriya azosi “Parma”ning yo'q bo'lib ketishi hamda Oliy Liga vakili “Obod”ning parchalanishi. SHuning asnosida Italiya nima sababdan bizdan kuchli ekaniga xulosa berilgan.

Davide Astori voqeasidan keyin o'sha fikrimga yana bir isbot topilgandek bo'ldi. A seriyaning chempionlik uchun kurashmaydigan klubi etakchisi vafot etdi va butun Italiya futboli motam elon qildi. Astorining so'nggi yo'lga kuzatilishidan tortib, unga bo'lgan hurmat va etiborgacha italiyaliklarning haqiqiy kuchini ko'rsatib berdi. Men sizni yana bir marta ishontirib aytamanki, bunday jipslilik oldida biz italiyaliklardan anchagina ortdamiz.

Allomalar, ulamolar o'z yo'liga. Biroq futboldagi katta g'alabalar uchun talab qilinadigan boshqa jihatlar bor. Gap pul, sharoit yoki mansab haqida ketmayapti. Millionlar o'yinida shunday tuyg'ular va hissiyotlar borki, ularning hech birini pulga sotib ololmaysiz. SHuning uchun ham Braziliyaning jin ko'chalaridan chiqqan bolalar dunyoni zir titratadi, italiyaliklar doimo bitta maqsad yo'lida birlashadi, nemis muxlislarni hamma birdek hurmat qiladi va ingliz futboliga bo'lgan hurmat doim trendda turadi. Biz hozircha 30 yanvar kungi o'yinning 78-daqiqasida qarsak chalsakmikin deb o'ylanib o'tiribmiz. Italiya esa “Fiorentina” futbolchisini so'nggi yo'lga shunday kuzatyapti. Italiyalik har bir futbolchi mana shunday izzat-ikrom uchun ham jon berib o'ynaydi. Totti futboldan ketayotganida orden yoki egniga kiyadigan to'n uchun emas, uning uchun yosh to'kayotgan muxlislarni ko'rib tushunadi futbolda nima qilganini. Keyin esa Tottiga havas bilan boshqa Tottilar etishib chiqadi.  

P.S. Biz ham shunday bo'lishimiz kerak demoqchi emasman. Bizda Totti kabilar yo'q, chunki uni tarbiya qiladigan kuchimiz ham yo'q. SHunchaki bizdagi dunyoqarash futbolimizning qon-qonigacha singib ketgan. Futbolni ko'tarish uchun avval o'zimizni va qarashlarimizni o'nglabroq olishimiz kerak. Menga qo'ng'iroq qilgan shoirdek akalar bilan esa bunga biroz qiyin erishamiz.

Muallif :
Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика